O’zaro ta’sir turlari:
I-tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi - emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat uchun emotsional kayfiyat va motivatsiyani yaratish.
II-tur – ijodiy faoliyat tajribasini o’zgartirish. O’zaro ta’sirning mazkur turi ta’limning bilish jihatini, ta’lim maqsadini amalga oshirib, bolani individuallashtirishga qaratilgan.
III-tur – o’quv vazifalarini yechish mumkin bo’lgan vositalarni mustahkamlash uchun faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish. O’zaro ta’sirning bu turi ta’limning psixologik jihatiga asoslanib, rivojlanuvchi maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga yordam beradi.
IV-tur – ta’limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish sharoitlarda yo’nalish olishni yaratadi. O’zaro ta’sir mazkur turining vazifasi – mazmun va munosabatlarni anglash jarayonida bola tomonidan tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsi fikrlash sohasida “olam obrazi”ning, ya’ni “olamni bolalarcha ko’rish”ning shakllanishidan iborat.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o’zaro ta’sirning 4 ta turi faqatgina pedagog va bolalarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi va xarakterini aniqlabgina qolmasdan, balki bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni ham belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit sub’ekti sifatida pedagog va bolalar fikrlarini shakllantirish va munosabatlarini boshqarishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Uslubiy model uslubiy tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo’llarini o’z ichiga oladi.
Uslubiy tamoyillar:
ta’lim maqsadlarining o’zaro bog’liqlik va o’zaro shartlanganlik tamoyili;
tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va isloh qiluvchi ta’lim tamoyili; - ta’limni hissiy-amaliy yo’nalganlik tamoyili;
ta’limni syujetli-vaziyatli shartlanganlik tamoyili.
Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni amalga oshirish.
Ta’lim maqsadlari: tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta’limning tarbiyaviy maqsadi – bola ehtiyojlarini tarbiyalash, pedagogik jihatni amalga oshirish (kattalar tomonidan boshqariladigan jamoa faoliyatida bola o’z xatti-harakatlarining kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni egallash yo’li).
Tarbiyaviy maqsadni mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga emotsional baholovchi munosabat shakllanadi. Ta’lim maqsadi shundaki, bola ta’lim jarayonida uni o’rab turgan haqiqatni anglab, bilish ehtiyojini qondiradi.
Bilish ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha yosh davrining turli bosqichlarida: ilk bolalik davrida (1 yoshdan 3 yoshgacha) bilish ehtiyojlarini qondirish “Men predmetlar olamida”; kichik maktabgacha yosh davrida (3 yoshdan 5 yoshgacha) “Men tabiat olamida”; o’rta va katta yoshlarda (5 yoshdan 7 yoshgacha) “Men odamlar olamida” kabi munosabatlarda o’zgaradi.
Bilish ehtiyojlarini qondirish jarayonida, bola hayotiy vaziyat munosabatlarida til vositalaridan, shu bilan bir qatorda faoliyatning turli turlarida foydalanishni o’rganadi (o’yin, tasviriy, musiqa va b.). Namoyon bo’lishni mos (adekvat) vositalarini qidirish bilish faolligini, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni oshishiga turtki beradi va bilishga qiziqishni rivojlantiradi.
O’qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadi – uslubiy tamoyillarni mos kelgan usul va uslublarini aniqlovchi bosh omildir.
Har bir xususiy metodika o’z mashqlar tizimini taklif etishi mumkin. Misol sifatida mashqlarni lingvistik tizimi keltirilgan. Bu tizim quyidagi tavsiflar bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |