O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
_________________________________________ UNIVERSITETI
_____________________________________________ FAKULTETI
____________________________________GURUH TALABASI
_________________________________________NING
REFERATI
MAVZU: Betonlar. ularning tasniflanishi va xossalari. Yengil betonlar
ILMIY RAHBAR: _____________
_________________-2023
R E J A
KIRISH
ASOSIY XISM
1.XVII – XVIII asrlarda yevropa san’ati.
2.XVII-XVIII asrlarda italiya san’ati.
3. XVII asrda rangtasvirda borokko uslubida rivojlanishi
XULOSA
KIRISH
Ilm-fan taraqqiyoti, jug‘rofiy kashfiyotlar, yangi qit’alar, dengiz yo‘llari xalqlarning o‘zaro aloqasi jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Jahon xalqlarining ijtimoiy hayoti faollashdi. Yevropa mamlakatlarida taraqqiyot birmuncha tezlashdi. Ular ko‘pgina o‘lkalarni bosib olib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Gollandiya va boshqa Yevropa mamlakatlari uchun arzon xomashyo, ishchi kuchi va yangi bozorlar ochilib, ular tez rivojlana boshladi. Bu davrda Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya qit’alarida ham qator ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, Sharq mamlakatlarida an’anaviy san’at va madaniyat turlari bilan bir qatorda, san’atning yangi tur va janrlari yuzaga keldi. Amaliy bezak san’atiga yangi davr texnologiyasi joriy qilina boshladi. G‘arb va Sharq san’ati an’analari uyg‘unligida yangi san’at yo‘nalishlari shakllandi.
Jahon ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ro‘y bergan bu o‘zgarishlarda Yevropa muhim o‘rin tutadi. Chunki Sharq va G‘arbning san’at sohasidagi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan Yevropa qit’asida feodal jamiyati qoloqligiga, ijtimoiy hayotda dinning hukmron bo‘lib qolishiga qarshi chiqish boshlandi. Bu esa yangi munosabatlarning shakllanishiga zamin yaratdi. Xususan, Niderlandiya va Angliya bo‘lib o‘tgan xalq g‘alayonlari O‘rta asr tartibi va diniy cherkov hukmronligiga zarba berdi. Gollandiya Yevropada namunali kapitalistik davlat tarzida rivojlana boshladi. Lekin feodalizm Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida o‘z hukmronligini saqlab qolaveradi. Jumladan, Fransiya va Ispaniyada markazlashgan absoyut monarxiyalar vujudga keldi. Italiya va germaniyada feodal tarqoqlik hukm surdi. Xalq absolyut monarxiya zulmiga norozolik bildirib, bosh ko‘tardi. Ilg‘or ziyolilar, ma’rifatparvarlar bu qarashlarni qo‘llab-quvvatladilar. Ular feodalizm qoloqligini qoraladilar, fikr erkinligi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarga qarshi chiqdilar. Italiya, Fransiya, Ispaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida eski tuzumga qarshi noroziliklar, xalq g‘alayonlari kuchaydi. Bu XVIII asr oxiriga kelib, feodalizmning uzil-kechil inqiroziga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy munosabatlar o‘zgardi, uning yangi shakllari yuzaga kela boshladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kurashning kuchayishi san’at va madaniyatning ijtimoiy hayotda mavqeini oshirdi. Dvoryanlar va cherkov san’at va madaniyatni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirishga harakat qildilar. Lekin jamiyat taraqqiyotini orqaga burish mumkin emas edi. Ziddiyat yanada keskinlashb bordi. shular zamirida san’atning mafkuraviy kurashdagi roli ortib, uning uslubiy rang-barangligi kengayib bordi.
XVII-XVIII asr Yevropada kapitalistik munosabatlarning avj olishi va feodalizmdan kapitalizmga o‘tish jarayonining tugashida so‘nggi bosqich bo‘ldi. Ijtimoiy hayotdagi bu o‘zgarishlar bevosita san’at taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Fan, san’at va madaniyat gurkirab o‘sa boshladi. San’atda real hayotni tasvirlash rivojlandi. Ozodlik g‘oyalari, shakllanib kelayotgan burjua parokandaligini, feodalizm kirdikorlarini ochib tashlash bu davrda ko‘pgina san’atkorlar asarlarining G‘oyaviy mazmunini belgiladi. San’at majmuasining kengayishi uning yangi tur va janrlarini maydonga keltirdi. Portret, natyurmort, manzara, maishiy janr ko‘p san’atkorlarni o‘ziga torta boshladi. Haykaltaroshlikning yangi ifoda vositalarini izlab topdilar, gravyura san’ati shakllandi. Sotsial kuchlarning o‘zaro kurashining rivojlanishi esa san’atda turli g‘oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san’at asarlarida hayot mohiyati kurash harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug‘ soyalar o‘ta keskin formada olingan bo‘lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida, flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o‘ziga xos tomoni namoyon bo‘lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug‘vor. Uning namoyandalari uyg‘onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg‘onish davri an’analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |