Tajribagacha nazorat va tajriba guruhlarida jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichi (o’rtacha)
Ko’rsatkich
|
Nazorat guruhi
|
Tajriba guruhi
|
Bo’y uzunligi (metr)
|
120
|
120
|
Og’irlik (kg)
|
24
|
24
|
Ko’krak aylanasi (metr)
|
58
|
58
|
Tajribagacha nazorat va tajriba guruhlarida jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichi (o’rtacha)
Ko’rsatkich
|
Nazorat guruhi
|
Tajriba guruhi
|
Turgan joydan uzunlikka sakrash
|
112
|
112
|
30 m.ga yugurish
|
7.8
|
7.8
|
Arg’mchida sakrash (1 daqiqa)
|
60
|
60
|
Yuqoridagi jadvallardagi ko’rsatkichlar tajribagacha olingan bo’lib biz tajriba jarayonida qator ishlarni amalga oshirdik. Masalan, nazorat guruhi muntazam kuzatuvda bo’ldi. Ular odatiy holda jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va mashg`ulotdan tashqari mashg’ulotlarda qatnashdilar. Bu borada tegishli ma’lumotlar rasmiylashtirilib, hisoblab borildi.
Tajriba guruhi bilan bevosita alohida yondashuvli mashg’ulotlar olib borildi. Ular bilan muntazam mavzu doirasida tushuntirish ishlari, targ’ibot tashkil qilindi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil qilingan sport to’garaklaridagi ishtiroki takomillashtirildi. Jismoniy tarbiya fani murabiylari bilan hamkorlikda mashg`ulot jarayonida o’ziga xos yondashuvlar amalga oshirildi. Masalan qomatni to’g’ri shaklantirishga doir mashq elementlari bolalar qiziqishini ortirish maqsadida musobaqa ko’rinishida tashkil etildi, jismoniy sifatlarni rivojlantirishi yuqori bo’lgan milliy harakatli o’yinlar tashkil qilindi.
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining yakuniy qismida tarbiyalanuvchi-larning jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun turli mashqlar qo’shimcha tarzida berildi. Tarbiyalanuvchilarni mashg`ulot mavzusi va mashg`ulot xillariga qarab guruhlarga bo’lib tashkil qilindi. Tarbiyalanuvchilarni guruhlarga bo’lib o’rgatish yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.
Tadqiqotlar bevosita pedagogik amaliyot jarayonida ham tashkil qilinganligi sababli bunda bir nechta mutaxassis-o’qituvchilar (amaliyotchilar) ishtirok etdilar. Ushbu ko’rsatkichlar ham bevosita mashg`ulot samaradorligi oshirishda, tarbiyalanuvchilar jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda katta ahmiyat kasb etganligini aytib o’tish lozim.
Tajribalar jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan faqaatgina uslubiy yondashuv emas balki ular bilan tushuntirish ishlari ham olib borildi. Masalan, jismoniy mashqlarning foydali tomonlari, mashq qilish yo’llari, gigiena, tozalik, kun tartibi va boshqa shu kabi nazariy ma’lumotlar ham muntazam berib borildi. Ular doimiy rag’batlantirilib bahaolab borildi. Kamchiliklar va xatolar to’g’rilandi va tuzutildi.
Kuzatishlar va tajribalar 2 oy davomida tashkil qilindi. Tajribalarning so’nggi bosqichida tarbiyalanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik ko’rsatkichlari tekshirildi.
Tajriba so’ngida nazorat va tajriba guruhlarida jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichi (o’rtacha)
Do'stlaringiz bilan baham: |