III tur. Kimyoviy tenglamalar tuzish
1. Koeffitsiyentlarini qo’ymay va koffitsiyentlarini qo’yib tuzish.
2. oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining tenglamalarini tuzish.
IV tur. Kimyoviy tenglamalar bo’yicha hisoblash
1. Moddalar og’irligining saqlanish qonuni bilan bog’liq bo’lgan hisoblash.
2. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning og’irlik bilan ifodalangan miqdorini hisoblab topish.
3. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning hajmi bilan ifodalangan miqdorini hisoblab topish.
4. Reaksiya uchun olinadigan va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning miqdorini, ulardagi qo’shimchalarni nazoratda tutgan holda hisoblab topish.
V tur. Eritmalarga oid hisoblashlar
1. Har xil temperaturalarda eriydigan modda bilan erituvchi miqdorlarini hisoblab topish.
2. Berilgan konsentratsiyali ma’lum miqdordagi eritma tayyorlash uchun zarur bo’ladigan erituvchi miqdori bilan eritiladigan modda miqdorini hisoblab topish.
3. Eritmaning foiz bilan ifodalangan konsentratsiyasini:
a) eritma miqdoriga va bu eritmadagi erituvch imiqdoriga qarab;
b) eritmaning solishtirma og’irligiga qarab hisoblab topish.
4. Eritma konsentratsiyasining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan hisoblar.
Sifatga oid masalalar
I tur. Moddalarni bilib olish
1. Ayni moddaga xos reaksiyalar .
2. Moddalarning qanday elementlardan tarkib topganini;
a) formulasi yoki nomiga qarab;
b) shu moddadan hosil bo’lgan mahsulotlar tarkibiga qarab bilish.
3. Moddani:
a) xarakterli xossalariga qarab;
b) formulalariga qarab;
v) ayni moddani tekshirishlar tavsilotiga qarab aniqlash.
II tur. Moddalarni tozalash
1. Aralashmadan aytilgan moddani topish yoki berilgan aralashmada ma’lum bir modda borligini aniqlash.
2. Aralashmadan moddani uning o’ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlariga qarab ajratib olish.
III tur. Moddalar hosil qilish
1. a) bir yoki bir necha moddadan;
b) bevosita yoki dastlabki moddalarni bir necha marta ketma - ket o’zgartirish yo’li bilan bir modda hosil qilish.
2. Dastlabki modda ko’rsatilmagan taqdirda mumkin bo’lgan bir necha usullar bilan:
a) uning boshqa moddaga aylanishi tafsiloti asosida;
b) moddaning o’ziga xos xususiyatlariga asoslanib shu moddani hosil qilish.
3. Maxsus asbobdan:
a) tayyor asbobdan;
b) tasvirlab o’tilgan yoki hech tasvirlanmagan asbobdan foydalanib modda hosil qilish.
IV tur . Moddalarning klassifikasiyasi
1. Ayni bir sinfga kiradigan moddalarning:
a) empirik formulalarini;
b) struktura fomulalarini tuzish.
2. Ayni bir sinfga kiradigan moddalar uchun xos reaksiyalar .
3. Moddaning qaysi sinfga kirishini:
a) xarakterli xossalariga qarab;
b) tarkibiga qarab;
v) tuzilishiga qarab aniqlash.
V tur. Kimyoviy tushunchalar
Masalalar quyidagi kimyoviy tushunchalarni:
- hodisalar, aralashmalar va toza moddalar;
- oddiy va murakkab moddalar;
- molekula va atomlar;
- molekulyar va atomistik ta’limot;
elektrolitlarning eritmada dissotsiyalanishi;
- suvda eritmalarning elektrolizi;
- allotropiya va izomeriya;
- radiaktivlik va shu kabi tushunchalarni tasvirlash va izohlash bilan bog’liq bo’lgan masalalar.
-oksidlanish va qaytarilish, neytrallanish, ekzotermik va endotermik, qaytar va qaytmas reaksiyalar va boshqa reaksiyalar;
VI tur. Davriy qonun va atomlarning tuzilishi
1. Kimyoviy elementlarning xossalarini davriy sistemadagi o’rinlariga qarab aniqlash.
2. Kimyoviy elementlarning davriy sistemadagi o’rnini ularning eng xarakterli xossalari tafsilotiga qarab aniqlash.
3. Elementlaening davriy sistemadagi o’rnini shu elementlar atomlarining tuzilishiga qarab izohlash.
4. Elementlar atomlarining tuzilishini shu elementlarning davriy sistemadagi o’rniga asoslanib tasvirlash.
5. Elementlarning davriy sistemadagi o’rniga asoslanib ular molekulalarini hosil bo’lish sistemasini tuzish.
O’quvchilar masalalarning yuqorida keltirilgan har qaysi turi orasidan har qaysi sinf uchun va dasturning har qaysi mavzusi uchun beriladigan masalalarni uncha qiynalmay tanlab oladilar va bu masalalarni o’quvchilar uchun nisbatan qiyinligi darajasiga qarab joylashtiradilar. Mana bunday prinsipni esda tutish juda muhimdir: ishning muvaffaqiyatli chiqishi juda ko’p masala tanlashdan emas, balki masalalarni biz yuqorida keltirilgan klassifikasiyaning har qaysi turi uchun mohirlik bilan juda yaxshi o’ylab tanlashdan iboratdir.
Kimyoviy tenglamalar
Kimyoviy reaksiyaning kimyoviy belgi va formulalar vositasida shartli ravishda yozilishi kimyoviy tenglama deyiladi.
Reaksiyaning kimyoviy tenglamasiga qarab qanday moddalar reaksiyaga kirishishi va qanday moddalar hosil bo'lishi haqida fikr yuritish mumkin. Reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda quyidagicha ish yuritiladi:
Tenglamaning chap qismida reaksiyaga kirishadigan moddalarning formulalari yoziladi, so’ngra strelka qo’yiladi. Bunda oddiy gazsimon moddalarning molekulalari deyarli doimo ikki atomdan tarkib topishini ( O2, H2, Cl2 va h. ) yodda tutish lozim:
Mg + O2
P + O2
O’ng qismiga (strelkadan keyin) reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning formulalari yoziladi:
Mg + O2 MgO
P + O2 P2O5
Reaksiyaning tenglamasi moddalar massasining saqlanish qonuni asosida tuziladi, ya’ni o’ng va chap qismlardagi atomlar soni bir xil bo’lishi kerak. Bunga erishish uchun moddalarning formulalari koeffitsiyentlar qo’yiladi. Dastlab reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibida ko’p bo’ladigan atomlarning soni tenglashtiriladi. Bizning misolimizda bular kislorod atomlaridir. Strelkaning chap va o’ng qisimlaridagi kislorod atomlari sonining eng kichik umumiy ko’paytmasi topiladi. Magniyning kislorod bilan reaksiyasida eng kichik umumiy ko’paytma soni 2, fosfor misolida esa 10 sonidir. Eng kichik umumiy ko’paytmani strelkaning chap va o’ng qisimlaridagi tegishli atomlar soniga (keltirilgan misollarda – kislorod atomlar soniga ) quyidagi sxemada ko’rsatilganidek bo’lish yo’li bilan tegishli koeffitsiyentlar topiladi:
( 2:2= 1 ) – 2 – ( 2:1=2)
Mg + O2 ------------------------------ 2MgO
(10:2=5) – 10 – (10:5=2)
P + 5O2------------------------ 2P2O5
Qolgan kimyoviy elementlarning atomlar soni tenglashtiriladi. Yuqoridagi misollarimizda magniy va fosfor atomlari sonlarini tenglashtirish lozim:
2Mg + O2 2MgO
4P + 5O2 2P2O5
Kimyoviy tenglamalarni tuzishda reaksiyalarning issiqlik effektlari ko’rsatilmaydigan hollarda tenglik ishorasi o’rniga strelka qo’yiladi.
Termokimyoviy tenglamalar
Reaksiyada ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdorini o’lchash va uni reaksiya tenglamasiga kiritish mumkin. Shu issiqlik miqdori har qanday energiya birliklari – katta va kichik kaloriyalar (tegishlicha kkal va kal), joullar (J) va kilojoullar (kJ) bilan ifoda qilinadi va hokazo, 1 kkal=4180 J yoki 41.8 kJ dir (yaxlitlab hisoblanganda). O’lchovlarning hammasini hosil bo’ladigan moddalarning gramm-molekulyar miqdoriga nisbatan ko’rsatish rasm bo’lgan, chunki kimyo nuqtai nazardan gaqat gramm - molekulyar miqdorlarni solishtirib ko’rsa bo’ladi.
Oddiy moddalardan bir gramm-molekula kimyoviy birikma hosil bo’lganda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori shu birikmaning hosil bo’lish issiqligi deb ataladi. Masalan, “suvning hosil bo’lish issiqligi 68.4 kkal ga teng”- degan ibora 1 gramm-molekula , ya’ni 2 gr vodorod va 16 gr kisloroddan 18 gr suv hosil bo’lishida 68.4 katta kaloriya issiqlik ajralib chiqishini bildiradi.
Reaksiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori ko’rsatiladigan kimyoviy reaksiya tenglamalari termokimyoviy tenglamalar deb ataladi. Bunday tenglamalarda kimyoviy belgi va formulalar hamma vaqt gramm-atom yoki gramm-molekulalarni bildiradi, reaksiyaning issiqlik effekti esa, oddatda, katta kaloriya bilan ifodalanadi vza reaksiya ekzotermik bo’lsa, plyus ishorasi bilan, reaksiya endotermik bo’lsa, minus ishorasi bilan ko’rsatiladi. Masalan, vodorod bilan kisloroddan suv hosil bo’lish reaksiyasining termokimyoviy tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
2H2 + O2 = 2H2O + 136.8 kkal (571 kJ)
H2 + O2 = H2O + 68.4 kkal (285 kJ)
2 gr + 16 gr = 18gr
Bu tenglama 2 gr vodorod bilan 16 gr kislorodning ichki energiya zaxirasi 18 gr suvdagiga qaraganda 68.4 kkal (285.96 kJ) ko’p ekanligini ko’rsatadi.
Azot bilan kisloroddan NO hosil bo’lish reaksiyasiissiqlik chiqishi bilan emas, balki issiqlik yutilishi bilan boradi va quyidagi termokimyoviy tenglama bilan ifodalanadi:
N2 + O2 = NO – 21.6 kkal (-90.3 kJ)
Bu misoldan reaksiya uchun olingan moddalarda – azot bilan kislorodda – energiya zaxirasi shu moddalardan hosil bo’lgan NO dagiga qaraganda kam ekanligi tenglamadan yaqqol ko’rinib turibdi.
Boshqa kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti ham xuddi shunday yoziladi. Misol tariqasida asetilen yonish reaksiyasining termokimyoviy tenglamasini ham keltiramiz:
C2H2 + 2.5O2 = 2CO2 + H2O + 310.5 kkal (1300 kJ)
Asetilenning yonishi ekzotermik reaksiya ekanligi va 1 gramm- molekula asetilen yonganda 310.5 kkal (1300kJ) issiqlik mchiqishi tenglamadan ko’rinib turibdi.
Har bir kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti muayyan temperaturada aniq ma’lum kattalik bo’ladi, lekin bu kattalik reaksiyaga kirishadigan va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning agregat holatiga bog’liqdir. Msalan, suv bug’ining hosil bo’lish issiqligi 57.8 kkal gat eng bo’lsa, suyuq suvning hosil bo’lish issiqligi 68.4 kkal gat engdir. 10.6 kkal ga teng ayirma suv kondentsatsiyalanishining yashirin issiqligidir, ya’ni suvning gaz holatidan suyuq holatga o’tishida chiqadigan issiqlikdir.
Termokimyoviy tenglamalarni yozishda moddalarning agregat holati qavs ichiga olinadi va tegishli moddalarning formulasi yoniga qo’yiladigan quyidagi harflar bilan belgilanadi (q) – qattiq holat, (s)- suyuq holat, (g)-gaz holat, masalan,
C(q) + O2(g) = CO2(g) + 94 kkal
Agar moddalarning agregat holati aniq ma’lum bo’lsa, bu belgilar tushirib qoldiriladi.
Termokimyoviy tenglamalar moddalarning reaksiyalarda o’zgarishini oddiy kimyoviy tenglamalarga qaraganda, bir muncha to’laroq aks ettiriladi. Bunday tenglamalar reaksiyaga qanday moddalarning kirishuvini va reaksiya natijasida qanday yangi moddalar hosil bo’lishini ko’rsatish bilangina qolmay, balki shu reaksiya vaqtida enegiyaning qanday o’zgarishi to’g’risida ham tasavvur beradi.
Kimyoviy reaksiya tenglamalari asosida hisoblashlar
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning massalari reaksiya natijasida hosil bo`ladigan moddalarning massalariga teng bo`lishini nazarda tutib, reaksiyaga kirishadigan va reaksiya natijasida hosil bo`ladigan moddalarning miqdorlarini, ularning qaysi biridan ortiqcha olinganligini, reaksiyada hosil bo`ladigan moddalarning miqdorlari reaksiya tenglamalariga asoslanib hisoblangan miqdorlarga to`g`ri kelish yoki kelmasligini, reaksiya tenglamasi bo`yicha nazariy hisoblangan miqdorlarga nisbatan hosil bo`ladigan modda miqdorlari – reaksiya unumlarini hisoblash mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |