BODOM — AMYGDALUS COMMUNIS L.
Bodom — Amygdalus communis L. ra’noguldoshlar — Rosaceae
oilasiga kiradi.
Bodom daraxtining bo‘yi — 2—5, ba’zan 8 m bo‘ladi. Novdalari qizg‘ish-jigarrang, shoxlarining po‘stlog‘i kulrang-qo‘ng‘ir, tanasiniki esa qoramtir. Bargi oddiy, lansetsimon yoki ensiz ellipssimon, o‘tkir uchli, cheti esa o‘tmas, mayda tishsimon bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari oq yoki och pushti rangda bo‘lib, shoxlarida yakka-yakka joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, kosacha va tojbarglari 5 tadan, birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi — qiyshiq yoki cho‘ziq tuxumsimon danakli meva.
Bodomning ikki tur xili uchraydi, ularni faqat mag‘zining achchiq- chuchukligiga qarab ajratish mumkin: chuchuk bodom —Amugdalus communis
Do'stlaringiz bilan baham: |