5.12 - rasm. Bir fazali ko‘prikli o‘zgartirgichda tiristorlararo tokning ulanishi
5.10 a - rasmdagi sxemani taxlil qilishga qaytamiz. O‘zgartirgich α burchak bilan ishlayotgan bo‘lsin, t1 vaqtgacha VS1 va VS4 tiristorlari tok o‘tkazadi. t1 paytda esa VS3 va VS2 tiristorlariga ochuvchi impuls yuboriladi. Oxirgilari ochadi. Biroq tarmoq tomonida induktivligi bo‘lgani sababli VS1 va VS4 orqali o‘tayotgan tok birdaniga nolga tusha olmaydi, va bir qancha vaqt ulanish burchagi γ bilan o‘lchanadi. Hamma 4 ta ventil baravariga ochiladi yuklama zanjirini shuntlaydi. Natijada o‘rtacha to‘g‘irlangan kuchlanish shtrixlangan yuzaga proporsional ravishda kamayadi. Kuchlanishning bu kamayishi to‘g‘irlangan tok Id kattaligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagiga teng bo‘ladi:
.
shartli ravishda o‘zgartirgichda kuchlanishning tushishiga sabab bo‘ladigan qandaydir Rγ qarshilik deb qabul qilib olaylik.
Rγ = , (5.17)
Bu yerda, m – ushbu davrda ulanishlar soni.
xa – o‘zgaruvchan tok tarafidagi induktiv qarshilik.
bu yerda U2f – transformator ikkilamchi chulg‘amining faza kuchlanishi. ek – transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi,%.
Shuni inobatga olish kerakki,Rγ qarshilikda kuchlanishning pasayishi undagi quvvat yo‘qotish bilan bog‘liq emas, chunki u o‘zgarmas tok tarafidagi induktiv qarshilik bilan yuzaga keltirilgan; u o‘zgartirgichning quvvat koeffitsienti yomonlashtiradi.
To‘g‘irlagichning asosiy ko‘rsatkichlari
5.1. jadval.
sxema
|
ksx = Ed0/Ul
|
|
|
|
|
m
|
Bir fazali ko‘prikli
|
0,9
|
1,57
|
1,0
|
1,11
|
1
|
2
|
Uch fazali ko‘prikli
|
1,35
|
1,045
|
0,815
|
1,045
|
2
|
6
|
I1 – o‘zgaruvchan tok tarafidagi tok ; Sm – transformator quvvati, VA;
U v.maks – tiristorlarga beriladigan maksimal kuchlanish; R m - transformator ikkilamchi chulg‘ami qarshiligi.
Shunday qilib, uzluksiz tok rejimida o‘zgartirgich kuchlanishining o‘rtacha qiymati quyidagiga teng bo‘ladi.
Ud = Ed0cosα - IdRn (5.18) Agar to‘g‘irlangan tok induktivligi ancha katta qiymatga ega bo‘lsa
(Ld ), to‘g‘irlangan tok uzluksiz xarakterga ega bo‘ladi. Agar yakor toki uzuqli xarakter tus olsa, unda yuritmaning mexanik xarakteristikalari egri chiziqli bo‘lib qoladi (5.13 - rasm).
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori yakor zanjiri induktivligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Lya = kL , (5.19)
Bu yerda: kL – konstruktiv koeffitsient; kompensatsiyalangan motorlar uchun 0,1÷ 0,25, kompensatsiyalanmagan motorlar uchun 0,5 ÷ 0,6.
Un, In, ωn – nominal kuchlanish, nominal yakor toki, nominal burchak tezligi. Pn- qutb juftliklari soni.
To‘g‘irlangan tok zanjiridagi induktivlikning oxirgi qiymatlarida tokning uzluksiz shartiga tok kattaligi hamda rostlash burchagi ham ta’sir ko‘rsatadi. Tokning chegaraviy qiymati (minimal) quyidagi nisbat bilan aniqlanadi:
Icheg = . (5.20)
Uzuqli tok rejimi uzlukli tok zonasida o‘rtacha to‘g‘irlangan kuchlanish oshirilganda paydo bo‘ladi. TO – D tizimli reverssiz yuritmaning mexanik xarakteristikalari 5.13 - rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |