Kompyuter grafikasining apparat ta’minoti haqida.
Tasvirning ekrandagi nusxasi.
Rastrli grafikaning asosiy kamchiliklari.
Photoshop dasturi va uning turlari.
PhotoShopning uskunalar satri haqida ma’lumot bering.
PhotoShop yordamida bajariladigan asosiy jarayonlarni ayting.
Adobe PhotoShop rastrli tasvirlarni qayta ishlash tizimi.
Adobe Photoshop dasturi – grafik obyektlarni qayta ishlash, o`zgartirish, saqlash uchun qo`llanuvchi ko`p sonli dasturlardan biridir. Adobe Photoshop palitra bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, sohani belgilash, konturlar, rasm chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o`lchami, tasvir ruxsat etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga ega.
Photoshop dasturi – grafik muharriri bo`lib, rastr (nuqtali) tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan (rastr formatli grafik fayllar, fotografiya, tasvirlar va hokazo)
PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat:
sarlavha satri va asosiy menyu;
parametrlar satri;
uskunalar satri;
palitralar sohasi;
ishchi soha;
holat satri.
6.1.1-rasm. PhotoShop dasturining umumiy interfeysi.
Asosiy menyuning quyidagi bo`limlari mavjud: Файл (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar; Редактирование (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari; Изображение (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o`zgartirish; Слои (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash;
Шрифты (Shrift) - shriftlar bilan ishlash;
Выделение (Ajratma) - tasvir bo`lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash;
Фильтр (Filtr) - tasvirni butunlay yoki qisman o`zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo`llash uchun ishlatiladi;
3D (Uch o`lchamli) – uch o`lchamli obyektlar bilan ishlash;
Просмотр (Ko`rish) - ilovaning tashqi ko`rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko`rsatish uchun xizmat qiladi;
Окно (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi;
Справка (Ma’lumot) - turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi.
Uskunalar satrida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo`ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo`ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Parametrlar satrida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko`rsatiladi. Zarurat bo`lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o`zgartirish mumkin. [6]
Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo`l keladi. Zarur bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko`proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan birini tanlash uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |