Geografik tarqalishi. YO‘l yoqalarida, o‘tloqlarda, ekinzorlarda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo‘yi davlatlar, Rossiyaning YEvropa qismida, o‘arbiy Sibirda, Kavkazda va O‘rta Osiyoda uchraydi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot maydalangan barg va gul aralashmalaridan iborat. Mahsulotning yoqimli hidi, sho‘r va achchiq mazasi bor.
Mahsulotga qashqarbedaning boshqa turlari (Melilotus dentatus Pers.
— guli hidsiz, qo‘shimcha bargi tishsimon qirrali, Melilotus albus Desr. — guli oq rangli) aralashib qolmasligi lozim.
Mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 10%, diametri 3 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poyalar 2%, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda bo‘laklar 5%, sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli va qoraygan bo‘laklar 2%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 0,5% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |