Mahsulot tayyorlash. Dorivor ukrop o‘simligini hosilini yig‘ib olish birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi. Ularning urug‘larini pishishi bir xil muddatda ro‘y bermaydi. Oldin pishganlari to‘kilib ketishi mumkin. SHularni e’tiborga olib, urug‘lar qo‘ng‘ir rangga kira boshlaganda birinchi marta qo‘lda teriladi. SHu davrda ularning tarkibida ko‘p miqdorda efir moyi to‘plangan bo‘ladi. Keyingi yig‘imni 10—12 kundan keyin mexanizmlar yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni qayta jihozlangan SK-3, SK-4 va boshqa kombaynlar bilan yig‘ib daladan olib chiqib ketiladi. Katta maydonlarda ekilgan dorivor ukropni uzog‘i bilan 5—6 kun ichida yig‘ib olish tavsiya qilinadi.
O‘simliklarni yetishtirishda yuqorida qayd qilib o‘tilgan agrotexnik tadbirlarga rioya qilib parvarish qilinsa, sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan 10—15 sentner urug‘ olish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |