O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,71 Mb.
bet118/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

YEr tanlash. Smorodina uchun yerni to‘g‘ri tanlay olish katta ahamiyat kasb etadi. Bu o‘simlik o‘arbga yoki SHimoliy-o‘arb tomonga qaragan tekis,
nishabligi 10°S gacha bo‘lgan unumdor qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Smorodina ekilgan yerlar suv bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lishi
lozim.
Ekish. Smorodina bahorda yoki kuzda qalamchalardan tupni bir necha
bo‘lakka bo‘lish yoki parxish yo‘llari bilan ko‘paytiriladi.
Smorodinani kuzda ekilganda sovuq tushishidan oldin, lekin o‘simlik o‘sishdan to‘xtagandan keyin, agarda bahorda ko‘paytirilsa unda kurtaklar chiqishga ulgurmasdan oldin ekish lozim.
Bahorda smorodina tez o‘sib barglar chiqarishga ulguradi. SHu sababli smorodinani kuzda ekish maqsadga muvofiq.
Ekish uchun singan va kasallangan novdalar olinmasligi kerak. Bundan tashqari ekish uchun dag‘allashmagan novdalar tanlanadi. Tanlangan novdalarning uzunligi 15—20 sm dan uzun bo‘lmasligi lozim.
Smorodina suv bilan ta’minlangan sharoitida tez o‘sib qalinlashib ketganligi uchun qator oralig‘ini 3 m qilib, to‘plar oralig‘ini 1,5—2 m qilib ekiladi. Bunda bir gektar daladagi o‘simlikning soni 1666—2222 tupni tashkil etishi mumkin.
Qalamchalarni yoki o‘simlik tuplarining bo‘laklarini oldindan tayyorlangan chuqurlarga (40 x 40, 60 x 60 sm) ekiladi. Agarda organik o‘g‘it bo‘lmasa har bir chuqurga 6—7 kg chirindi va 200—300 g mineral o‘g‘it solinadi.
Chuqurlar tuproq bilan to‘ldirilgach ko‘chatlari oldindan tayyorlangan egatlar orqali sug‘oriladi. So‘ngra har bir qalamchaning yer ustki qismida 3—4 ta dan kurtak qoldirib novdalarning yuqori qismi qirqiladi va chirindi yoki go‘ng bilan mulchalanadi .
O‘g‘itlash. Ko‘chat o‘tqazishdan oldin tuproq unumligi darajasiga qarab 40—100 t go‘nga 800—1000 kg gacha superfosfat aralashtirib dalaga solinadi.
Smorodina ekilgan dalaga har yili sof holda azotdan 60 kg, fosfordan 120 kg va kaliydan 30 kg solinadi.
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni yerni kuzda shudgor qilishda solinadi.
Azotli o‘g‘itlarning yarmi bahorda vegetatsiya boshlanishida, qolgan yarmi esa gullashning oxiri — meva hosil qilish davrida beriladi.
O‘g‘itlarning ko‘chat ekilgandan ikki yil davomida o‘g‘itning taxminan yarmi bevosita o‘simliklarning tagiga, qolgan yillarda esa butun dalada tashlanadi.
SHuningdek, ko‘chat ekilgandan keyingi dastlabki ikki yil davomida organik o‘g‘itlar 50—100 sm diametrda 5—10 kg miqdorda mulcha tariqasida o‘simlik atrofiga, uchinchi va to‘rtinchi yillarda esa 20—30 t miqdorda qator orasi bo‘ylab butun dalaga solinadi.
Mulchalash o‘simlik to‘plarini suv va oziqa moddalari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi va o‘simliklarning yaxshi o‘sishi va rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi.
Smorodinani vegetatsiya davomida 5 martadan 15 martagacha sug‘oriladi, har bir sug‘orishdan so‘ng tuproq yumshatiladi. Kuzga borganda meva va o‘sish kurtaklari ko‘p bo‘lgan novdalarni ko‘paytirish, ya’ni shakllantirish maqsadida o‘simlik kesiladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish