Piyoz urug‘i 3—5°S da una boshlaydi, 18—20°S da piyoz nihollari unib chiqadi. Ana shu haroratda piyoz sifatli hosil beradi.
Piyozning navlari: Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida kech yoki erta pisharligi bilan bir-biridan farq qiluvchi quyidagi piyoz navlari yetishtiriladi:
Erta pishar yarim achchiq „Qoratol“ navi piyozi nihollar unib chiqqandan keyin 140—150 kun oralig‘ida yetiladi.
O‘rta pishar chuchuk „Mafg‘ilon tuxum“ navi. Uning piyozi nihollar unib chiqqandan 170—180 kun o‘tgach yetiladi.
Kech pishar „Ispon-313“, „Koba-132“ va „Samarqand-172“ navlarining piyozi nihollar unib chiqqandan 180—200 kun o‘tgach yetiladi.
YEr tanlash. Mazkur o‘simlik unumdor, yengil, loyqa o‘tirgan ya’ni to‘plangan yerlar soz tuproqli hamda qumloq tuproqli yerlarda, ayniqsa, ma’dan o‘g‘itlar solingan tuproqda yuqori hosil beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |