1.3. Tuman iqlimi va ichki suvlari Tuman iqlimining vujudga kelishida uning geografik o'rni va u bilan bog'liq quyosh radiatsiyasi;havo harakatlari, shamollar, relyef va yer yuzasining holati ta'sir etadi.
Baxmal hududining janubiy qismi tog'lar bilan o'ralganligi tufayli iliq tropik havo massalarining kirib kelishiga to'siq bo'ladi. Aksincha, shimoli-g'arbiy qismi ochiq bo'lganligidan, shimoldan, shimoli-g'arbdan esuvchi sovuq havo massalalari qishda ichkari tomon asta-sekin kirib keladi. Natijada bu havo massalari tog' oraliq botiqlarida, vodiylarida, tekisliklarda, uzoq muddat turib qoladi.
Baxmal hududining iqlimi kontinental iqlim bo'lib, yozi quruq va issiq, qishi u qadar sovuq bo'lmaydi. Havoning o‘rtacha ko‘p yillik harorati 12.8°C ni tashkil etadi. Yanvarning o'rtacha harorati -3.7° C ga teng bo‘lib, mutloq minimal harorat -14.8°C gacha pasayadi.
2-rasm. Jo’m-jo’m soy Eng issiq oy iyul oyi bo‘lib o‘rtacha oylik harorat 27° C, tog'li qismida 15°C. Mutloq maksimal harorat 42° C ga teng. Tuman adir va tog'lardan iborat bo'lganligi sababli, yoz oylarida boshqa hududlarga nisbatan ancha salqin bo'ladi. Havoning o‘rtacha yillik nisbiy namligi 46 % ga teng. Hududning o'rtacha yillik yog'in miqdori 300-700 mm ni tashkil etsa, tog'larning g'arbiy havo massalariga qaragan yonbag'irlarida 600-700 mm, uning teskari qismlarida va berk botiq hududlarida 250-354 mm ga yetadi. O'lka hududida yog'inning ko'p qismi bahor (41-48%) va qish oylariga (34-43%) va kam qismi yoz oylariga (2-5%) to'g'ri keladi.
Sovuqsiz kunlarning davomiyligi 188 kun davom etadi. Qor qoplami hosil bo‘lish vaqti 25-noyabrda. Qor qoplamining erishi 16-martga to‘g‘ri keladi.
Tumanda sharqiy, janubi-sharqiy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishdagi tog‘-vodiy shamollari hukmronlik qiladi.
Baxmal tumanida kuchsiz va o'rtacha (sekundiga 5 metr) shamollar shimoli-sharqiy yo‘nalishda esadi. Shamolning eng kichik tezligi 2.4 m/sek bo‘lib, janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy shamollarga tegishlidir. Eng yuqori tezligi esa 3.1 m/sek . Yil davomidagi o‘rtacha tezlik 2.7 m/sek ni tashkil etadi. Tog'li qismlarida esa shamolning o'rtacha tezligi 2-3.2 m/s ni tashkil etadi. Bir yilda kuchli shamollar bo‘ladigan kunlar miqdori 11 kunni tashkil etib, asosan qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi.
Tuman iqlimi nisbatan ko‘p miqdordagi yog‘inlar, qisqaroq issiq yoz va ancha davomiyli sovuq davr bilan tavsiflanadi.
“Sangzor” metostansiyasining ma’lumotlari bo‘yicha havoning o‘rtacha yillik harorati bu yerda 10.3° C ni , eng yuqori havo harorati 37°C, eng past harorat -22.6° C ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 443 mm ni tashkil etib, ko‘p qismi (394mm) asosan noyabr-may oylarida yog‘adi. Yoz, kuz oylarida juda kam miqdorda yog‘adi. Havoning o‘rtacha yillik nisbiy namligi 53 % ni tashkil etadi.
Kuzgi birinchi sovuq tushishi 29-sentabrga , bahorgi so‘ngi sovuq tushishi 13-aprelga to‘g‘ri keladi.qor qoplamining hosil bo‘lishi 1-noyabrga , qor qoplamining erishi esa 14-aprelga to‘g‘ri keladi.qor qoplamining o‘rtacha yillik qalinligi 33 sm ni tashkil etadi. Tuproqning muzlash qoplami unchalik qalin emas. O‘rtacha 21 sm ga yetadi.
Atmosfera yog‘inlarining miqdorining ko‘pligi, samarali haroratlar yig‘indisining 2000°C dan ortiqligi, unumdor tuproqlarning mavjudligi kabi bir qancha omillar boshoqli va poliz ekinlari yetishtirishga bog‘ va uzumzorlar bunyod etishga imkon beradi.
Baxmal tumani turli xil gidrografik sharoitga ega. Daryolari asosan Chumqor tog'ining shimoliy yonbag'irlaridan va Morguzar tog'larining janubiy yonbag'irlaridan boshlanadi. Tumanning o'rtacha yillik oqimi moduli hududning mutloq balandligiga, uning orografiyasiga va iqlimiga bog'liq.
Turkiston tizmasining shimoliy qismidagi daryolarning oqim miqdori har bir kv km maydondan 3.3 l/s dan 11.7 l/s gacha ortib boradi (A.Saidov, O.Hazratqulov 1974 yil). Tuman daryolari suv sathining ko'tarilishi asosan bahor oylariga to'g'ri keladi. Ba'zida jala yog'ishi, sellarning hosil bo'lishi daryolar suv sathining ko'tarilishiga sabab bo'ladi.
Sangzor daryosi Turkiston tog‘larining shimoliy yonbag‘iridagi Guralash dovoni yaqinida 3400 metr balandlikda buloqlardan boshlanadi. Bu daryoning umumiy uzunligi 123 km ni bo‘lib, daryo havzasining maydoni esa 2526 km kv. O‘rtacha bir oydagi suv sarfi 6,1 m3ni, eng ko’p suv sarfi esa 12.2 m3 tashkil etadi. Daryoning asosiy to‘yinish manbai qor bo‘lganligi sababli uning to‘lin suv davri yoz oylariga, eng kam suv davri esa qish oylariga (yanvar-fevral) to‘g‘ri keladi. Sangzor daryosi 2 ta to‘lin suv davriga ega. Daryoning suv sarfini tartibga solish, tejash maqsadida Jizzax shahri yaqanida Jizzax suv ombori qurilgan bo‘lib, uning suv sig‘imi 100 m3 ni tashkil etadi. Bundan tashqari vodiyda joylashgan kichik-kichik daryolar Morguzar va Nurota tog‘larining shimoliy qismidan boshlanadi va bahorda to‘lib oqib, yozda kamayib qoladi. Chumqortovning shimoliy yonbag‘ri Sangzor botig‘ining umumiy orografiyasi qulayligidan (botiqqa nam olib kelib keluvchi g‘arbiy havo massalariga ochiqligi) Jizzax viloyatidagi eng namlik oladigan rayon hisoblanadi. Hozirgi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash asosan yer osti suvlari hisobiga amalga oshadi. Vodiyda mineral tuzlarga to‘yingan, shifobaxsh buloqlar mavjud.4 Sangzor daryosining chap irmoqlaridan hisoblangan Guralash, Boyqo'ng'ir, Ko'kjar, Tangatopdi, Jo'm-jo'm, Baxmalsoy soylari qor va bahorgi yomg'ir suvlaridan to'yinadi. Daryolari ma'lum havzalarga quyilmasdan, tekislikkka chiqqach butunlay sug'orishga sarflanadi. Qayir qalinligi 30 metrdan ortiq bo‘lgan shag‘al toshlar bilan qoplangan. Suvi tiniq va chuchuk, qorlarning erish va sug‘orish davrida esa lyossimon jinslarning yuvilishi hisobiga juda loyqa.
Chumqortog’ning shimoliy yonbag‘ri Sangzor botig‘ining umumiy orografiyasi qulayligidan (botiqning g‘arbiy nam olib keluvchi g‘arbiy havo massalariga ochiqligi) Jizzax viloyatidagi eng ko‘p namlik oladigan rayon hisoblanadi. Namliklar asosan yog‘inlar olib keladi.Tog‘ yonbag‘irlaridagi yog‘inlar tog‘ etaklarida buloqlar ko‘rinishida sizib chiqadi. Ularning debiti katta bo‘lmasada sutka davomida oqib turishi sababli ko‘pgina jilg‘alarming to‘yinish manbai hisoblanadi. Shunga bog‘liq holda rayonning gidrografik to‘ri yaxshi rivojlangan.
Hozirgi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash asosan yer osti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda.Tuman hududida mineral tuzlarga to'yingan, shifobaxsh buloqlar mavjud.
Hududda shag‘allarning suv o‘tkazuvchanligi yuqori emas. Aniqlangan skvajinalarda 3.3 l/sek dan 9.0 l/sek gacha o‘zgaradi. Shag‘allar filtratsiyasi koeffitsentlarining kattaligi 25l/ sutkadan 60 l/sutkagacha tebranadi.
Suvi chuchuk 0.5 g/l gacha zich qoldiq kattalikda bo‘ladi. Suv tipi bo‘yicha gidrokorbonat-sulfat, kalsiyli-magniyli. Daryo vodiylari grunt suvlarining to‘yinishi yuqori va qisman o‘rta qismidatog‘lardan yer osti suvlari hisobiga, shuningdek daryo oqimi infiltratsiyasi hisobiga hosil bo‘ladi.
To‘rtlamchi davr prolyuvial qatlamlarining nam saqlaydigan kompleksi ichki tog‘ botiqlarida keng tarqalgan. Sangzor daryosi vodiysining daryoning shimolga keskin burilishidan janubi-sharqda joylashgan qismida yer osti suvlari o‘rta to‘rtlamchi davr shag‘allari va qumoqlariga to‘g‘ri keladi.
Sangzor daryosi yuqori qismlarida buloqlar sarfi 30-50 l/sek ga yetadi. Ularning suvi chuchuk 0.5 g/l gacha gidrokorbanatli-sulfat kalsiyli-magniyli. Karbonat qatlam yer osti suvlari Turkiston tizmasi va Morguzar tog‘larining unchalik katta bo‘lmagan hududlarida tarqalgan.
Suv saqlaydigan jinslar chuqur yoriqlar oltingugurtli tarqalgan ohaktosh va marmarlar hisoblanadi. Ular devorlarining ishqorda yuvilishi hisobiga kengaymoqda, bu suvning katta chuqurlikka yetib borishiga imkon beradi. Qumli slanetsli qatlamlarning yer osti suvlari rayonning tog‘ tizmalari doirasida deyarli barcha hududlarda tarqalgan. Suv saqlaydigan jinslar slanetslar, alohida vaziyatda qumoqlar hisoblanadi. Yoriqli zona odatda 40-60 m dan oshmaydi. Yer osti suvlarining yotish chuqurligi relyefning parchalanganlik holatiga bog‘liq. Yer osti suvlarining minerallashuvi 0.5 g/l gacha. Ularning tipi gidrokorbanatli-sulfat, kalsiyli-magniyli.
Tuman hududida Qorovultepa (36 mln m3) va Novqa (6 mln m3) suv omborlarining ishga tushirilishi bilan sug'orma dehqonchilik rivojlandi va xalq xo'jaligi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
1.4. Tuproqlari, o’simligi va hayvonot dunyosi Baxmal tumani Chumqor va Morguzar tizma tog‘lari yonbag‘irlarida va Sangzor vodiysida joylashgan. U balandlik belgilarining oshishiga bog‘liq holda o‘zgaradigan iqlimiy geomorfologik sharoit bilan bog‘liq tuproq qoplamining xilma-xilligi bilan xarekterlanadi.
Baxmal tumanining tupoqlarini yozishda Nomozov X.Q., Turdimetov Sh. M. O’zbekiston tuproqlari va ularning evolyutsiyasi.(:2016) kitobi ma’lumotlardan foydalandik.
Balandlik mintaqalarga muvofiq bu yerda tipik va to‘q tusli bo‘z, jigarrang va och qo‘ng‘ir tuproqlar ketma-ket o‘rin almashadi.
Sug‘orma zona Tuyatortar kanali vodiysida Zarafshon daryosining III qayir usti terrasasida joylashgan. Tuproq qoplami asosan sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladigan tipik bo‘z tuproqlardan iborat.
Tipik bo‘z tuproqlar tuproq hosil bo‘lish jarayonida qatnashmaydigan grunt suvlarining chuqurda yotishida rivojlanadi. Shu sababli tez eriydigan tuzlar va gips chuqur yuvilgan, karbonatliligi yuqori. Mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rtacha qumoq. Sug‘orma zonaning asosiy hududi sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladi. To‘yinish elementlari azot va fosfor. Faqat kalsiy bilan ta’minlangan. Shunga qaramay tipik bo‘z tuproqlar toifasiga kiradi, ya’ni sug‘orishda va o‘g‘it berilganda yuqori hosil beradi. Hosildorlikning yana bir muhim sharti almashlab ekishni joriy etish hisoblanadi.
Lalmi yaylov zonasi rayonning asosiy hududini egallaydi va tog‘ etaklaridagi nishablikdan baland tog‘largacha cho‘zilgan. Quyi mintaqalar tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar bilan , o‘rta tog‘lar va baland tog‘lar jigarrang va och qo‘ng‘ir tuproqlar bilan band.
Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 700-800 m balandlikdagi tog‘ etaklaridagi nishabliklarni egallaydi. Bu tuproqlarning asosiy maydoni fizik-kimyoviy sharoitlari kabi relief bo‘yicha kam qulay toifaga kiritiladi. Shu sababli lalmi dehqonchilikda foydalaniladi.
Mexanik tarkibiga ko‘ra gilli va qumoq lyossli qatlamlar bilan uchraydi. Tikroq yonbag‘irlar deyarli barcha qismi yuvilgan. Ularning unumdorligini tiklash uchun qoramol boqishni, hech bo‘lmaganda alohida uchastkalarda ma’lum bir davrlarda ta’qiqlash hamda serildiz o‘tlarni ekishni tavsiya etish zarur.
Toq tusli bo‘z tuproqlar tipik, tipik bo‘z tuproqlardan dengiz sathidan 800-1000 m balandlikdagi tog‘ oldi va past tog‘li o‘lkalarda tarqalgan. Ularning asosiy maydoni skletli va yemirilgan skletli tuproqlardan iborat. Lalmi yerlarda ishlov berishga yaroqli alohida tarqoq uchastkalar foydalaniladi.
Hududning katta qismi qo‘shimcha yaylov sifatida foydalaniladi. Bu yerda qoramol boqishni ta’qiqlash hamda chimli o‘tlarni ekish lozim. Bu nafaqat tuproqlar unumdorligini tiklaydi, balki yaylovlar mahsuldorligini ham oshiradi.
Jigarrang kam korbanatli tuproqlar dengiz sathidan 1000-1200 m balandlikda, o‘rtacha balandlikda tog‘larning quyi qismida tarqalgan.
Mexanik tarkibiga ko‘ra lyossimon va skletli qumoq qatlamlar qumoqlardan gilli qatlamlargacha o‘zgaradi. Bu tuproq hududining asosiy qismi eroziya jarayonlariga uchragan. Bu yerda muhim tadbir shuningdek tabiiy daraxt-buta o‘simliklarining qayta tiklash va qoramol boqishni taqiqlash yo‘li orqali eroziyaga qarshi kurashish mumkin.
Jigarrang tipik tuproqlar balandligi 1200-1800 m bo‘lgan o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning yuqori qismidagi archazor o‘rmonlar tagida joylashgan bo‘lib, bu yerda yog‘inlar miqdori pastki mintaqadagidan sezilarli oshadi. Bu bilan bog‘liq jigarrang tipik tuproqlar 40-60 sm chuqurlikda korbanatlardan yuvilgan. Mexanik tarkibiga ko‘ra gilli va qumoqli.
Pastda yotgan jinslar tog‘ jinslarining delyuvial va elyuviallaridan iborat.gumus miqdorining yuqoriligi bilan farq qiladi(4 % dan ortiq).
Baland tog‘ och qo‘ng‘ir o‘tloq-dasht tuproqlari dengiz sathidan 1800-2000 m bo‘lgan baland tog‘ mintaqasida kichik maydonlarni egallaydi. Barcha joylarda skletliligi va yuvilganligi bilan harakterlanadi.
Yog‘inlarning ko‘pligi noyob yer bag‘irlab o‘sadigan archa turlari bilan xilma-xil o‘tloq-dasht o‘simliklari rivojlanishiga imkon beradi.
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar bilan band sug‘orma zona yavvoyi o‘simliklarga boy. Ular orasida asosiy turlari qiyoq, g‘umoy, olabuta (sho‘ra), ituzum, yantoq hisoblanadi.
Lalmi-yaylov zonada 700-800 m balandlikdagi tog‘ oldilarida efemerlar va efemeroid o‘simlik qoplami mavjud. Ular orasida eng keng tarqalgani cho‘l qiyoqi, qo‘ng‘irbosh, qo‘ziquloq, prangos, iris hisoblanadi. Ko‘p yillik o‘tlardan kuzipiya, shuvoq o‘sadi.
Tog‘ oldining asosiy hududi lalmi yerlarda donli ekinlarda foydalaniladi. Yanada tikroq yonbag‘irlar skletli tuproqlarda qoramol boqishda foydalaniladi.
Dengiz sathidan 800-1000m balandlikdagi past tog‘larda efemer, efemeroid qoplam saqlangan holda bahorda ko‘p yillik o‘tlar tarkibi o‘zgaradi va boyib boradi. Ulardan eng keng tarqalgani poramis va flomus hisoblanadi.
Ortacha baland tog‘larning quyi qismida 1000-1200 m balandlikda o‘simlik qoplamida butalar bilan birga bo‘tako‘z, kovrak, qo‘ziquloq keng tarqalgan.
1200-1800 m balandlikdagi o‘rta tog‘larning yuqori qismlarida o‘simlik turlari orasida yorongul, g‘umay, archa daraxtlari tagida o‘rmon pireyi keng tarqalgan.
Baland tog‘larning o‘simlik qoplami yer bag‘irlab o‘suvchi archaning yagona turlari bo‘lgan tog‘lik kserofitlariga ega o‘tloq va dasht o‘simliklaridan iborat.
Tog‘ oldi lalmi rayoni uchun asosiy ekin sifatida bug‘doy va arpa qabul qilingan. Lalmiyerlarda g‘alla yetishtirish uchun eng yaxshi yerlar yuvilmagan yoki kam yuvilgan joylardagi tipik bo‘z tuproq mintaqasi hisoblanadi.
Ko‘p yillik daraxtzorlar hosildorligining eng yuqori ko‘rsatkichlari eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda Zarafshon daryosining qayir usti terrasalarida olingan.
Tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqli yonbag‘irlarda tokzorlar yaxshi hosil beradi, tog‘ning yonbag‘irlarida tokzorlar yaxshi hosil beradi, tog‘ning yonbag‘irlarida va tog‘ oldilarida issiqlikning kam miqdori bilan bog‘zorlar yuqori hosilga ega.
Umumiy xulosada issiqroq bo‘lgan tekislik va tog‘ oldining quyi qismlarida tokzorlarning kengtarqalishi bilan grunt suvlarning yanada yuqori sathini vujudga keltirishini tavsiya etiladi.
Baxmal tumani suv resurslariga uning daryolari, suvomborlari, kanal va ariqlardagi suvlar hamda yerosti suvlari kiradi. Tabiatda ichki suvlar geosistemalarning mustaqil komponentlaridan biri bo‘lib, ular hududning faqat iqlim xususiyatlariga emas, balki joining relief xususiyatlariga ham mos ravishda shakllanadi.
Tumandagi mavjud daryo va soylarning asosiy to‘yinish manbasi Chumqor va Morguzar tog‘lardagi qorlar, yomg‘ir va yer osti suvlaridir.
Hozirgi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash asosan yer osti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Tuman hududida mineral tuzlarga to‘yingan, shifobaxsh buloqlar mavjud.Ulardan O‘smatota, Novqaota, Malik Ajdar, Qizilsuv buloqlari mashhur. Hozirgi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash asosan yerosti suvlari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Tumanda suv resurslariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida Qorovultepa (36 mln metr kub) va Novqa (6 mln metr kub) suv omborlari qurildi. Bu suv omborlarning ishga tushirilishi sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishiga va xalq xo‘jaligining taraqiyotida bir muncha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda yer va suv resurslarining holati faqat iqtisodiyotga ta’sir etmasdan, u ekologik sharoitga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Yer resurslarining eng qimmatli qismi uning xosildorlik xususiyatiga ega bo‘lgan qismi tuproq qoplamidir. Tuproq boshqa tabiiy boylik bilan almashtirib bo‘lmaydigan noyob tabiiy resursidir. Inson qadimdan hozirgacha fan-texnikada erishgan ulkan muvaffaqiyatlarga qaramay, o‘zining yashashi uchun zarur bo‘lgan qariiyb hamma narsani tuproqdan oladi.
Baxmal tumani relief tuzilishiga mos ravishda, balandlik belgilarining oshishiga bog‘liq holda o‘zgaradigan iqlimiy geomorfologik sharoit bilan bog‘liq tuproq qoplamining xilma-xilligi bilan harakterlanadi.
Tumanda asosan balandlik mintaqalanishiga muvofiq tipik va to‘q tusli bo‘z, jigarrang va baland tog‘ och qong‘ir o‘tloq-dasht hamda tuproqlar tarqalgan.
Hududning asosiy qismi lalmi yerlardan (88.3%) iborat. Sug‘oriladigan yerlar esa bir muncha kamroq. Sug‘orma zona asosan tumanning Zarafshon vodiysiga tutash, Zarafshon daryosining III qayir usti terrasasida, Tuyatortar kanali vodiysida, Sangzor daryosining I, II terrasasida hamda quyi qismlarida joylashgan. Tuproq qoplami asosan sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladigan tipik, ya’ni oddiy bo‘z tuproqlardan iboratdir. Tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan zona hududning g‘arbida , dengiz sathidan uncha baland bo‘lmagan, ya’ni 800-1000 m balandliklarda uchraydi. Bu zona tahminan hududning 30 % qismini egallaydi. Unda chirindi miqdori 1.5-2.5% atrofida bo‘lib, sug‘orma zonalarida kortoshka, suvli bug‘doy, sabzavot mahsulotlari, poliz ekinlarini yetishtirilmoqda va bog‘dorchilik rivojlanmoqda. Lalmi hududlarida esa lalmi bug‘doy, arpa, maxsar, no‘xat, loviya, mosh va boshqa mahsulotlar yetishtirilmoqda.
Lalmi yaylovlar zonasi rayonning asosiy qismini egallaydi va tog‘ etaklardagi nishabliklardan baland tog‘largacha cho‘zilgan. quyi mintaqalar tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar bilan, o‘rta tog‘lar va baland tog‘lar jigarrang va och qo‘ng‘ir tuproqlar bilan band.
To‘q bo‘z tuproqlar zonasi Chumqor va Morguzar tog‘ etaklarida, hamda unga tutash bo‘lgan qir va adirlarda, vodiyning yuqori va o‘rta qismlarida tarqalgan. Bu mintaqa adir mintaqasining yuqori qismlarini, ya’ni dengiz sathidan 1000-1400 m oraliqdagi hududlarda uchraydi. Lalmi dehqonchilikning asosiy qismi ushbu to‘q tusli bo‘z tuproq zonasiga to‘g‘ri keladi. Tumandagi asosiy aholi punktlari ham shu tuproq zonasida. Masalan eng yirik aholi puktlaridan bo‘lgan O‘smat, Novqa, Mo‘g‘ol, Oqtosh va Baxmal shular jumlasidandir.
Tumanda eng katta hududni egallagan zona bu jigarrang tuproqlar zonasidir. Bu zona Chumqor va Morguzar tog‘larining yonbag‘irlarini to‘liq egallaydi. ular asosan dengiz sathidan 1400-2600 m bo‘lgan joylarda uchraydi. Uning tarqalish maydoni taxminan 50 % atrofida.
Baland tog‘ och qo‘ng‘ir o‘tloq-dasht tuproqlari hududning asosan janubiy-sharqiy, dengiz sathidan ancha baland bo‘lgan (2800 va undan baland) tog‘ yaylovlar mintaqasida tarqalgan. Bu tuproq tarqalgan joylar Chumqor tog‘larining eng baland qismlarida joylshganligi uchun tuproq uncha qalin emas, chunki skeletli delyuvial jinslar negizida vujudga kelgan, binobarin, tuproq mintaqa bo‘yicha yoppasoga tutashib joylashgan emas. Bu tuproq tarkibidagi gumus miqdori 5-7 %, gumus saqlovchi qatlam esa 30-60 sm. Och tusli qo‘ng‘ir o‘tloq-dasht tuproqlar tarqalgan mintaqaning ayrim qismi toshloqlardan , ochilib qolgan tub jinslardan, qurumlardan, doimiy qor va muzliklardan iborat. Bu zonada yog‘inlarning ko‘pligi noyob yer bag‘irlab o‘sadigan archa turlari bilan xilma-xil o‘tloq dasht o‘simlilkari rivojlanishga imkon beradi.
Baxmal tumanida o‘simlik resurslarining ahamiyati juda kattadir. O‘simlik qoplami balandlik mintaqalanishiga va xo‘kalik faoliyatining turiga mos xolda tarqalgan. Eng avvalo o‘simliklar nam saqlovchi , daryo suvini bir me’yorda saqlab turuvchi , tuproq eroziyasining oldini oluvchi, qumlarni mustahkamlovchi hamda havoni toza saqlab turuvchi muhim omil bo‘lishi bilan birga kishilarga dam olib , hordiq chiqarib , estetik zavq ham beradi.
Baxmal tumani o‘simliklari chorvachilikni rivojlantiruvchi yaylov va yem-xashak, oziq-ovqat manbai. Tuman o‘simliklarining 90% ga yaqini yem-xashak uchun yaroqli.
Tumanning adir balandlik mintaqasida o‘simliklar qalin o‘sib, hosildorligi gektariga 8-10 sentnergacha boradi. Bu mintaqa chorvachilik uchun yil bo‘yi yaylov hisoblanadi. Ayniqsa efemer, efemeroid, efemeroid-shuvoq, bug‘doyiq, taktak (yavvoyi arpa), chalov kabi baland bo‘yli o‘tlardan yil bo‘yi chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalanishdan tashqari pichan ham (gektariga 4-6 sentnergacha) tayyorlash mumkin. Baxmal tumanining tog‘ balandlik mintaqasidan yozgi va kuzgi yaylov sifatida hamda pichan tayyorlashda foydalaniladi. Chunki bu mintaqada bo‘yi 90-100 sm gacha bo‘lgan har xil o‘tlar qalin o‘sib, hosildorlik gektaridan 15-20 sentnergacha borishi mumkin. Ayniqsa bug‘doyiq, javdar, taktak (yavvoyi arpa), tariqbosh, chalov kabi o‘simliklar eng muhim yaylov va yem-xashak manbaidir. Lekin tog‘ mintaqasida relyefning noqulayligi tufayli o‘sha pichanzorlarni mexanizm yordamida o‘rib olishni ancha qiyinlashtiradi.
Baxmal hududining yaylov balandlik mintaqasi yaxshi yozgi yaylov hisoblanadi. Chunki relyefi baland bo‘lganligidan yozgi haroratning pastligiga, namgarchilikning yetarli bo‘lishi tufayli o‘simliklar yozda ham qurib, sarg‘ayib qolmay, ko‘m-ko‘k barra holda saqlanib turadi. Lekin yaylov mintaqasida o‘simliklarni tog‘ mintaqasiga nisbatan past va siyrak bo‘lganligidan hosildorligi gektariga 10-12 sentnerdan oshmaydi.
Baxmal tumani yavvoyi o‘simliklari yana oziq-ovqat manbai, dori-darmon tayyorlashda, har-xil bo‘yoqlar olishda ham juda katta ahamiyatga ega.