1.4. O`zbek tili marketing terminologiyasining lisoniy taraqqiyoti va takomili
Tilshunoslar tomonidan terminlarning strukturasi va yasalishi, paydo bo`lishi kabi xususiyatlari tadqiq etilib, ma`lum soha vakillarining ish faoliyatini yengillashtirish uchun ko`mak vazifasini bajargan va shunday bo`lib kelmoqda. Yuqorida tanishib chiqqanimiz marketing sohasining o`zbek tilshunoslari tomonidan tadqiq etilishining asosiy sababi ham ushbu soha rivojlanishida muhim hisoblanadi. Shuningdek tilshunoslar sohaviy terminlar uchun umumiy kamchiliklarni sanab o`tganlar. Buni marketing terminlari misolida ko`ramiz:
1) terminlarning ko‘p ma’noliligi: bozor – 1) sotuvchilar va xaridorlar o`rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari, ishlab chiqarish hamda iste`molni o`zaro bog`lovchi mexanizm; 2) savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy.
2) terminlar sinonimiyasi: baho – narx, bitim – shartnoma – kontrakt, garov – omonat;
3) ma’lum bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi terminning anglatishi lozim bo‘lgan tushuncha mohiyatiga uyg‘un bo‘lmasligi: shikaner – nohalol savdogar. Adabiy tilda halol so`zining antonimi harom so`zi hisoblanadi. Nohalol shakl mavjud emas. Ushbu holat ham termin ma`nosida g`alizlikni keltirib chiqargan;
4) terminning ko‘p komponentlardan iborat bo‘lishi va natijada, uni qo‘llashdagi noqulaylik: alohida shaxslar marketing, xususiy firma savdo markasi;
5) terminologiyani keragidan ortiq miqdorda xorijiy terminlar bilan to‘ldirib tashlanishi: franchayzing, benchmarking, dagmar, defitsit kabilar. Asosan, marketing terminlari inglizcha va ruscha terminlardan iborat. Sanab o`tilgan nazariyalarni marketing terminlari misolida asoslashga harakat qildik. Quyida esa tadqiqot ishimiz terminologiyaning qaysi yo`nalishlariga suyangan holda amalga oshirilganligini keltiramiz:
1. Nazariy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning rivojlanish va qo‘llanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Marketin terminologiyasi ham maxsus leksika tarkibiga kiradi. Uning qonuniyatlariga amal qilgan holda shakllanadi, rivojlanadi.
2. Amaliy terminologiya – terminlarning amaliy prinsiplari, terminlar va terminologiyaning kamchiliklarini yo‘qotish bo‘yicha tavsiyalar, ularning qo‘llanilishi, yaratilishi va tarjimasiga doir vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Albatta, har bir termin amalda qo`llanish xususiyati bilan muhim. Amaliyotda qo`llanishi uchun esa termin bir qator kamchiliklardan holi bo`lishi kerak. Buni yuqorida keltirdik. Har bir o`zlashma terminni tarjima qilaverish ham to`g`ri emas. Aynan ushbu qonuniyatlar amaliy terminologiyaning obyekti hisoblanadi.
3. Umumiy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning umumiy xossalari, muammolarini o‘rganadi.
4. Xususiy terminologiya – ma’lum bir tilning aynan bir sohasiga mansub bo‘lgan terminlarni o‘rganadi: marketing terminologiyasi, bank terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi kabilar.
5. Tipologik terminologiya – alohida terminologiyalarni qiyoslab o‘rganib, umumiy va alohida terminologiyaning xossalarini belgilaydilar. Masalan, marketing terminologiyasini bank terminlari bilan taqqoslab tadqiq etilsa, ularning differensial va integral xossalari ko`zga tashlanadi.
6. Semasiologik terminologiya – maxsus leksemalarning semantika bilan bog‘liq muammolarini, semantik birliklarning o‘zgarishi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabilarni tadqiq qiladi. Terminologiyaning kamchiligi, nuqsonli tomoni desak ham bo`ladi. Chunki terminning sinonimligi uni qo`llashda bir qator chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Marketing terminlari ham semantik jihatdan o`rganilgan (quyida keltirilgan);
8. Tarixiy terminologiya – terminologiya tarixini o‘rganib, terminlarning kelib chiqishi, shakllanish jarayonini tahlil etadi. Shu orqali terminlar tartibga solinadi. Terminlarni etimologik jihatdan o`rganilishi esa o`lashma va o`z qatlamga oid terminlarni shakllantirishda qo`l keladi.
9. Funksional terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot holatlarida, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida terminlardan foydalanish xossalarini o‘rganadi. Hozirgi kundagi muhim masalalardan biri ham ayni shudir. Chunki nutqda biror bir terminni qo`llash, masalan, makler termini. Bu terminni bir qator tilshunoslar dallol deb ham yuritishni taklif qilmoqdalar. Lekin makler – uy oldi-sotdisi bilan shug`ullanuvchi mustaqil vositachi. Bunga dallol termini aynan xos emas. Broker termini ham dallol terminiga ma`no jihatdan yaqinlashtirilsa-da, dallol – bu qoramol bozorida sotuvchi va xaridorning o`rtasidagi mustaqil vositachi hisoblansa, broker yuridik yoki jismoniy shaxslarning oldi-sotdi ishlarida, sotuvchi va xaridorlar o`rtasida turuvchi mustaqil vositachi shaxsdir. Broker termini qo`llanish jihatdan keng ma`nolarni ifodalaydi.
Demak, o`zbek tilshunosligida marketing terminlarini tadqiq etar ekanmiz, yuqoridagi sohalarni bilmasdan turib ishimizning mohiyatini ochib bera olmaymiz. Terminologiyaning rivoji esa ushbu sohaga oid yaratilgan lug`atlar bilan belgilanadi. Abduhakim Mamanazarovning “Marketing terminlari izohli lug`ati” da keltirilishicha: “Marketing lug`atlari tuzishda asosan uch xil yondashuv mavjud:
1.Angliyalik iqtisodchi Daniel Yadin va boshqalar lug`atni marketingga oid trushuncvhalar bilan birga poligrafiya va noshirchilik olamiga mansub terminlar va istilohlarga ta`rif berish bilan davom ettiradilar.
2.Rossiyalik olimlar, germaniyalik lug`atshunoslar marketing terminlari qatoriga reklama dunyosiga xos barcha terminlar va istilohlarni kiritadilar.
3. Amerika va Skandinaviya marketing maktablari esa sof iqtisodiy, moliyaviy, menejmentga oid terminlarni kiritish bilan birga informatika, sotsiologiya va psixologiya fani motivatsiya tarmog`i istilohlarini kiritish bilan boyitadilar.16”
O`zbek tilshunosligida marketing terminlarining shakllanishida o`z xissasini qo`shgan olimlar talaygina. A. Mamanazarov “Marketing terminlari izohli lug`ati” da 1500 ga yaqin sarlavha, ya`ni lug`atbop maqola bilan 3500 dan ziyod marketing terminlari talqin etilgan. Fayyoza Bazarovaning “Marketing” darsligida 150 ta, Sh. Dj. Ergashxodjayeva “Strategik marketing” darsligida 40 ta atamalar lug`ati keltirilgan bo`lib, unda marketing terminlarining izohi berilgan. “O`zbek tilining izohli lug`ati”da ham sohaga oid yuzdan ortiq terminlar keltirilgan.
O`zbek tilida marketing terminlarining shakllanishining lisoniy omillarini esa quyidagi tahlillar orqali ko`ramiz. Ular tuzilishiga ko`ra sodda, qo`shma va so`z birikmali shakllari mavjud.
Sodda terminlar genetik xususiyatiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
o`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan sodda terminlar;
2) xalqaro tillardan kalkalash orqali bevosita o`zlashtirilgan sodda terminlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |