O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,71 Mb.
bet94/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Parvarish qilish. Urug‘lar ekilgandan keyin bahor yomg‘iri ta’sirida hosil bo‘lgan qatqaloqni MVN-2,8 yoki MVX-5,4 rusumli rotatsion motigalar yordamida yumshatiladi.
Nihollar unib chiqqandan keyingi hosil bo‘lgan qatqaloqni esa KRX- 3,6; KNB-5,4 kultivatorlari yoki MUB-5,4 rusumli mashinasiga osilgan rotatsion yulduzchalar yordamida yumshatiladi.
Birinchi chin barg hosil bo‘lgandan so‘ng har bitta uyada 2 tadan nihol qoldirib birinchi yagana o‘tkaziladi. Mabodo tuplar oralig‘ida xato bo‘lsa, bu uyalarga ivitilib nishlagan urug‘lardan ekiladi. Qovoq 3—4 tadan chin barg hosil qilgan davrda har bir uyada bittadan o‘simlik qoldirilib ikkinchi yagana o‘tkaziladi. Yaganalash vaqtida o‘simliklar shikastlanmasliklari uchun kerak bo‘lmagan o‘simliklar kesib olib
tashlanadi. Yaganalash bilan bir vaqtda begona o‘tlar chopiq qilinib yumshatiladi, ya’ni bir vaqtning o‘zida yer yumshatiladi. Oradan 25—30 kun o‘tgach, ya’ni o‘simliklar gullash davriga yaqinlashganda ikkinchi chopiq o‘tkaziladi.
Qovoq urug‘lari qiyg‘os unib chiqishi bilan qator oralari yumshatiladi.
Yer osti suvlari chuqur joylashgan dalalarda sug‘orish o‘tkazilgunga qadar bir marta, yer osti suvlari yaqin joylashgan maydonlarda esa ikki marta qator oralari yumshatiladi. Har gal sug‘orilgandan keyin yer obi- tobiga yetgach kultivatsiya qilinadi. Jami bo‘lib o‘suv davrida 4—5 marta kultivatsiya qilinadi. Sug‘orish uchun egatlar KRX-3,6; KRX-4,2; KRN-5,6 yoki KNB-5,4 kultivatorlari yordamida olinadi.
Qovoq namlikka nisbatan o‘rtacha talabchan o‘simliklardan hisoblanadi. Odatda qovoqni egatlash orqali sug‘orib parvarish qilinadi. Bunda egatlarni 22—24 sm chuqurlikda urug‘larni ekish bilan bir vaqtda olinadi. Egatlarni bunday chuqurlikda qirqilishi o‘simliklar ildizlari atrofida namlikning yetarli miqdorda to‘planishini ta’minlaydi.
Qovoqning ildizlari joylashgan tuproqni har doim nam, palaklari joylashgan qatlamini esa quruq bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Qovoq o‘simligining barglari katta, novdalari uzun (5—7 m) bo‘lgani uchun suvni juda ko‘p talab qiladi. SHuning uchun ham tuproq namligi 80% dan kam bo‘lmasligi lozim.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish