O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi


II-MODUL. ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYoNLARI VA ULARNI AMALGA



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

 
II-MODUL. ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYoNLARI VA ULARNI AMALGA 
OShIRUVCHI QURILMALAR 
17-MAVZU. ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI 
Reja: 
17.1. Umumiy tushunchalar 
17.2. Bug‘ bilan isitish 
17.3. Issiq suv bilan isitish 
17.4. Yuqori temperaturali organik suyuqlik va ularning bug‘lari bilan isitish 
17.5. To‘yingan suv bug‘i bilan isitish 
17.6. Tutun gazlari bilan isitish 
17.7. Elektr toki bilan isitish 
17.1. Umumiy tushunchalar 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida issiqlik almashinish qurilmalarida o‘tkaziladigan suyuqlik va 
gazlarni isitish, bug‘lanish, sovitish va bug‘larni kondensatsiyalash jarayonlari juda keng tarqalgan. 
Biror muhitdan boshqasiga issiqlik o‘tkazish uchun mo‘ljallangan moslama issiqlik 
almashinish qurilmasi deb nomlanadi. Issiqlik uzatish jarayonida qatnashayotgan muhitlar issiqlik 
eltkichlar deb ataladi. Yuqori temperaturali va issiqlik beruvchi muhit issiqlik eltkich deyiladi. Past 
temperaturali va issiqlik oluvchi muhit sovuqlik eltkich deyiladi. 
Turli sanoatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri issiqlik manbai bo‘lib yokilg‘ilarni yonishdan hosil bo‘lgan 
gazlar va elektr energiyasi ham ishlatiladi. Bu turdagi bevosita issiqlik manbalaridan issiqlik olib, 
o‘zining issiqligini qurilma devori orqali isitilayotgan suyuqlik yoki gazga beruvchi moddalar oraliq 
issiqlik eltkichlar deb yuritiladi. Bunday issiqlik eltkichlarga suv bug‘i, issiq suv va yuqori 
temperaturali issiqlik eltkichlar (o‘ta qizdirilgan suv, mineral moy, organik suyuqlik va ularning 
bug‘lari, tuz eritmalari, suyuq materiallar va boshqalar) kiradi. 
Oddiy temperatura (10...30°S) largacha sovitish uchun suv va havo keng miqyosda va samarali 
qo‘llaniladi. 
Issiqlik eltkichlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga e‘tibor berish zarur: 
- muhitni sovitish yoki sovitish darajasi va uni boshqarish; 
- minimal massaviy va hajmiy sarflarda katta issiqlik almashinish tezligiga erishish; 
- qovushoqligi kichik, zichligi, issiqlik sig‘imi va bug‘ hosil qilish issiqligi katta bo‘lishi kerak; 
- yenmaydigan, zaxarlimas, issiqqa chidamli bo‘lishi zarur; 
- issiqlik almashinish qurilmasi materialini yemirmasligi va buzmasligi kerak; 
- arzon va kamyob bo‘lmasligi zarur. 
Ko‘p holatlarda issiqlik eltkichlar sifatida sanoat yarim mahsulot, mahsulot va chiqindilarning 
issiqligidan foydalanish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqdir. 


56 
17.2. Bug‘ bilan isitish 
Ma‘lumki, sanoat miqyosida issiqlik eltkich sifatida to‘yingan suv bug‘i keng ko‘lamda 
ishlatiladi, chunki u bir qator afzalliklarga ega. Masalan, bug‘ kondensatsiyalanganda juda katta 
miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Agar, bug‘ning bosimi 9,8

10
4
N/m
2
bo‘lsa, 2,26

10
6
J/kg miqdorda 
issiqlik berishi mumkin. Kondensatsiyalaniyotgan bug‘ning issiqlik berish koeffisienti yuqori 
bo‘lgani uchun, bug‘ tomonidagi termik qarshilik kichik bo‘ladi. Bu esa, bug‘ yordamida isitish 
uchun kam yuza talab etadi. 
To‘yingan bug‘ning eng asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ma‘lum bir bosimda, bir xil 
temperaturada kondensatsiyalanadi. Bu hol tegishli isitish temperaturasini yuqori aniqlikda ushlab 
turish imkonini beradi. 
Zarur paytda bug‘ bosimini o‘zgartirish usuli bilan isitish temperaturasini boshqarib turish 
mumkin. Bug‘ kondensati issiqligidan foydalanish natijasida bug‘li isitkichlar f.i.k. juda yuqori 
bo‘ladi. Yana bir afzalligi shundaki, bug‘ yonmaydi va undan foydalanish qulay. 
Suv bug‘ining asosiy kamchiligi, bu uning temperatura ortishi bilan bosimining proporsional 
ravishda o‘sishidir. Shuning uchun, suv bug‘i yerdamida 180...200°S gacha isitish mumkin. Ushbu 
temperaturalarda bug‘ning bosimi 1,0...1,2 MPa ga to‘g‘ri keladi. Juda yuqori bosimli issiqlik 
eltkichlar ishlatilganda, qalin devorli va qimmat qurilmalardan foydalanish ehtiyoji tug‘iladi. 
17.3. Issiq suv bilan isitish 
Ushbu usul kimyo va oziq - ovqat mahsulotlarini 100°S gacha isitish uchun qo‘llaniladi. 100°S 
dan yuqori temperaturalargacha isitish uchun ortiqcha bosim ostidagi o‘ta qizdirilgan suv ishlatiladi.
Suvning afzalliklari juda ko‘p: yer kurrasida keng tarqalgan va arzon; korrozion faol emas. 
Odatda biror mahsulotni isitish issiqlik qurilmasining devori orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda 
isitish uchun suv bug‘i kondensatining issiqligidan ham foydalanish mumkin. 
Suv yoki boshqa organik suyuqliklar bilan isitish uchun ko‘pincha sirkulyatsion usul ishlatiladi. 
Sirkulyatsion harakat erkin yoki majburiy bo‘lishi mumkin. Lekin, sanoatda nasos yordamida amalga 
oshiriladigan majburiy sirkulyatsion jarayonlar keng tarqalgan. 
Pomidor, bodring, poliz mahsulotlarini yetishtirishda issiqxona (teplisa) larda zavod va 
fabrikalardan chiqarib tashlanayotgan issiq suvlar ishlatiladi. 
17.4. Yuqori temperaturali organik suyuqlik va ularning
bug‘lari bilan isitish 
Ushbu guruh issiqlik eltkichlariga quyidagi organik moddalar kiradi: gliserin, etilenglikol, 
naftalin, difenil efiri, difenilmetan, ditolilmetan, difenil va polifenollarni xlorlash mahsulotlari, 
mineral moylar, tetraxlordifenil, kremniy organik birikmalar va hokazolar. 
Sanoatda eng keng tarqalgan yuqori temperaturali organik suyuqliklardan biri difenil aralashma 
(26,5 - difenil va 73,5% - difenil efiri) sidir. Ushbu issiqlik eltkich sirkulyatsion usulda isitish uchun 
ishlatiladi va erkin sirkulyatsiya sharoitida issiqlik berish koeffisienti 200...350 Vt/(m
2

K). 
Difenil aralashmasining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, yuqori bosim ishlatmasdan turib 
yuqori temperaturalar olish mumkinligidir. Masalan, 300°S temperaturada suv bug‘ining bosimi 87,6 
at bo‘lsa, difenil aralashmasida esa - atigi 2,4 at. 
Ushbu guruhdagi organik suyuqliklar yordamida 250...400°S temperaturagacha isitish mumkin. 
Suv yoki boshqa issiqlik eltkichning isitish uchun ketgan sarfi issiqlik balansidan aniqlanadi: 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish