O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/122
Sana30.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#597248
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

 
Tayanch tushunchalar: 
QG tarkibiy qismi tushunchasi, hokim va tobe gaplar, 
QG tasnifi, ma‘noviy munosabatlar, shakl va mazmun orasidagi nomutanosiblik.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Абдураҳмонов Ғ., Холиѐров Х. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – 
Т., 1979. 
2. Нурмонов А., Маҳмудов Н. в.б. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси – Т., 
1992. 
3. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал 
тадқиқи. – Т., 1994.
4. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. 
– Т., 2006. 
5. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.QG tarkibi deganda nima tushuniladi? 
2.Hokim va tobe gaplarni ta‘riflang.
3. QG tarkibiy qismlarining o`zaro tobelanishi haqida ma‘lumot bering.
4. Qanday ma‘noviy munosabatlar QG tarkibiy qismlari orasida ifodalanadi?
5. QGlarda shakl va mazmun munosabatining voqelanishini tushuntiring.
14-ma’ruza. Uyushgan gaplar. Uyushgan gaplarning 
lisoiniy – sintaktik xususiyatlari.
 
Reja: 
1.
Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o`rni. 
2.
[Pm] uyushtiruvchi vosita sifatida. 
3.
[WPm] uyushtiruvchi vosita sifatida. 
4.
[W] yoki [Pm] kengaytiruvchilari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar. 
 
 Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o`rni.
O`zbek tilshunosligida 
uyushish hodisasi bilan bog`liq uchta hodisa mavjud: 
Gapda uyushgan so`zshakllar
qo`shma gapdagi uyushiq gaplar
Uyushgan gaplar. 
Uyushiqlik umumiy holat bo`lib, sodda gapga ham, qo`shma gapga ham 
xosdir. Sodda gapda so`zshakllar uyushib kelsa, qo`shma gapda so`zshakllar, sodda 
gaplar uyushib keladi. 
Aytilganidek, uyushiklik ikki birlik (unsur)dan iborat bo`ladi: 
Uyushtiruvchi unsur. 
UyuShuvchi unsur. 
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisalarida mavjud bo`ladi. 
Xo`sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nimasi bilan farqlanadi? 
Ma‘lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funktsional shakllangan 
bo`lishi lozim. Shu bois ular kesimga ega bo`lib, bu kesim WPm (kesimlik 
ko`rsatgichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WP (semantik-funktsional 


shakllangan gap) tarzida bo`lishi lozim. WPm sodda gaplarda bitta, qo`shma 
gaplarda esa birdan ortiq bo`ladi. 
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 
1. Ukang rasm Chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E QWPm] 
2.Ukam rasm Chizar edi va singlim televizor ko`rar edi gapining qolipi esa 
quyidagicha: [E – WPm] va [E – WPm] 
Ko`rinadiki, birinchi gapda WPm va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, 
ikkinchi gapda ikkita va ular o`zaro teng bog`lovchi yordamida bog`langan. Endi 
uchinchi gapga diqqat qilaylik: 
Ukam rasm Chizar va singlim televizor ko`rar edi. Bu oldingi gapimizdagi 
kesimlarning W qismlari o`zgarmasdan saqlanganligi va Pm qismi bittaga 
qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda W lar ikkita va Pm bitta 
bo`lib, u ikkita W uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan tashqariga 
chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagi ko`rinishi quyidagicha: [((E1-
W1)va(E2-W2 ))Pm] 
Ko`rinadiki, bitta umumiy Pm ga ega bo`lgan birdan ortiq W dan tashkil 
topgan gaplar ham tilimizda mavjud. Bunday gaplar uyushgan gaplar deyiladi. 
Yo`l-yo`lakay Shuni aytib o`tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kismli 
qo`shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz: 
1. Bahor kelsa, bog`lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [((E1-
WPm)- (E2-WPm)-(E3-Pm)] 
2.Bahor kelsa, bog`lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. (E1–WPm1) ((E2–
WPm2)(E–WPm)) 
Bu ikkala gap uyushiq qismli qo`shma gapdir. Birinchi gapda ergash gaplar 
(Bahor kelsa, bog`lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi 
gapda esa bosh gaplar (bog`lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va 
ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishlidir. Bular uyushiq gaplardir. 
Ma‘lum bo`ladiki, uyushiq gaplar qo`shma gaplar tarkibida bo`ladi. 
Uyushgan gaplar esa o`zbek tilida sodda va qo`shma gaplar orasidagi alohida 
sintaktik qurilmadir. U kesimdagi W si birdan ortiqligi bilan qo`shma gapga,
Pmning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. 
Sodda va qo`shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan 
kesimning mavjudligidir. Eganing bor-yo`qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi 
ahamiyatsizdir. Uyushgan gaplarni belgilashda esa bosh omil ikkita: 
Bitta shakllangan kesimning mavjudligi. 
Birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi. 
Bu xususiyatlari bilan uyushgan gaplar egali sodda gaplardan ham (Jahongir, 
Jamshid, Isroil o`qidi), uyushiq kesimli sodda gaplardan ham (egasi yo`q yoki bor 
bo`lsa bitta, kesimning lug`aviy qismi birdan ortiq, Pm qismi bitta - (Ular borgan va 
ko`rgan edilar, qolipi [W-W] Pm]) farqlanadi. 
Shakl vazifaviy talqinda uyushiq kesimli sodda gaplarda, demak, ega bitta
Pm qismlari umumiy bo`lgan kesimlar birdan ortiq bo`ladi. Aytilganlar asosida 
sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo`shma gap, uyushiq kesimli qo`shma gap 
va uyushgan gaplarning eng kichik struktur sxemalarini beramiz: (qulaylik uchun 


eng kichik qurilish qoliplarini berish ma‘qul. Chunki, WPm da ular (W va Pm) ning 
kengaytiruvchilari ham mujassamlangandir.
Sodda gap : [WPm]
Uyushiq kesimli sodda gap : [W1 + W2]Pm
Qo`shma gap : [WPm U WPm] 
Uyushgan qismli qo`shma gap [([WPm] →[WPm]),[WPm]] 
yoki: (WPm]→([WPm],[WPm]). 
5. Uyushgan gap. [((E –W2),(E2–W2)) Pm] 
Uyushgan gaplarga misollar keltiramiz: 1.Otam rais, onam brigadir bo`lgan 
edi. 2.Do`kondorlarning ba‘zilari kitob o`qib, ba‘zilari tasbeh o`girib, ba‘zilari 
esnab o`tirishardi. 3.Uning qo`llari ishda, ko`zi Shudgorda, ammo xayoli Zebixonda 
edi. 4. Chakkasi tirishib, ko`zi qizarib ketdi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish