Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash jadvali
Yillar
|
Balans qiymati
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Jamg‘arilgan amortizatsiya
|
Qoldiq qiymati
|
1-yil
|
50000
|
(40%%*50000)=20000
|
20000
|
30000
|
2-yil
|
50000
|
(40%%*30000)=12000
|
32000
|
18000
|
3-yil
|
50000
|
(40%%*18000)=7200
|
39200
|
10800
|
4-yil
|
50000
|
(40%%*10800)=4320
|
43520
|
6480
|
5-yil
|
50000
|
4480
|
48000
|
2000
|
Kumulyativ usulda amortizatsiyani hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig‘indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyi- dagicha bo‘ladi:
5+4+3+2+1=15 yil.
Kumulyativ usulda amortizatsiyani hisoblash jadvali
Yillar
|
Balans qiymati
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Jamg‘arilgan amortizatsiya
|
Qoldiq qiymati
|
1-yil
|
50000
|
(5/15*48000)=16000
|
16000
|
34000
|
2-yil
|
50000
|
(4/15*48000)=12800
|
28800
|
21200
|
3-yil
|
50000
|
(3/15*48000)=9600
|
38400
|
11600
|
4-yil
|
50000
|
(2/15*48000)=6400
|
44800
|
5200
|
5-yil
|
50000
|
(1/15*48000)=3200
|
48000
|
2000
|
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari obyekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi. Chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samara- liroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi.
0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotining kreditida obyektlarga hisoblangan eskirish summasi, debetida hisobdan chi- qarilayotgan asosiy vositaga hisoblangan eskirish summasi, debetida hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositaga hisoblangan eskirish sum- masining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochilgan:
0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi».
0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olinib o‘zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi».
0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi».
0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi».
0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi».
0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi».
0260-«Transport vositalarining eskirishi».
0270-«Ish hayvonlarining eskirishi».
0280-«Ko‘p yillik ekinlarning eskirishi».
0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi».
0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi».
Hisoblangan amortizatsiya summasiga berilgan buxgalteriya provodkasi tarxi quyidagicha ko‘rinishda beriladi.
D 9210 K D 0211-0299 K D 2010 K
(6) (1)
(2)
(3)
(4)
(5)
D 2310 K
D 2510 K
D 9420 K
D 2710 K
1–5 operatsiyalarda amortizatsiya ajratmasi hisoblandi. 6-opera- tsiyada eskirish summasi hisobdan chiqarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |