O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim


O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiyalar



Download 1 Mb.
bet7/10
Sana05.06.2023
Hajmi1 Mb.
#948845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Invеstisiya КОСИМЖОНОВ КАМОЛИДДИН

4. O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan investitsiyalar
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, kafolat va imtiyozlarni oʻzida aks ettiruvchi bir qancha meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning oʻzi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib oʻrinlarni egallash uchun yangi zamonaviy gʻoyalarni oʻylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilgʻor xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oʻtgan va joriy yilga berilgan nomlar ham aynan ivestitsiya muhitini rivojlantirish bilan bogʻliq ekanligi fikrimizni isbotlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlis deputatlariga yoʻllagan murojaatnomasida ushbu masalaga alohida urgʻu berildi. Jumladan, oʻtgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan olib borilgan hamkorlik natijalariga koʻra, mamlakatimizda investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etgani, shuningdek, chet el investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarni tashkil etuvchi 456 ta loyiha amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Prezidentimiz ushbu koʻrsatkichlarga ahamiyat qaratar ekan, keng miqyosli investitsiyalar yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil boʻlishini alohida taʼkidlab, shunday dedi: “Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya — bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi”.
Haqiqatan ham, iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etishga erishish koʻplab sohalar, tarmoqlar hamda hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi va tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga ulkan poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz rahbarining murojaatnomasida “Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur”, degan gʻoya ilgari surildi.
Demak, tegishli xavf-xatarlarni baholash hamda ularni bartaraf etish asosida chet el investitsiyalari kirib kelishiga qulayliklar yaratish bugunning dolzarb masalasidir. Chunki xorijlik investorlar mamlakatning investitsiya muhiti, uning xavfsizligi, siyosiy, iqtisodiy xavf-xatarlar darajasi va ularning sugʻurtalanishi, investitsiyalash maqsadlariga muvofiqligi, iqtisodiyotning, umuman, barcha sharoitlarning boshqalarga nisbatan qulayligi nuqtai nazaridan baholaydilar. Mamlakatga xos xavf-xatar darajasi (qarzlar masalasi, import va eksport balansi, hukumatning barqarorligi hamda boshqalar), mahalliy sharoitning boshqa mamlakatlardan koʻra ustun jihatlari yetakchi oʻrinda turadi.
Bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalastirilgan investitsiyalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 16,0 trln. so‘m, yoki 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,1 % punktga kamaygan holda jami investitsiyalardagi ulushi 13,2 % ga teng investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibida eng yuqori o‘sish sur’ati korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarda kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 135,0 % ga ko‘payganligi qayd etildi.
Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 26,8 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga kamayib, 22,0 % ni tashkil etdi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish