Akmeologik yondashuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Fan va jamiyat tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bugungi kunda ta’limda barcha yondashuvlardan birgalikda foydalanish ma’qul. Chunki, ularning har biri alohida bitta funksiyani, ta’limning bitta maqsadini amalga oshiradi.
Ta’lim islohoti texnologiyasini didaktika va metodika pozitsiyasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish zarur. Maktabgacha yosh davrida bolaning nutqiy rivojlanish uslubiyati asosiy ahamiyatga ega (nutqiy faoliyatning rivojlanishi). Bolaning nutqiy hulqi asosida “uning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlash mumkin. Binobarin, gap bolaning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uslubiyati haqida borishi kerak.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining didaktik modeli shunday omillarni qamrab olishi kerakki, pedagog ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni amalga oshirishi, ta’lim shartiga bog’liq ravishda o’z qoidalarini ishlab chiqishi mumkin bo’lsin. Bular quyidagicha: pedagog va bola o’zaro ta’sirining didaktik tamoyillari, vositalari, bosqichlari, turi va yo’llari Didaktik tamoyillar:
faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub’ekti sifatida hisobga olishga asoslanadi; - ko’rgazmalilik tamoyili bolalar tomonidan tevarak olamni idrok etish xususiyatlariga asoslanadi;
tushunarlilik tamoyili bolalar bilish faoliyatining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog’liq; - amalga oshiriluvchi tamoyil ta’lim jarayonida147 bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olishni taxmin qiladi;
tizimlilik tamoyili bolaning tevarak-atrofni anglashi orqali muloqot darajasini hisobga olish bilan bog’liq.
Ta’lim vositalari: nutqiy, faoliyatli, moddiy, texnik. Bosqichlari: tanishtiruvchi, differensiatsiya, integratsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |