O’zbekiston respublikasi oliy


Kichik va o‘rta guruh bolalariga tashkiliy uslubiy mashqlarni o‘rgatish



Download 337 Kb.
bet16/23
Sana31.12.2021
Hajmi337 Kb.
#252359
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Burxonova Diplom himoya

Kichik va o‘rta guruh bolalariga tashkiliy uslubiy mashqlarni o‘rgatish

Mazkur yoshdagi bolalar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlarini o‘tkazish vaqtida aniq topshiriqlar va taqlidiy harakatlar mayda buyum va o‘yinchoqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kichik guruhlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan foydalanadigan buyumlar soni shug‘ullanayotgan bolalarning soniga barobar bo‘lishi kerak, aks holda, biror bolaga bayroqcha yoki koptokcha yetmay qolsa, bola qattiq xafa bo‘ladi va mashg‘ulotga qiziqmay qo‘yadi, yoki jahli chiqib predmetni o‘rtog‘ini qo‘lidan tortib olishga urinadi.

Predmetlar bilan bajariladigan mashqlarning eng soddasi bayroqchalar yordamida bajariladigan mashqlardir. Xilmaxil va rang-barang bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar bolalarni o‘ziga jalb qiladi va ularga quvonch bag‘ishlaydi. Kichkintoylar bilan mashq o‘tkazish uchun sariq, yashil va ko‘k singari asosiy rangdagi bayroqchalardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bayroqchalardan tashqari shiqildoqlar, kichkina chambaraklar, kubiklar, o‘yinchoqlar, tayoqchalar bilan ham bajaradilar. Bu yoshdagi bolalarning o‘rtacha hajmdagi (18–20 sm) koptok bilan harakat qilishlari qulay bo‘ladi.

Koptok bilan bajariladigan mashg‘ulotlarning boshlanish qismida o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda bu mashqlardan keyin koptokni irg‘itish, ilib olish, yumalatish, nishonga tushurish mashqini tashkil etish qulay bo‘ladi va hokazo. Bunday hollarda mashg‘ulotning yakuniy qismida koptok bilan bajariladigan harakatli o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg‘ulotda birnecha mashqni qo‘shib o‘tkazilishi bolalar harakatini boyitadi, mashg‘ulotni o‘tkazish va tashkil etishni yengillashtiradi, uning zichligini oshiradi.

Bu yosh guruhda qo‘l, oyoq, gavda muskullarini mustahkamlovchi, buyumsiz bajariladigan mashqlar hajmi biroz ko‘paytiriladi. 114 Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarganda bolalar erkin va chuqur nafas olishlari, mashq harakatlarini to‘g‘ri nafas olish bilan qo‘shib olib borishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga qay vaqtda nafas olib, qachon nafas chiqarish qulay ekanligini aytib turadi. Masalan, oldinga engashish va undan keyin rostla- nish harakati bo‘lsa, u holda nafas chiqarish engashish vaqtida, nafas olish esa rostlanish, ya’ni bolaning ko‘krak qafasi ken- gaygan vaqtida amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir.

Bolalarga qachon to‘g‘ri nafas olib, qachon to‘g‘ri nafas chiqarish kerakligini yana bir marta mashg‘ulot jarayonida aniqlab olish uchun bolalarga ayrim tovushlarni va tovush turkumini talaffuz qilishni yoki “uf”, “uh”, “pastga” singari so‘zlarni aytish taklif qilinishi mumkin. Mashg‘ulotlarda ko‘pincha umumiy rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lgan mashqlar o‘tkaziladi. Bu mashqlarning har biri 4-6 martadan takrorlanadi. O‘rta guruhda 5-6 umumrivojlantiruvchi xususiyatga ega mashqlar tanlanadi, ularning har biri 4-6 martadan takrorlanadi.

O‘rta guruhda inventarsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar hajmi ortib boradi. Lekin, baribir bu mashqlarning kattagina qismi inventarlar bilan bajariladigan harakatlarga asoslangan bo‘ladi. Ilgari, sanab o‘tilgan jihozlardan tashqari, bunday mashqlarni bajarishda ko‘pgina kichkina koptoklar, arqonchalar, tayoqchalar, chambaraklar va ichi to‘ldirilgan to‘plar qo‘llaniladi. O‘rta guruhdagi bolalar zarur jihozlarni mutlaqo mustaqil ravishda olib keladilar. Har bir bola davradan chiqib shoshilmasdan chambarakni, koptokni va boshqa shunga o‘xshagan zarur narsalarni oladida, yana o‘z joyiga borib turadi.

Bunday vaqtlarda jihozlarni bir kichik jamoa bolalari, keyin esa ikkinchi kichik jamoa bolalari olishi qulaydir. Ikkinchi yarim yillikda jihozlarni tarqatish ishiga kichik jamoa boshliqlari ham jalb qilinadi. Mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin, bolalar kolonna bo‘lib saflanib turadilarda va buyumlar ni joyjoyiga qo‘yib o‘tadilar. 115 Tayoqlar va chambaraklar bilan bajariladigan mashqlar o‘rta guruhda asosan ikkinchi yarim yillikda, bolalar mustaqil saflanishni ancha bilib olganlaridan, hamda qo‘llarining asosiy holati va harakatini yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyin uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘tkaziladi.

Tayoq bilan bajariladigan mashqlar ichida eng ahamiyatlilari qo‘loyoqni yozish uchun uzatib, kerib qilinadigan harakatlar hisoblanadi. O‘rta guruhda polda yotgan tayoqlardan hatlab o‘tish va aylanib o‘tish mashqlaridan foydalanmaslik kerak. Yurish vaqtida bolalar chambarakni o‘ng yoki chap qo‘llarida osiltirib yoki yelkalariga osib ko‘taradilar. Chambarakni, shuningdek, bir qo‘llab yuqoriga ko‘targan holda olib yurish ham mumkin. O‘rta guruhda tarbiyachi bolalardan chambarak va tayoqning holatlari hamda harakat yo‘nalishlarida yuksak darajadagi aniqlikka erishishni talab qilmaydi.

O‘rta guruhda uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlar keng tarqalgan. Uzun arqoncha bilan bajariladigan mashqlarni o‘rgatish vaqtida tarbiyachi ko‘pincha og‘zaki izohlash va ko‘rsatma berib turish usulidan foydalanadi. Oddiy koptoklardan tashqari og‘irligi 1 kgdan ortiq bo‘lmagan to‘ldirma to‘plardan foydalanish ham mumkin. Bunday mashqlar turli muskul guruhlarini qamrab oladigan bo‘lishi lozim. O‘rta guruhda to‘ldirma to‘plarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, yumalatish tashish, gavdani turli tomonga engashtirish va burish tavsiya etiladi.

To‘ldirma to‘plarni bir-biriga irg‘itish, o‘ynash o‘rta guruhda qo‘llanilmaydi. Tarbiyachi bolalarning nafas olishini kuzatib boradi, nafasni to‘la chiqarish zarurligini eslatib, buni qay vaqtda amalga oshirilishini aytib turadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarni reja-konspektini tuzishda quyidagi talablarga amal qilish kerak: 1. Mashqlarni tanlashda bolalar yoshini, ruhiy xususiyatlarini hisobga olish kerak. 2. Mashqlarni tanlashda ko‘proq bolalarni qaddi-qomatini to‘g‘ri shakllanishiga qaratilgan mashqlar bo‘lishi kerak.


Download 337 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish