2.1 8-rasm Avstraliya bobab daraxti mevasi
Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi yaqin ekanligini aniqlash lozim bo‘ladi.O‘simliklar olamini kelib chiqishi to‘g‘risida fikr yuritganda, shuni inobatga olish lozimki, qandaydir «a» guruhiga taalluqli o‘simliklar “b” guruhidan kelib chiqishini hozirgi zamonda “a” to‘g‘ridan to‘g‘ri «b» guruhidan emas, balki ularning har ikkalasi uchun umumiy bo‘lgan ilk ajdodlaridan kelib chiqqan deb qaraladi Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi kelib chiqishini aniqlashdagi yana bir muhim masala, ularning monofiletik kelib chiqishi masalasidir. Agar Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasi monofiletik yo‘l bilan kelib chiqqan bo‘lsa, ular ochiq urug‘li o‘simliklarning qandaydir bir guruhidan paydo bo‘lgan.Bordiyu, agar gulli o‘simliklar polifiletik yo‘l bilan kelib chiqqan bo‘lsa, ularning ilk ajdodlari bir emas, bir nechta guruxdan iborat bo‘lib, har qaysisi mustaqil taraqqiy etgan.
2.1 9-rasm. Amerika bobab daraxti
2.2. Baobabdoshlar-Bombacaceae oilasining o’zi xos vakillariga tavsif
Baobabdoshlar oilasi – Bombacaceae
Oilaning 140 turi yer yuzining tropik o`lkalari, Afrika va Amerikaning seryomg`ir tropik o`rmonlarida keng tarqalgan. Gul tuzilishiga ko`ra, gulxayridoshlar oilasiga yaqin ya’ni gul kosa va toj barglari erkin xolda joylashgan, tutash emas. Changchilari odatda, ikki qator doira shaklida joylashgan. Tashqi doirada joylashgan changchilar, ko`pincha, rivojlanmagan. Ichki doiradagi changchilar chang iplarini shoxlanishi natijasida ko`p sonli. Chang iplari birlashib dasta, to`da yoki naychaga aylangan, bu nayni urug`chi o`rab turadi. Lekin gultoj barglari tuklar bilan qoplangan, changchilari silliq, kauliflariya to`g`ridan-to`g`ri tanasidan gul va meva hosil qilish xususiyatiga ega. Mevasi – ko`sakcha.
2.2 1-rasm afrika bobab daaxti mevasi
Baobab daraxtining maymun daraxti deb ham yuritiladi – Adansonia digitata balandligi 10 metrgacha bo`lgan daraxt bo`lib yo`g`onligi (diametri) ham 10 metrdan ortiq bo`ladigan, 5000 yilga qadar umr ko`radigan o`simlik. Barglari naychasimon bo`lingan, guli oq, kechasi ochiladi, badbo`y, mevasi bodringga o`xshash, o`zagi shirali, iste`mol qilish uchun yaroqli. Poyasi va ayniqsa, po`stlog`i qog`oz sanoatida ishlatiladi. Qurg`oqchilik paytlarida barglari to`kiladi. Baobab Afrika savannalarining o`ziga xos mahalliy muhitini o`zida to`liq aks ettiradigan o`simliklardan hisoblanadi.
Oilaning poyasi turpsimon, tarkibida, ko`p miqdorda suv saqlaydi. Bu uni yilning qurg`oqchilik davridagi suvsizlikdan asraydi. Savanillecia arborea deb ataladigan turpning vatani Janubiy Amerika. Oilaning jun daraxti Bomba va Ceiba deb ataladigan, tropik Amerikada tarqalgan turlari Duria zibetninus deb ataladigan, (mevasining kattaligi xandalakka teng) qimmatbaxo rezavor meva, Hindiston va Janubiy sharqiy Osiyoda keng tarqalgan turlari ham ma`lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |