O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi


Nashasimon Kendir o‘simligining o‘stirish texnologiyasi



Download 0,71 Mb.
bet191/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Nashasimon Kendir o‘simligining o‘stirish texnologiyasi


Birinchi marta 1953 yilda O‘zbekistonning „Botanika“ bog‘ining olimlari tomonidan iqlimlashtirilgan o‘simlik hisoblanadi. Bizning sharoitimizda o‘simlikni ildizidan va urug‘idan ko‘paytiriladi.
Nashasimon Kendir o‘simligi unumdor, o‘rtacha mexanik tarkibli, yorug‘ va nami yetarli yerlarda yuqori hosil beradi.
O‘simlikning ildizi tuproqning 2 metrli qatlamigacha yetib boradi. Nashasimon Kendir ekiladigan yerlarni ishlashda tuproqning yuqori qatlamini sifatli qilib haydash lozim. YEr yumshatilganda, haydalma qatlam tuprog‘ining fizik xossalari hamda suv, havo, issiqlik va oziq rejimi yaxshilanadi va nam tuproq to‘planadi. Nashasimon Kendirning vegetatsion davri uning yoshiga qarab davom etadi. To‘rt yillik o‘simlikning rivojlanish sikli 175—180 kunni tashkil qiladi. O‘simlikni yaxshi parvarish qilinsa bir dalada 6—8 yil o‘sishi va hosil berishi mumkin. O‘simlik ekiladigan maydonlarni kuzda tayyorlanadi. Uning ildizlarini yaxshi rivojlanishi uchun yer haydash oldidan gektariga 20—25 tonnadan organik o‘g‘it va 50 kg dan superfosfat o‘g‘iti berib, 28—30 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Erta bahorda nashasimon Kendir ekiladigan maydonlar
borona, mola kabi mexanizmlar yordamida tekislanadi va begona o‘tlar ildizlaridan tozalanadi.
O‘simlik urug‘ini mart oylarining birinchi o‘n kunligida sabzavot ekiladigan uskunalar yordamida qator oralarini 60—70 sm dan qilib 3—4 sm chuqurlikda ekiladi va gektariga 6—8 kg dan urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgan maydonlar maysalar unib chiqqungacha doimo nam holatda saqlanishi tavsiya qilinadi. Buning uchun urug‘ ekilgandan keyin darhol kam normada, tuproq yuvilib ketmaydigan qilib sug‘oriladi.
Urug‘lar 10 darajadan yuqori haroratda 10—12 kundan keyin unib chiqadi va uning chin barglari 7—9 kunda paydo bo‘la boshlaydi. O‘simlikni parvarish qilish ko‘chatlar hosil bo‘lgandan keyin boshlanadi. Paykallar o‘toq va yagana qilinadi. Qator oralari kultivatsiya yordamida juda ehtiyotlik bilan (o‘simlik tuproq ostida qolmasilgi uchun) yumshatiladi. O‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 40 kg dan azot va 30 kg dan kaliy o‘g‘iti berishni tavsiya qilinadi.
Nashasimon Kendir oziqa elementlarga juda talabchan bo‘lganligini hisobga olib, ikkinchi oziqlantirishda gektariga 40 kg azot, 20 kg dan fosfor, kaliy o‘g‘iti berish bilan tugatiladi. Oziqlantirish har bir sug‘orishdan oldin amalga oshirilishi kerak. O‘simlikni oralariga ishlov berish, sug‘orish va o‘g‘itlash natijasida vegetatsiya oxirida ko‘chatlarning bo‘yi 40—50 sm ga yetadi. Uning ildizini tez o‘sishi natijasida uzunligi 50—55 sm gacha yetib boradi. Vegetatsiya davomida birinchi yili 8—10 marta sug‘oriladi. Nashasimon Kendir ikkinchi yili erta bahordan o‘sa boshlaydi. Ko‘chat oralari begona o‘tlardan tozalanadi, kultivatsiya yordamida gektar hisobiga 40 kg dan azot va 30 kg dan forfor o‘g‘iti berib sug‘orishga tayyorlanadi. Vegetatsiya oxirida uning bo‘yi 1 metrga yetadi va ildizi esa 100—150 sm chuqurlikkacha yetib, vazni og‘irlashib boradi. Vegetatsiya davomida 6—7 marta sug‘oriladi.
Nashasimon Kendirni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uni qalamchalardan ko‘paytirish uchun bahorda tuproq
harorati 14—16 daraja issiq bo‘lganda 3—4 yillik plantatsiyadagi o‘simliklarni ildizini 30—35 sm kovlab, ulardan 10—15 sm li qalamchalar tayyorlanadi va 60 x 30, 70 x 70 sxemada ekiladi. O‘rtacha bir gektar maydonga 4—5 sentner ildiz sarflanadi yoki 21—28 mingta qalamchalarni tuproqning mexanik tarkibiga qarab 7—10 sm chuqurlikda ekiladi. Ekishdan oldin gektar hisobiga 40—50 kg azot va 40 kg dan fosfor o‘g‘iti berish bilan yerlar yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanib sug‘orish jo‘yaklari olinadi. Ikki, uch oy o‘tgach ekilgan kalamchalardan 8—10 juft barg paydo bo‘ladi. Birinchi yili gullashi mumkin, lekin urug‘ hosil qilmaydi.
Ikkinchi yildan boshlab o‘simlik urug‘ bera boshlaydi. Uchinchi va to‘rtinchi yili o‘simlikning ildizlari ko‘payib og‘irlashib boradi.
Vegetatsiya davomida 5—6 marta sug‘oriladi va gektariga o‘rtacha 110 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirilsa yaxshi natija olinadi

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish