O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Alisher Navoiy ijodi milliy ma’naviyatimiz qomusi



Download 0,73 Mb.
bet9/10
Sana16.12.2022
Hajmi0,73 Mb.
#888533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson hayotining ma’nosi. Inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati.

Alisher Navoiy ijodi milliy ma’naviyatimiz qomusi


sifatida.

O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri - bu Alisher Navoiy bobomizdir. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.


Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.43
XIV asr 70-yillaridan mintaqa siyosiy hayotida mo‘g‘ullar hukmronligi tugab, Temuriylar davri boshlandi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tanazzulga yuz tutgan va parchalangan Chig‘atoy ulusining o‘rnida islom mintaqasining qalb qismini o‘z hududiga birlashtirgan ulug‘ saltanatni vujudga keltirdi. G‘arbda Iroq va Suriya yerlari, Eron, Afg‘oniston va Markaziy Osiyo o‘lkalarini deyarli to‘liq qamrab olgan bu mamlakat islom mintaqa xalqlarining yagona siyosiy hududga oxirgi marta birlashuvi bo‘lib, Temur mintaqa miqyosida nufuzga ega bo‘lgan oxirgi davlat boshlig‘i edi. Uning davlatni boshqarish va ulus osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari islom mintaqa madaniyati davlatchilik sohasidagi yutuqlarining yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.
Bu davr mintaqa adabiy hayotida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Nizomiy va Amir Xusravlar turkiy elat vakili bo‘la turib, fors tilida ijod qilgan bo‘lsalar, endi turkiy she’riyat butun mintaqa hududida rivoj ola boshladi. Sherozda Hofiz Xorazmiy shuhrat qozondi. Hirot, Samarqand,


43 Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T-2008. 42b.
Buxoro, Tabriz, Xo‘jand shaharlari, Iroq, Kichik Osiyo, Misr, Volgabo‘yi, Farg‘ona, Xorazm o‘lkalarida turkiy tilda ijod qiluvchilar yetishib chiqa boshlashdi.
Jami XV asrda o‘tgan 50 ga yaqin turkiy she’riyat namoyandalari Navoiy asarlarida tilga olinadi va she’rlaridan namunalar beriladi. Ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro bu sohada alohida xizmat ko‘rsatdi. Alisher Navoiyning barakali ijodiy faoliyatida ushbu ulug‘ turkiy she’riyat vakili hamda homiysining ko‘magi va daldasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrda Qutb va Haydar Xorazmiylarning «Xamsa» an’analarini turkiy she’riyatga yoyish harakatlari, Sa’diy «Gulistoni», Attorning
«Ilohiynoma» (Sayid Qosimiy) va «Mantiq ut-tayr» (Gulshahriy) asarlarining tarjima va tatabbulari, Nasimiyning yuksak irfoniy she’riyati, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiylarning devonlari, Xorazmiy, Xo‘jandiy, Amiriy va Sayid Ahmad «Ishqnoma»lari (Muhabbatnoma»,
«Latofatnoma», «Taashshuqnoma», «Dahnoma»), Amiriy va Yaqiniylarning ramziy munozaralari va boshqalar turkiy mumtoz she’riyatni mintaqa adabiyotining yuksak pog‘onalariga ko‘targan edi. Bu davrda Qur’onning qator turkiy tafsirlari, turkiy tilda payg‘ambarlar qissaci, axloqiy va tarixiy risolalar, adabiyotshunoslikka oid asarlar yaratilgan edi.44
Alisher Navoiy to oxirgi asari bo‘lmish «Mahbub ul-qulub» yozilgunga qadar o‘zi ham «majoziy ishq» deb ishlatib kelgan hodisani umri nihoyasida mohiyatan alohida ikki turga farqlab, birini «avom ishqi» va ikkinchisini
«xavos ishqi» deb nomladi. Shu bilan Farhod va Shirin, Layli va Majnun kabi boshdan-oyoq pok tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan «alohida fazilat egalariga xos ishq»ning ko‘pchilik odatda ko‘zda tutadigan yigit-qiz orasidagi oddiy
«oshiq-ma’shuq»likdan ham, Oliy haqiqatning mutlaq jamoliga oshufta tasavvuf ahli intilishlaridan ham butunlay farq qiluvchi mumtoz bir tuyg‘u, alohida holat ekanligini maxsus ta’kid etishga erishdi. Suqrot tilidan «haqiqiy ishq» yo‘lida bir vosita sifatida ta’rif etilgan
«majoziy ishq» aslida Navoiy badiiyat olamida mustaqil hodisa sifatida o‘zligini namoyon etdi. Bu hodisaning mohiyati shunda ediki, unda insonning Oliy haqiqatga, Haqqa, Borliqning mohiyatiga munosabati uning o‘zga insonlarga, atrof-voqelik, mavjud jamiyatga munosabati bilan uyg‘unlik hosil qilardi. Badiiy ijod mazmunidagi mana shu teranlikka erishish yo‘li
«majoz tariqi» deb nom oldi.


44 M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova «Ma’naviyatshunoslik» (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent – 2012
“Avom” – 1) omi odamlar, Alisher Navoiy nazdida ijtimoiy kelib chiqishi, boyligi va amalidan qat’i nazar, o‘zligini anglab yetmagan, ma’naviy saviyasi past bo‘lgan insonlar, agar kimki o‘zligini anglab yetmagan bo‘lsa, o‘zini yeb-ichib, “kayfi safo qilib” yurishdan ortiqqa arzitmasa - hanuz u haqiqiy shaxs maqomiga ko‘tarilmagan, oddiy bir “xudoning mahluqi” darajasi qolib ketgan, bunday insonlarning jamlan-masi esa “xalq” emas, “olomon” atalishga loyiq bo‘ladi. 2) keyingi davrlarda yuqori tabaqa vakillari orasida “qora xalq”, past tabaqa vakillari ma’nosida ishlatila boshlagan.
“Xavos” – 1) xos kishilar, Alisher Navoiy nazdida o‘zligini anglab yetgan, ya’ni, o‘zining Borliq haqiqatiga nisbatini to‘g‘ri anglab yetib, shunga yarasha hayotiy mezonlarini belgilab olgan, o‘z insonlik burchini teran idrok etib, shunga yarasha amal qiluvchi yuksak ma’naviyatli ogoh shaxslar, 2) XIX – XX asrlarga kelib, oddiy xalq tushunchasida yuqori tabaqa vakillari, beklar, aslzodalar, “zodagonlar” ma’nosida ishlatila boshlagan.45
Ishqni ijtimoiy munosabatlar asosida ko‘rishni orzu qilgan shoir odamiylikni o‘zgalar g‘amini o‘zinikidek bilishda deb tushunadi:

Odami ersang demagil odami - Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.


Bu mashhur bayt «Hayratul abror» dostonining 13-maqolatidan bo‘lib, bu bob to‘lig‘icha insonlarni «nafrason», ya’ni o‘zgalarga, xalqqa foydasi tegadigan shaxs bo‘lishga da’vat etadi. Alisher Navoiy insonning bu dunyoda yashashdan asl maqsadi o‘zga insonlarga, el- yurtga foydasi, nafi tegishda deb biladi. «Majoz tariqi» bosqichi islom mintaqa ma’naviyati takomilining eng oliy pog‘onasi bo‘lib, Tavhid ta’limotining eng mukammal talqini deb, qarash mumkin.


Alisher Navoiy ijodida o‘zining eng mukammal ifodasini topgan o‘ziga xos dunyoqarash, tafakkur tarzining mohiyati, asl o‘zagidir. Bu bosqich yagona islom mintaqa ma’naviyati takomilining qonuniy yakuni bo‘lib, turkiy tilda, o‘zbek mumtoz adabiyotining bobokoloni ijodida avj nuqtaga erishdi. Bu dunyoqarashni butun ichki murakkabligi, ko‘lami va teranligi bilan o‘sha davr sharoitida faqat badiiy adabiyotda, badiiy timsollar tili bilangina ifodalash mumkin edi. Zero, «majoz» tushunchasi o‘zi badiiy adabiyot tilining asosiy xususiyatiga oiddir.


45 M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova MA’NAVIYaTShUNOSLIK (Teoriya i istoriya natsionalnoy duxovnosti) Toshkent – 2012. 327-328b.

Xulosa


Inson uchun eng kadrli narsa nima? Hayot, chunki bizning barcha kuvonchlarimiz, bizning butun baxtimiz, bizning jamiki umidlarimiz fakat hayot bilan boglik.(N.G.Chernishevskiy)46


Hayotning ma’nosi deb ongli insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadi, uning umri, hayot faoliyatining umumiy yunalishini anglatuvchi jarayonlarga aytiladi. Hayotning ma’nosi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, hayotda ko‘zlagan manfaati va belgilagan vazifalarida namoyon bo‘ladi. Inson hayotining ma’nosi — bu uning hayotining butun bosh yulidirki, kishining konkret maqsadlari ana shunga bog‘lik bo‘ladi, Inson faqat yeb-ichish, zurriyot qoldirish tirik emas, mehnat qilish, jamiyatda yashash, o‘zidan boshqa kishilar bilan ijtimoiy munosabatda bo‘lish jarayonida u inson sifatida shakllanadi, o‘sib-unadi, talant va iste’dodlarini namoyon qiladi. Rus shoiri A. Blok: “Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kalta fahmlikdan qutulgan bo‘ladi”, — degan edi. Demak, inson hayotining ma’nosi dunyoga kelib, unib-o‘sib, oila ko‘rib, farzandlarni tarbiyalab, o‘zi, oilasi, Vatani, millati, jamiyati uchun ijodiy mehnat qilib, o‘z umrini farovon, go‘zal, qiziqarli, maqsadga muvofiq qilib o‘tkazishdan iborat. Binobarin, hayotning ma’nosi yeyish, ichish, kiyinish, lazzatlanishdan iborat bo‘lmay, balki bularga erishishlik uchun yashash, mehnat qilish, ijod qilishdan iborat. Hayotning mazmuni inson hayotining qanday kechganligini ifodalaydi. Inson hayotining mazmuni deganda insonning jamiyat hayotidagi o‘z o‘rni va ahamiyatini belgilovchi butun faoliyati (avvalgi, hozirgi va kelajakdagi) asosiy mazmun anglash darajasi hamda uning namoyon bo‘lish darajasi tushuniladi.
Inson hayotini jirkanch yunalishga solib yuborishning yuli kup, ammo eng ashaddiysi–insonni fakat uzini uylash, uz shaxsiga siginish, uzida ma’naviyatning xar kanday tulkinini barbod etish va uzining sirli xayotini korin gamida yurilgan barcha vakt davomida benaf bir kun utkazish darajasiga tushurib kuyilganiga uni majburan kundirishdan iboratdir (M.E.Saltikov).47 Ma’naviyat insonni inson darajasiga kutaradigan asoslarning asosidir. Ma’naviyat insonga insoniylik mazmun-moxiyatini beradi, uni akli raso, tafakkuri kuchli, akl-idroki utkir, xar bir ishni oldindan uylab, rejalashtirib, okibatini oldindan bilib, sezib amalga oshiradiganmavjudotga, Alloxning eng kudratli bandasiga aylanishiga, chuksiz olkishlaru ofarinlarga sazovor bulishiga sabab buladi. Ma’naviyat-
bu insonga xos fazilatdir.
Inson ma’naviyat bilan tirik. Insщn suvsiz, xavosiz yashay olmaganidek, ma’naviyatsiz, madaniy-ma’naviy bщyliklarsiz xam kun kura olmaydi.
Ma’naviyat insonga mщxiyatgina emas, balki muayyan maksad, kelajakka ishonch bilan borish uchun katta umid, kuch-kudrat xam baxsh etadi. Inson akli, goya, kobiliyat, iste’dod sifatida shakllangan ma’naviyat yotadi.
Biz odatda ma’naviyat haqida, uning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida ko‘p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hollarda ko‘pchilik ma’naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq va lo‘nda javob berishga qiynaladi.
Insoniyatni shu kungacha bosib utgan murakkab rivojlanish yuli ezgu maksadlarga fakat uzluksiz ma’naviy tarbiya yuli bilan erishish mumkinligini isbotlab kelgan.
Zero, ma’naviyat–inson xayotining asosi, irodani bakuvvat kiladigan va vijdonini uygotadigan bekiyos kuch, barcha dunyokarashlariningmezonidir.48
Avvalambor, hozirgi vaqtda ma’naviyat masalasi naqadar o‘tkir va hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini aksariyat ko‘pchiligimiz hali ham chuqur tushunib yetganimiz yo‘q. Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi: ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotamiz. Ma’naviyatni yuksaltirsak, o‘z murod-maqsadimizga yetishda kuchli madad topamiz. Hozirgi kunda g‘oyaviy muxoliflarimiz, ma’naviyatimizga qarshi kuchlar aholimizga, ayniqsa yoshlarimizga nisbatan axborot xurujlari uyushtirishga, "ommaviy
madaniyat" shaklidagi puxta niqoblangan tahdid va ta’sirlar o‘tkazishga urinmoqda.
«Er yuzida kancha inson, kancha takdir bulsa xar birining uz ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun xam uzligini, insoniy kadr-kimmatani anglab yetadigan xar kanday odam bu xakda uylamasdan yashashini tasavvur kilish kilish kiyin»-deb, yozadi prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida.
Zero, ma’naviyat – inson xayotining asosi, irodani bakuvvat kiladigan, vijdonini uygatadigan bekiys kuch dedik, vijdoni uygok bulib yashamas ekan, unda inson xayotining kanday ma’nosi koladi???



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish