SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Fong usulini tushuntiring.
Qirralarda va uchlarda normallarni aniqlash haqida nimalarni bilasiz?
Delta-modullash nima?
Nur izini hosil qilish va yorug`lik tarqatish usullari.
Real tasvirlarni ko`rishda nurni yo`nalishini kuzatish usullari, uning qayta (aks etish) va sinish effektlarini hisobga olgan holda, keng qo`llaniladi. Bunda yorug`lik manbasidan to`g`ri chiziqli trayektoriya bo`yicha biror bir obyektga tushadi. Obyektga tushgan yorug`lik nuri sinib obyektning ichiga ketishi yoki qaytishi mumkin. Obyektdan qaytgan nur yana to`g`ri chiziqli tarqalib keying obyektga tegishi mumkin va hokazo. Oxirida nurlarning bir qismi nazoratchi ko`ziga tushib unda tasvirni xosil qiladi. Agar nazoratchi ko`zi oldida tasvir tekisligini joylashtirsak uni kesib o`tgan nurlar unda tasvirini paydo qiladi. Yuqorida aytib o`tilgan jarayon nurlarni to`g`ri yo`nalishini kuzatish deyiladi. Bu holda yorug`lik manbasidan tarqalgan ko`pgina nurlar obyektlarga tushmasligi yoki nazoratchi ko`ziga yetib kelmasligi mumkin. Shuning uchun kompyuter grafikasida faqat foydali nurlar, ya’ni nazoratchi ko`ziga tushuvchi nurlar hisobga olish tavsiya qilinadi. Shu sababli nurlarni yo`nalishini kuzatish teskari bajariladi, yani yorug`lik manbasidan emas nazoratchi ko`zidan boshlab biror bir obyektning nub bilan kesilish nuqtasiga qadar. Yuqorida aytib o`tilgan jarayon nurning yo`nalishini teskari kuzatish yoki shunchaki nurning yo`nalishini kuzatish deyiladi. Aynan shu
usulni quyda ko`ramiz: Nurni yo`nalishini kuzatish usulida obyektning ixtiyoriy nuqtasining yorug`ligini va berilgan yo`nalishida undan qaytuvchi yorug`lik energiyasini qismini aniqlash masalasi ko`riladi. Bu energiya ikkita qismdan tashkil topadi-bevosita (dastlabki) yorug`lik, yani yorug`lik manbasidan bevosita olinuvchi energiya va ikkinchi yorug`lik, ya’ni boshqa obyektlardan keluvchi energiya. Bu bo`lish nisbiy. Ma`lumki, bevosita yorug`lik tasvirga katta hissa qo`shadi.[4]
5.7-chizma. Nurning yo`nalishini kuzatish asosiy modeli.
Odatda amaliyotda obyektning sirti taqsimot qonuni berilgan tasodif orientatsiyalangan tekis ideal mikroyoqlardan tashkil topadi deb hisoblanadi.
Faraz qilamizki:
n-sirtning R nuqtadagi normal vektori ya’ni o`rta tekislik normal vektori; h- mikroyoqning normal vektori;
α- ular orasidagi burchak:
α=arccos(n,h).
5.8-chizma. O`rta tekislik normal vektori.
Sirt α-ning tasodifiy qiymatini taqsimotini zichligini beruvchi funktsiya D(α)
orqali ifodalanadi. D(α) uchun bir nechta model mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |