mashq. O‘qing. Fonetik va morfologik tamoyil asosida yozilgan so‘zlarni toping va izohlang.
1. Bundan keyin yolg‘on gapiradigan bo‘lsang, bilib qo‘y, men oyingga o‘xshab og‘rimaydigan qilib urmayman-a!.. (A.Q.) 2. Kechalari osmonga boqasan-u men yashaydigan, mening kulgim yangrayotgan yulduzlarning barchasi jilmayib kulayotganini ko‘rasan. (A.S.Ekzyuperi.) 3. Umuman olganda, milliy valyuta davlat mustaqilligining asosiy belgisi hisoblanadi. (I.Karimov.) 4. Hamroyev Hamdamning qulog‘idan cho‘zib, o‘ziga qaratdi. (A.Q.) 5. Shunday bo‘lgandan keyin majlisga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib borilmasa bo‘lmaydi. (A.Q.) 6. Mana bunday qilib: qog‘ozga qancha yulduzim borligini yozib chiqaman-da, keyin shu qog‘ozni tortmaga solib qulflab qo‘yaman. (A.S.Ekzyuperi.) 7. Dadam ishdan kech keldi. (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |