O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

 -
qurilmaning diametri, m; 
dt
- trubaning tashqi diametri, m; 
d
i
- trubaning ichki diametri, m; 
n‟
- bir yo‘ldagi trubalar soni
2. Reynolds kriteriyasining qiymatiga mos holda suvning qurilmadagi oqim rejimi aniqlanadi. 
3.Oqim rejimiga mos holda Nuselt kriteriyasini hisoblash uchun (8.5), (8.6) yoki (8.7) 
formulalardan biri tanlanadi va u hisoblanadi. 
4. Issiqlik berish koeffitsientlari aniqlanadi: 
(8.15) 
5. (1.3) formula bo‘yicha issiqlik o‘tkazish koeffitsienti aniqlanadi. 
6. Issiqlik o‘tkazish koeffitsientining hisoblab topilgan qiymatlari bir-biri bilan solishtirilib, 
tegishli xulosa qilinadi.
O‟z-o‟zini tekshirish savollari: 
Issiqlik almashinish qurilmalarining klassifikatsiyasini tushuntirib bering. 
Issiqlik berish koeffitsientining fizik ma‘nosi nima va uning qiymati nimalarga bog‘liq? 
Issiqlik o‘tkazish koeffitsientining fizik ma‘nosi nima? 
Isitkichni ko‘p yo‘lli qilib yasashdan maqsad nima? 
Issiqlik o‘tkazish koeffitsientini hisoblashda qanday o‘xshashlik kriteriyalaridan 
foydalaniladi? 
Issiqlik almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi nima va u qanday topiladi? 
Issiqlik uzatishning asosiy tenglamasini tushuntirib bering. 
 
9-mashg‟ulot. Bug‟latish jarayonini bir korpusli vakuum bug`latuish tajriba qurilmasida 
o‟rganish 
Ishning maqsadi 
1. Bir korpusli bug`latgichning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. 
2. Vakuum bug`latgichning ish unumdorligini aniqlash. 
3. Vakuum bug`latgichning issiqlik uzatish koeffitsientini aniqlash
 


164 
Umumiy tushunchalar. 
Uchuvchan bo`lmagan moddalar eritmalarini, uning tarkibidagi 
erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo`li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug`latish deb 
yuritiladi. Agar bug`lanish jarayoni qaynash temperaturasidan past temperaturada suyuqlikning 
yuzasida ro`y bersa, bug`latish jarayonida bug` eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi. 
Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug`latish natijasida hosil bo`lgan qattiq moddalarni oson 
hamda arzon qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jo`natish mumkin. 
Bug`latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug`i ishlatiladi, bunday bug` 
birlamchi bug` deb yurtiladi. Qaynayotgan eritmadan ajralib chiqayotgan bug` ikkilamchi bug` deb 
ataladi. eritmani bug`latish uchun zarur bo`lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim 
hollarda eritmani quyuqlashtirish uchun kerak bo`lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon 
issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o`zaro kontakti orqali beriladi. 
Bug`latish jarayoni vakuum sharoitida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. 
Eritmalarning xossalari va ikkilamchi bug`ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko`ra yuqoridagi 
usullardan biri qo`llaniladi. 
Vakuum sharoitida bug`latish bir qator afzalliklarga ega: jarayonni ancha past temperaturada 
olib borish mumkin, bu hol ayniqsa yuqori temperaturada parchalanib ketishi mumkin bo`lgan 
moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo`l keladi. Bundan tashqari, bu usulda isituvchi agent 
va eritma temperaturasi o`rtasidagi foydali farq ko`payadi, bu esa qurilmaning isitish yuzasini 
kamaytirish imkoniyatini yaratadi; vakuum sharoitida bug`latish uchun nisbatan past parametrli 
(temperatura va bosim) isituvchi agentdan foydalanish mumkin. Bu usulda ikkilamchi bug`dan 
isituvchi agent sifatida foydalanish imkoni tug`iladi. Vakuum sharoitida bug`latish kamchiliklardan 
ham xoli emas: bu usulda bug`latish qurilmasining narxi oshadi; vakuum hosil qilish uchun 
kondensator, tomchi ushlagich va vakuum-nasoslar kerak bo`ladi, bundan tashqari, qurilmani 
ishlatish uchun zarur bo`lgan sarf ham ko`payadi.
Atmosfera bosimidan yuqori bo`lgan bosimda bug`latishda hosil bo`lgan ikkilamchi bug`dan 
qaytadan bug`latish jarayonida hamda bug`latish bilan bog`liq bo`lmagan boshqa maqsadlarda 
foydalanish mumkin. Boshqa maqsadlar uchun foydalanilayotgan ikkilamchi bug` ekstra-bug` deb 
ataladi. Yuqori bosim bilan bug`latish jarayonida ekstra-bug`ni ajratib olib ishlatish vakuum 
sharoitida bug`latishga nisbatan issiqlikdan to`laroq foydalanish imkonini beradi. Yuqori bosim bilan 
bug`latish eritmaning qaynash temperaturasining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim 
bilan bug`latishni amalga oshirish uchun yuqori temperaturali isituvchi agent kerak bo`ladi. Shu 
sababli bu usul yuqori temperaturaga chidamli moddalarning eritmalarni quyultirishda ishlatiladi.
Atmosfera bosimi sharoitida bug`latishda ikkilamchi bug` ishlatilmaydi, u atmosferaga 
chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng oddiy, ammo iqtisodiy jihatdan eng tejamsiz hisoblanadi.
Sanoatda bug`latish jarayoni bir va ko`p korpusli qurilmalarda amalga oshiriladi. Asosan ko`p 
korpusli, ya`ni bir necha korpusdan tashkil topgan bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Ko‘p korpusli 
qurilmalarning faqat birinchi korpusiga isituvchi (birlamchi) bug` beriladi, keyingi korpuslarini 
isitish uchun esa oldingi korpuslardan chiqqan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Natijada isituvchi 
bug`ning umumiy sarfi kamayadi.
Ishlash rejimiga ko`ra bug`latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo`ladi. Kichik masshtabdagi 
ishlab chiqarishlarda va ayrim vaqtda, eritmalarni yuqori kontsentratsiyalargacha bug`latishda davriy 
ishlaydigan bug`latish qurilmalari qo`llaniladi. Sanoatda asosan uzluksiz ishlaydigan bug`latish 
qurilmalaridan foydalaniladi. Zamonaviy bug`latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, 
ba`zan bitta qurilmaning isitish yuzasi 2000 m
2
dan ortib ketadi. 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish