O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi farg’ona davlat univеrsitеti


DAVLAT VASIYLIGIDA BO’LGAN BOLALARNING QONDOSH OTA-ONALARI



Download 2,58 Mb.
bet13/104
Sana10.12.2022
Hajmi2,58 Mb.
#883289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Bog'liq
И.П. мажмуа 2-қисм tayyori 111 — копия

DAVLAT VASIYLIGIDA BO’LGAN BOLALARNING QONDOSH OTA-ONALARI
Keyingi paytlarda tutingan tarbiyaning roli o’zgardi. Borgan sari tutingan ota-onalar ko’proq bolaning haqiqiy ota-onalari bilan hamkorlik qilmoqdalar yoki hech bo’lmaganda ular bilan aloqada bo’lmoqdalar. Kiyim, soch turmagi, nutqi, xulqi, pul, ovqat, shirinliklar, parxez, televizor ko’rish, uyqu vaqti muammolariga tegishli nizoli vaziyatlarni hal etish davomida barcha tashvishlar tutingan zimmasiga yuklanishi holatlari uchrab turadi, chunki uning uyida va bolaning qondosh oilasida turli qoidalar qabul qilingan bo’ladi.
Bola ota-onasining uyidan jahli chiqib, g’azablanib qaytishi mumkin. Balki u shu yo’l bilan o’zining dovdirab qolganligi uchun alamini namoyon etayotgandir. Odatda, bolaning bunday xulqi uzoq davom etmaydi, ayniqsa, uni chalg’itadigan biror qiziqarli holatlar bo’lganda, bu holat tezda o’tib ketadi.
Bolaning qondosh ota-onasi bilan uchrashishidan avval ular bilan nima uchun uchrashishini, uchrashuv qayerda va qancha davom etishini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Agar siz bola oila a’zolarining tug’ilgan kunlari va boshqa muhim sanalarni yodingizda tutsangiz yaxshi bo’lar edi. Agar mumkin bo’lsa, bolaning otasi yoki onasini uning tug’ilgan kuniga mehmonga chaqiring yoki bola bilan birga uning qondosh oilasiga oilaviy bayramga boring.
Bolaning qondosh oilasida amal qilinadigan bayramlar va odatlar sizga tanish bo’lmasligi mumkin. Iloji boricha ularni bilib oling.
Har qanday holatda ham tutingan ota-onalar bolaning qondosh ota-onalarini hurmat qilishi
kerak, chunki bola keyinchalik ular bilan yashashga qaytishi ehtimoli katta bo’ladi.
IMKONIYATLARI CHEGARALANGAN ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALAR
Bunday bolalarda quyidagicha muammolar bo’lishi mumkin:

  • salomatlikning umumiy holatida;

  • ta’lim olishida;

  • harakatlanishida;

  • hissiyotlari bilan bog’liq;

  • ijtimoiy moslashuvi;

  • ijtimoiylashuvi xususiyatlari;

  • muloqotida.

Har qanday holatda ham tutingan ota-ona bolaning muammolari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ularni oldini olish va bartaraf etish usullari to’g’risida turli xil manbalardan iloji boricha ko’proq ma’lumotlar to’plab, bilib olishi kerak. U:

  • ijtimoiy xodim bilan;

  • tutingan opa-singillar;

  • qondosh ota-onalar;

  • psixolog mutaxassis;

  • agar bolaning ta’lim olishida muammolari bo’lsa defektolog bilan;

  • nevropatolog bilan;

  • mutaxassis-shifokor bilan (masalan, agar bolada diabet bo’lsa), albatta, suhbatlashib kerakli maslahatlar olishi kerak.

Ko’pincha alohida ehtiyojli bolaning salomatligi holati sababli ota-onalari uni uy sharoitlarida boqa olmasliklari (tarbiyalay olmasligi) oqibatida u davlat vasiyligiga tushib qoladi. Ba’zan bola xulqidagi buzilishlar frustratsiya holatidan guvohlik beradi yoki mavjud vaziyatda bu o’ziga e’tibor qaratishi mumkin bo’lgan yagona usul hisoblanadi.
Tutingan ota-ona qanday yordam berishi mumkin? Tutingan ota-ona:

  • bolaning alohida ehtiyojlari to’g’risida iloji boricha ko’proq axborot olishi;

  • bolaga ijobiy, shu bilan bir vaqtda, mumkin bo’lgan talablar qo’yishi;

  • bolaga u qodir bo’lgan yaxshi tomonlarini ko’rsatishi;

  • bolani maqtashi va ruhlantirishi;

  • bolaning har xil faoliyat turlaridagi ishtirokini rag’batlantirishi;

  • o’yinlarni o’rganishida yordam berishi;

  • atrofidagilar bilan muloqotida yordam berishi;

  • mustaqil bo’lishida yordam berishi;

  • u bilan boshqa bolalarga bo’lgani kabi munosabatda bo’lishi;

  • u bilan gaplashish va bahslashishi, tushunmaganlarini unga tushuntirib berishi;

  • bola uchun mumkin bo’lgan narsalarning aniq chegaralarini belgilashi, alohida ehtiyojli bolalar ko’pincha bunga muhtoj bo’ladilar;

  • sabr-toqatni namoyon qilishi;

  • ijtimoiy malakalarni o’zlashtirish, masalan, to’g’ri ovqatlanish, ichish, hojatxonadan to’g’ri foydalanishni o’rgatishi mumkin.

Alohida ehtiyojli bolalarning ko’pincha uyqulari buzilgan bo’ladi, shuning uchun kun davomida ular faol bo’lishlari, jismoniy va intellektual harakatga tortilishlari va kechga borib charchoqni xis etishlari kerak. Misol uchun, bola dasturxon yozishda sizga yordam berishi, tokchadan buyumlarni olib berishda, do’kondan xarid qilgan mahsulotlarni joylashda yordam berishi mumkin. Uni bekorchi bo’lishiga yo’l qo’ymang.
Agarda bolaga uyda maxsus moslama kerak bo’lsa, tutingan ota-ona ijtimoiy xizmatlar vakillarining ularni darhol yetkazib berishlarini va yetarli shart-sharoit bilan ta’minlashlarini talab etishi kerak.
Tutingan oilalarda yuzaga keladigan muammolar:
Muammo tutingan oilaga qarindosh bo’lgan bolalar joylashtirilganda hamda tutingan otaonaning o’z farzandlari bilan munosabat qurish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Har bir guruhdagi bolalarda ham quyidagi holatlar mavjud bo’lishi mumkin:

  • oilaga nisbatan har doim ham mantiqqa asoslanavermaydigan vafodorlik;

  • hissiy aloqa; 132

  • o’zaro qo’llab-quvvatlashlar;

  • yoshi bo’yicha katta bo’lishi shart bo’lmagan “etakchi”;  guruhdagi tenglik.

Tutingan bolalar
Agarda tutingan tarbiyaga qarindosh bo’lgan bolalar joylashtirilsa, ular ko’pincha birgalikda bo’ladilar va o’zlarini muayyan tarzda tutadilar. Masalan, agarda bittasi uxlashga yotishni xohlamasa, boshqalari ham xohlamaydilar. Ovqatlanish vaqtida ham yana bir muammoli holat bo’lib o’tishi mumkin.
Bolalarning qarindoshlik hissiyotlarini hurmat qilish, ularni buzmaslik kerak. YAngi uyda bolalar o’zlarini ancha ishonchli tuta boshlashlari bilan o’z xulqlarida ko’proq individual xususiyatlarini namoyon qila boshlaydilar. Ularning qarindoshlik hissiyotlari ham ancha mustahkam ekan, ularning shaxsiy shakllanishida yordam berishga shoshilmang.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish