- rasm. Ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorini reverslash sxemasi
(5.25) ni (5.2) va (5.3) ga qo‘yib ko‘rilayotgan motorlar uchun asosiy munosabatlarni hosil qilamiz:
Eya = kaIya ω (5.27)
Mos ravishda elektrmexanik va mexanik xarakteristikalar uchun quyidagicha bo‘ladi:
; yoki ; (5.28)
; yoki ; (5.29)
Ketma- ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori mexanik xarakteristikalarini birinchi qarashda ordinata o‘qini kesmaydigan giperbo‘la ko‘rinishida tasavvur qilishimiz mumkin.
Agar (Rya + Rq) =0 deb olsak, unda xarakteristiga absissa o‘qini kesmaydi (5.18 - rasmga qarang).Bunday xarakteristika «ideal xarakteristika» deyiladi. Undan yuqorida xarakteristikalar bo‘lishi mumkin emas. Xaqiqiy tabiiy xarakteristika absissa o‘qini qisqa tutashuv tokiga to‘g‘ri keladigan nuqtada kesib o‘tadi (Mk). Agar motor to‘yinishini inobatga olsak, unda momentlar 0,8Mk dan kam bo‘lganda xarakteristika egri chiziqli va giperbo‘lasimon bo‘ladi; tokning va oqim momentining katta qiymatilarida to‘yinish bo‘lib qoladi va to‘g‘irlanadi.
- rasm. Ketma - ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorining tabiiy va «ideal» mexanik xarakteristikalari
Ketma - ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorining asosiy hususiyatlaridan biri unda erkin aylanish tezligining yo‘qligidir. Yuklamani kamaytirilganda motor tezligi sezilarli darajada oshib ketadi, buning natijasida motorni yuklamasiz qoldirish mumkin emas.
Ketma - ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorining eng asosiy afzalligi kichik tezliklarda ham katta yuklamalar qabul qila olishligidir. Motorni tok bo‘yicha 2,25 – 2,5 barobar zo‘riqtirilganda u 3 – 3,5 nominal momentni hosil qiladi. Bu holat ketma - ket qo‘zg‘atishli motorilarni transport soxasida keng qo‘llashga imkon yaratadi. Bu mashinalarda aynan joyidan siljishda katta moment talab qilinidi.
Ketma - ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorining yana bir afzalligi unda qo‘zg‘atish janjiri uchun alohida manbaning zarurati yo‘qligi.
Sun’iy mexanik xarakteristikalar uchta usul bilan olinishi mumkin:
yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish bilan;
iste’mol kuchlanishini o‘zgartirish bilan;
yakor chulg‘ami qo‘shimcha qarshilik yordamida shuntlash yo‘li bilan.
Yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish bilan mexanik xarakteristika bikirligi pasayadi va Mk qiymat ham kamayadi (5.19 - rasmga qarang).
Rostlanishning bu usuli motorni yurgazish paytida qo‘llaniladi. Bunda qarshilik pog‘onalari KM1, KM2, KM3 kontaktorlari bilan ulanadi. 5.19 - rasmda uch pog‘onali yurgazish sxemasining yurgazish xarakteristikalari berilgan. Uzoq vaqt reostatlarda ishlash energiyaning qarshiliklarda sezilarli yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |