O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Baxmal tumani geologik tuzilishi va relyefi



Download 237,15 Kb.
bet4/11
Sana03.05.2023
Hajmi237,15 Kb.
#934380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5357568554654770620

1.2. Baxmal tumani geologik tuzilishi va relyefi
Baxmal tumanining tabiiy sharoitini yoritishda Baratov P. ning “Ozbekiston tabiiy geografiyasi” (1996), Ҳасанов И.А., Ғуломов П.Н. Ўзбекистон табиий географияси (1-qism, 2006.), Ҳасанов И.А., Ғуломов П.Н. Ўзбекистон табиий географияси (2-qism, 2006.). kitobidagi ma’lumotlarga tayandik. Tuman relefi ham o'ziga xosdir. Tumanning katta qismini Turkiston tog' tizmasi, tog' yonbag'irlari va tog' oldi qirlari egallaydi. Turkiston tizmasi Hisor-Oloy tog' sistemasiga kirib, Sirdaryo va Zarafshon daryolari oralig'idagi suv ayirg'ich hisoblanadi. Turkiston tog’ tizmasi Mastchoh tog’ tuguni yaqinida Oloy tizmasidan ajralib chiqadi va kenglik bo’ylab 350 km ga cho’ziladi. eni 60 km dan ziyod, balandligi esa 3600-4000 m. Ba’zi yerlarda 5580 metrgacha yetadi (Piramida cho’qqisi). Lekin bunday balandliklar tuman hududiga to’g’ri kelmaydi. Turkiston tizmasining Mastchoh tog’ tugunidan Shahriston davonigacha bo’lgan qismining relyef shakllari alp tipida bo’lib, cho’qqilari qoyali, qirrali, balandligi esa 5000 mtrdan ham baland. Lekin tizmaning Shahriston (3351m) davonidan g’arbda bo’lgan qismi ancha past, alp turli relyef shakllari juda kam uchraydi.3
Turkiston tizmasi Shahriston davonidan g’arbda Sangzor daryosi vodiysining yuqori oqimi ikkiga ajratib turadi. Sangzor vodiysining janubiy qismidagi tog’ Chumqortog’ deb, shimoldagisi Morguzar (Molguzar) deb ataladi. Morguzar (Molguzar) tog’i Temurlang darvozasi yoki Ilono’tdi darasi orqali Nurota Tizmasidan ajralib turadi
Uning geologik o'tmishi paleozoy erasiga borib taqaladi. U gersin tog' burmalanishida ko'tarilib keyinchalik yemirilgan va uchlamchi davrda qayta ko'tarilib, hozirgi qiyofaga kelgan. Uning davomi hisoblangan Morguzar tog'i Chumqor tog'idan shimoli-g'arbga yo'nalgan bo'lib, o'rtacha balandligi 1500-2000 metr, eng baland cho'qqisi esa 2621 metrga etadi.
Morguzar tog‘ining tuman hududiga tegishli janubi-g‘arbiy yonbag‘ri Sangzor daryo vodiysiga tik tushgan. Gersin burmalanishida hosil bo‘lgan. Tog‘ning relyef xususiyati ularni tashkil qilgan jinslarning litologik tarkibiga qarab turlicha shakllarga ega. Bu yonbag’ir kuchli parchalangan qoyali nayzasimon cho‘qqilar ko‘pincha chuqur daralar, platosimon yuzalar va keng tog‘ bellari bilan almashinib keladi.



1-rasm. Boyqo’ng’irsoy

Chumqortog’ Turkiston tizmasining bevosita g’arbiy davomi hisoblanib, uzunligi 70 km, ba’zi cho’qqilari 3000 m dan baland. . O‘lkaga tegishli bo‘lgan eng baland joyi Bozorxonim cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 3405 m ga teng. Chumqor tog‘ining shimoliy etagida O‘smat shaharchasi joylashgan. Uning dengiz sathidan balandligi 1000-1200 metrni tashkil qiladi. U Sangzor va Zarafshon daryolari orasida suvayirg‘ich hisoblanib, shimoliy qismigina tuman hududiga qaraydi.Chumqortog’i Qo’shtepa davoni yaqinida janubi-g’arbga burilib pasayib boradi va Lattaband (2035m) davoniga yetgach, ikki qismga ajraladi: janubiy qism Qizilqanoq tog’i deb ataladi (o’rtacha balandligi 1000 m), butunlay Tojikiston hududida joylashgan; shimoliy qismi esa Lattaband tog’i deyiladi. U Qizilqanor tog’idan balnd (2200m). Chumqortog’ g’arbda Mo’g’ul qishlog’i yaqinida tugap, so’ngra tepaliklarga aylanib ketadi. Bu tepalikning balandligi 700-800 m bo’lib, bir-biridan soylar bilan ajralib turadi.


Morguzar (Molguzar) tog’i Ilono’tdi (Temurlang) darvozasida Sangzor daryosig qoyali, yalang’och tik yonbag’irlar hosil qilib tushadi. Bu yerda vodiyning kengligi 120-130 m.
Morguzar bilan Chumqor tog‘lari orasidagi tektonik botiqda Sangzor vodiysi hosil bo‘lgan. Bu vodiydan dastlab sharqdan g‘arbga va shimoli-g‘arbga Sangzor daryosi oqadi. Vodiyning yuqori qismi tor. U Balx qishlog’i yaqinida ancha kengayib, tekislik xarakteriga ega bo’ladi, so’ngra shimolga qarab burilib torayadi va Temurlang darvozasini hosil qiladi. Vodiy Temurlang darvozasidan o’tgach asta sekin kengayadi va Jizzax vohasiga qo’shilib ketadi. Vodiyning kengligi g‘arbida 17 km ni, sharqida esa torayib 5-6 km ni, mutloq balandligi g‘arbida 500-600 m ni, sharqda 1700-2300m ni tashkil etadi. Sangzor vodiysining tog‘ yonbag‘irlarida o‘rta pleytotsenning to‘lqinsimon va tepali allyuvial-prolyuvial tekisliklardan iborat. Sangzor daryo havzasidagi golotsen yoshidagi tekisliklarda daryo, poyma va terrasalari va konuslardan iborat.
Baxmal tumani Sangzor vodiysida joylashganligi, hamda ikki tomondan Turkiston tog' tizmasining davomi hisoblangan Chumqor va Morguzar tog'lari o'rab turganligi sababli geologik tuzilishi jihatidan juda murakkab o'lka. Buning murakkabligi shundaki, hudud poleofatsiya holatining kichik masofada turli-tumanligi bo'lib, u butun geologik rivojlanish tarixi mobaynida shaklangan. Chumqor tog'ining shimoliy yonbag'ri geologik qatlamlari geosinklinal yoriqlarga to'g'ri keladi va u Turkiston tizmasining boshqa qismlariga nisbatan harakatchanligi bilan ajralib turadi. Uning hududini paleozoy erasida hamda to'rtlamchi davrda hosil bo'lgan cho'kindi, magmatik va metamorfik tog' jinslari qatlami qoplab yotadi.
Baxmal tumani hududidagi to'rtlamchi davr yotqiziqlarini 4 ta kompleksga So'x, Toshkent, Mirzacho'l, Sirdaryo komplekslariga ajratish mumkin.

Download 237,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish