O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/122
Sana30.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#597248
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Tayanch tushunchalar: 
[WPm↔WPm]= QG qolipi va hosilalari, mutanosib 
bog`lanish, nisbiy so`zlar va ularning qo`llanilishi, mazmunan mutanosib QGlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал 
тадқиқи. – Т., 1994.
2. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. 
– Т., 2006.
3. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.
4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. 
 
 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1.[WPm↔WPm] qurilishli QGlar haqida ma`lumot bering.
2. Tobe tarkibli QGlarni mutanosib bog`lanishli QGlar bilan qiyoslang.
3. Mazmunan mutanosib QGlarni mutanosib bog`lanishli QGlar bilan solishtiring.
4. Nisbiy so`zlarning QGlarda qo`llanilishi va vazifasini misollar asosida 
tushuntiring.
13- ma’ruza. Qo`shma gap tarkibiy qismlari orasidagi 
ma’noviy – sintaktik munosabatlar.
Reja:
1. Qo`shma gap (QG) tarkibi.
2. Hokim va tobe gaplar.
3. QG tarkibiy qismlari orasidagi ma‘noviy munosabatlar.


Qo`shma gap (QG) tarkibi.
O`zbek tilida QGlarning turlari va ko`rinishlarini 
o`rganishda sodda gap (SG)-ning eng kichik qurilish qolipi – [WPm]=SG talqin asosi 
sifatida qabul qilindi. SGning eng kichik qurilish qolipi [WPm]=SG–dan iborat 
bo`lsa, mantiqan QGning qurilish qolipi ikki va undan ortiq [WPm]larning 
birikuvidan iboratdir. Demak, QGning lisoniy-sintaktik qurilish qolipi [WPm U 
WPm]= QG ko`rinishida bo`ladi. QGlarning umumiy lisoniy qurilish qolipi uning 
tarkibini belgilashda asos vazifasini bajaradi. Negaki, QGlar ham barcha sintaktik 
butunliklar singari muayyan qurilish va tuzilish sistemasiga ega. QGning lisoniy 
qurilishi uning tarkibida kamida ikkita [WPm] bo`lishini taqozo etadi. QG har qanday 
ikki [WPm] ning birikmasi emas. Balki mazmunan bir-biriga bog`langan [WPm] 
larning sintaktik birikuvidan hosil bo`ladi. Shunday ekan, QG tarkibini nimalar 
tashkil etadi? Qanday til birliklari QG tarkibiy qismi mavqeyida voqelashadi? 
Bunday savollarning kun tartibiga qo`yilishi tabiiy hol. Zero QG tarkibiy qismi 
umumiy, mavhum tushuncha bo`lib, uni aniqlashtirish lozim.
Nutqimizda quyidagi ko`rinishdagi QGlarni ko`p miqdorda qo`llaymiz:
1. Qo`ngiroq Chalindi va dars boshlandi.
2. Buxoro qadimiy shahar, shuning uchun shaharning tarihiy obidalarini tomosha 
qilish va o`rganish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan sayohatChilar tez–tez 
kelib turishadi.
3. Nima eksang, Shuni o`rasan (Maqol).
4.Yil fasllari bir–biri bilan almashar, azim Chinorning qurigan shoxlari ko`payib 
borardi, biroq Chinor ostida o`tirgan Chol hayotida biror o`zgarish bo`lmagan edi. 
(J.Fozil).
Birinchi QG tarkibida ikkita sodda gap voqelashgan, bu sodda gaplarning har 
ikkalasi ham ikki tarkiblidir.
Qiyoslang: Qo`ng`iroq (ega) Chalindi (kesim) va dars (ega) boshlandi (kesim).
Ikkinchi QG tarkibidagi gaplar ham ikki tarkibli sodda gaplar bo`lib, oldingi 
nutqiy birlikdan farq qilmaydi. Ammo uchinchi QGda tarkibiy qismlar bir tarkibli 
(faqat kesim tarkibidan iborat) sodda gaplar bilan ifodalangan. To`rtinchi QGga 
e‘tibor qilinsa, 1–qism, Ya‘ni «Yil fasllari bir-biri bilan almashar, azim Chinorning 
qurigan shoxlari ko`payib borardi» gapi lisoniy qurilishiga ko`ra SG ham, QG ham 
emasligi ma‘lum bo`ladi. Zero bu gap kesimlarining [Pm] shakli bitta, umumiy 
bo`lib, [W]lar (almashar, ko`payib borar)ni birlashtirib turibdi. Mazkur gapning 
egalari va kesimlari miqdoriga ko`ra QGni eslatsa, yagona [Pm]ning mavjudligi 
SGga o`xshatib qo`yadi. Biroq [Pm]ning birdan ortiq [W]larni uyushtirish xususiyati 
bu gapning uyushgan gapligidan dalolat beradi. Uyushgan gap (UG)lar haqida to`liq 
va batafsil ma‘lumot keyingi darslarimizda beriladi. Shu bois hozirCha to`rtinchi 
misolda reallashgan tarkibiy qism UG shakliga ega degan xulosa bilan kifoyalanamiz 
va ushbu QGning ikkinchi qismi SG ko`rinishida ekanligini ta‘kidlash lozim deb 
hisoblaymiz. Ma‘lum bo`ladiki, QG tarkibidagi [WPm]lar SGlar, ba‘zan esa UGlar 
bilan ifodalanadi.
Modomiki, QG butunlik sanalar ekan, uning tarkibiy qismi mavqeyida bir 
tarkibli, ikki tarkibli SGlar va UGlar voqelasha oladi. SG ham, UG ham QG tarkibida 
uni tashkil etuvchi qism, komponent, qurilish birligi sanaladi. QGlar tarkibiy qismlari 
orasidagi sintaktik aloqaning turi va tabiatiga ko`ra tasniflanadi. Ushbu belgi 


asosidagi tasnif bo`yicha QGlar tarkibiy qismlari orasidagi sintaktik aloqaning turi va 
tabiatiga ko`ra tasniflanadi. Ushbu belgi asosidagi tasnif bo`yicha QGlar
1)teng tarkibli,
2)tobe tarkibli QGlarga ajratilgan. Bu tasnif to`g`risida professor 
R.R.Sayfullaevaning «Hozirgi o`zbek tilida qo`shma gaplarning substansial talqini» 
nomli ilmiy risolasida (T.,2007) atroflicha ma‘lumot berilgan. Oldingi ma‘ruzalarda 
tasnif bilan bog`liq ilmiy mulohazalarimiz alohida bayon etilgani tufayli bu mavzuga 
aloqador jihatlarini eslash kifoya. Demak, QG tarkibini mazkur tasnif asosida 
tekshiradigan bo`lsak, faqat tobe tarkibli QGlar gina tobe gap va hokim gap kabi 
qismlardan tuziladi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish