O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali



Download 5,48 Mb.
bet49/60
Sana25.05.2023
Hajmi5,48 Mb.
#943515
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Bog'liq
Elektronikada kompyuterli modellash ma\'ruza matni

2.2. Qaynoq klavishlar

Ctrl+N

Yangi fayl yaratish

Ctrl+O

Faylni ochish

Ctrl+S

Kundalik faylni saqlash

Ctrl+P

Grafiklarni yozish/kundalik fayl

Ctrl+Z

Harakatlarni yoqotish

Ctrl+X

Qirqip tashlash

Ctrl+C

Nusxa ko’chirish

Ctrl+V

Joyga qo’yish

Ctrl+D

Circuit Description Box ochadi

Ctrl+F

Qidirish

Delete

Ajratilgan guruhni yoqotish

Ctrl+W

Qurilmani tanlash

Ctrl+J

Qismni qo’yish

Ctrl+Q

Simni qo’shish

Ctrl+I

Konnektorni qo’yish

Ctrl+B

Kichik sxemani qo’yish

Ctrl+T

Tekstni qo’yish

F5

Sxemani ishga tushirish

F6

Pauza

Alt+Y

Vertikal bo’ylab oynada aks etish

Alt+X

Gorizantal bo’ylab oynada aks etish

Ctrl+R

90 gradus o’nga burilish

Ctrl+Shift+R

90 gradus chapga burilish

Kursor
klavishlari

Ajratilgan qurilmalarni chapga, o’nga, yuqoriga , pastga
ko’chiradi



Multism muhiti va multism dasturida
Multisim
belgisi bosilgandan keyin dasturning bosh oynasi namoyish bo‘ladi.
Uning yuqori qismida buyruqlar menyusi oynasi mavjud (35- rasm).
35- rasm. Multisim dasturning bosh oynasi
Menyudan File tugmasi bosilsa, dastur ichidagi fayllar papkalari
ko‘rinadi. Ishni tipik radioelektronik sxemalardan boshlash mumkin. Masalan,
fayllar .msi shaklda bo‘lib, turli xil qurilmalar sxemalarini ko‘rsatadi.
Sxemalar ishchi oynasi dastur oynasining markaziy asosiy qismini tashkil
49
etadi. Shu oynada radioelementlar va ulanish simlari yordamida turli elektr
sxemalari yaratiladi va tahrirlanadi. Sxemalarga turli xil o‘lchov asboblarini
ulash imkoni bor. Buning uchun menyuning oynasi o‘ng tarafida Instruments
ikonkasi tarkibida kerakli o‘lchov asbobini tanlab olish mumkin. Ikonkalar
turli xil aktiv va passiv radioelementlar, o‘lchov asboblari, indikatorlarni ham
tanlash imkonini beradi. Elementni tanlab olish quyidagicha amalga oshiriladi :
ikonkani ikki marta ketma-ket bosilsa, shu ikonka lineykasi paydo bo‘ladi.
Keyin elementni tanlab, OK tugmasi bosilsa, element tajriba oynasiga tushadi.
Shu elementning ustida sichqoncha ko‘rsatgichi o‘rnatilib, bir marta bosilsa,
element qizarib qoladi yoki shtrix bilan belgilanadi. Endi shu elementning
parametrlari, kattaliklari tugmachani ikki marta bosib, element menyusi
chiqarilgandan keyin tanlanadi. Bu menyuda har bir element uchun uning tipi,
o‘lchov birliklari va boshqa parametrlari tanlanadi. Lebel ikonkasida
elementning sxemadagi belgilanish tartib raqami, element nomi tanlab olinadi.
Oynaning elementlar lineykasida sxema hisobining aktivlashtirish va to‘xtatish
(Activate/Stop), hamda vaqtinchalik to‘xtatish ( pauza- Resume) belgisi
mavjud. Shu narsani e'tiborga olish kerakki, sxemani uzoq vaqt
aktivlashtirilgan holatda ushlab turish kerak emas, chunki uzoq vaqt ichida
ma'lumotlarning ko‘p marta tekshirilishi natijasida hisoblarda katta xatolik
to‘planib qolishi mumkin, bu esa modellashtirish dasturining avariya holati
bilan to‘xtashiga olib keladi.
Multisim dasturining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri- bu kompyuter
sichqonchasini intensiv ishlatilishidir. Klaviatura matn terish, sonlarni
kirgizish va buyruqlarni tez chaqirishda qo‘llaniladi. Agar maxsus
o‘zgartirilmasa, Multisim dasturining ko‘p parametrlari va opsiyalari sukunat
rizoligi bilan tipik ( ko‘pincha – ideal) elektron qurilmalarni o‘rganishga
o‘rnatilgan.
Multisim dasturi bilan ishlash 3 ta asosiy bosqichga bo‘linadi :
1. Sxemani yaratish;
50
2. O‘lchov asboblarini tanlash va o‘rnatish;
3. Sxemani aktivlashtirish, ya'ni o‘rganilayotgan qurilmada kechayotgan
jarayonlarni hisoblash va nazorat qilish.
Sxemani yaratishda ko‘pchilik amallar sichqonchaning chap tugmasi bilan
bajariladi. O‘ng tugma kontekst menyuni chaqirishda, ya'ni elementlar yoki
o‘lchov asboblari xususiyatlarini o‘zgartirishda ishlatiladi.
Ixtiyoriy bir zanjir tuzishda quyidagi amallar bajariladi :
- kerakli radioelementlar qidiriladi va topiladi;
- shu elementlarni dastur oynasi ishchi maydoniga o‘rnatiladi;
- elementlar simlar bilan sxemaga muvofiq ulanadi;
- elementlar parametrlari va qiymatlari o‘rnatiladi.
Radioelementlarni qidirish va tanlash sichqoncha va ikkinchi belgilar
chizg‘ichi bilan bajariladi. Sichqoncha belgisini element ustiga olib borilsa, shu
element nima ekanligi kontekst menyuda chiqib keladi, ya'ni element tanlashda
xatolik bartaraf etiladi. Ko‘pincha xatoliklar elektr manbalarini tanlashda sodir
etiladi ( masalan, tok manbai kuchlanish manbai o‘rniga qo‘yib qo‘yiladi).
Sxema tarkibiga albatta korpus ( Ground) elementini kiritish kerak, aks holda
sxemaning to‘g‘ri hisobi garantiyalanmaydi


Download 5,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish