O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Zamonaviy pedagogika fani o’qituvchisi va unga qo’yiladigan talablar


Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari



Download 175,8 Kb.
bet15/16
Sana23.06.2023
Hajmi175,8 Kb.
#952967
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Zamonaviy pedagogika fani o’qituvchisi va unga qo’yiladigan talablar

1.4 Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari
Muhim davlat vazifasini – “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab pedagogsining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi.
Hozirgi jamiyatimizda pedagogning mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi bir tomondan pedagoglik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib koladi.
Psixologik nuqtai-nazardan pedagog doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki pedagoglik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, pedagogdagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, pedagogning o‘zi axborotlar olish uchun bolalarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.
Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog‘liq.
Bu o‘rinda A.K. Markova taklif etgan bilim egallash ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyatga molikdir:

  • Bu ko‘rsatkichlar asosida o‘zlashtirishni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib, Z.I.Kalmikova fikricha, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

  • diagnostik kompleks amalga oshirilib, u “analitik” emas, balki “sintetik” yo‘lga suyanishi lozim;

  • diagnostika uslublari tabiiy o‘qitish tajribalarida qo‘llanilayotgan o‘quv materiallariga tayanishi, ijobiy xususiyatlari laboratoriya tajribalari bilan qat’iy bog‘lanishi lozim, ayniqsa, sinov natijalarini qayd qilishda, miqdor va sifat tahlillarini jarayon vaqtida belgilab borishda, yechilish usullari va ko‘rsatilayotgan yordamni yozib borishda qat’iy aniqlik talab qilinadi;

-Muammoli o‘quv jarayonida iloji boricha qolgan barcha shartlar tenglashtirilgan holatda ta’lim diagnostika qilinadi;
-Diagnostik tajriba vaqti uni qayd qilish talab qilinganda chegaralanmasligi lozim;
-Individual va jamoaviy diagnostik jarayonlarni birgalikda ko‘rib chiqish ta’lim jarayonini to‘liq va aniq ko‘rsatib bera oladi.
Pedagogning mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Odatda aksariyat pedagoglar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida pedagog oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar “pedagoglarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak?” degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.
Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, pedagoglar ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmokdalar. Bunday pedagoglar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.
Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent shahar viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda pedagog kadrlarning malakasini oshirish, pedagog kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.
Pedagogning mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir. Muhim Davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab pedagogsining xislatlari, uning ijodiy faoliyati kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib-rivojlana boradi.
Shu bilan birga pedagog doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur.
Shayx Najmiddin Kubro «Ey mo‘min, haqiqiy komillik yuzaga kelgunga qadar bir g‘ayrat va hikmat bilan sayri suluk qilish lozim. Bu yo‘l parishonlik, yalqovlik va tanballikni ko‘tarmaydi, zohir, birlik va butunlikni talab qiladi. Soyirlarga yaxshilab qara, parishon va sustlashganlar yo‘lda ilgarilay olmaydilar. Bu yo‘l muhabbat ahlidan g‘ayratli, yelib yuguruvchi va uzluksiz harakatda bo‘lganlarning ravishidir» deb ko‘rsatgan.
Shayx Najmiddin Kubroning tasavvuf nazariyasini boyitishga qaratilgan ushbu purma’no fikrlari ayni paytda o‘zining ijtimoiypedagogik qiymati bilan ham ajralib turadi. G‘ayratli, hikmatli inson ijtimoiy faol, jamiyat rivojiga o‘z ulushini qo‘sha oladigan shaxs sifatida tan olingan bo‘lsa, yalqov, tanbal, parishon insonlar xalq nazaridan chetda qolib ketganligi bilan bugungi kunda ham o‘zining tegishli bahosini olmoqda.
Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband “Chaqmoq tosh qo‘limizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki natija hosil bo‘lsin” deb ta’kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning o‘rniga ishora qiladi, to‘g‘ri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq o‘xshatishlar bilan asoslab beradi.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan bir necha qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.
Xalqimizning kelajagi mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan pedagogga, uning saviyasiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.
O'qituvchilik - inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
“... O'qituvchi - deydi Al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fíkrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur.” U o'z fíkrini davom ettirib: “O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo'lishi, o'qituvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z nomusini qadrlashi, adolatli bo'lmog'i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi,” - deb ta'kidlaydi.
Abu Ali Ibn Sinoning fíkricha, “... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog'i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tasjqi dunyosini o'rganib, aql qatlamlariga kirolmog'i lozim.”
Nosiriddin Tusiy o'zining “O'qituvchilarni tarbiyalash to'g'risida” degan asarida shunday deydi: “... O'qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo'lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o'z fikrlarining to'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo'lishi lozim... o'qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo'pol yoki qattiq bo'lishi mumkin emas. Ars paytida o'qituvchining o'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...
Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O'qituvchi - sinfdagi o'quv jarayoni tashkilotchisidir. O'qituvchi o'quvchilar uchun dars payti, qo'shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko'pchilik o'qituvchilar sinf rahbari vazifasini
baj arib, tarbiya j arayoni tashkilotchilari bo'lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'lmasligi mumkin emas. Shuning i uchun ham o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablaridan eng muhimi o'qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog'liq xislatlariga qaratilgan.
O'qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir:

  • O'qituvchining o'z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o'z yurti, ona tili, o'z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g'oyasida yashashidan iboratdir;

  • Ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajad his etishi;

  • Olijanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok;

  • O'zini qo'lga ola bilishi, sabr-toqattli, bardam, matonatliligidir.

Jamiyatning o'qituvchilik kasbiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagichadir:

  • Keng bilim saviyasiga ega bo'lishi, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;



  • yosh
    Yosh pedagogik psixiologiya, ijtimoiy psixiologiya va pedagogika, fiziologiyasi hamda makyab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo'lishi;

  • O'zi dars beradigan fan bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi, J sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;

  • Ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;

  • O'z ishiga ijodiy yondashishi’

  • Boalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;

  • Pedagogik taxnikani ( mantiq, nutq, ta’limnig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi;

  • O'qituvchining o'z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Har bir o'qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo'lishi uchun intilishi kerak.
O'qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xilldagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorgarligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorgarligidan dalolat beradi.
Muhim davlat vazifasini - Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o'qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati, asosan, amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o'sib rivojlana boradi. Shu bilan birga o'qituvchi doimiy ravishda o'z malakasini oshirib, o'z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur.
Jamiyat uchun o'qituvchining o'rni va roli beqiyos. Ularning saviyasi jamiyatni yo tubanga, yoki yuksakka olib boradi. Tushunarli bo'lishi kerakki, o'qituvchi - ulkan mas’uliyatli, hur fikrli va o'sib boruvchi bilim egasi. Zamonaviylik uning majburiy sifati, bilimiga qanady talab bo'lsa, unga ham shunchalik qat’iy talab bo'ladi. Ya’ni bilimini bu zamonga muvofiqlashtirib borilmasa, nafi va dollzarbligi kamayib boradi. Demak, keng dunyoqarash, hur fikrlash va zamonaviylik - o'qituvchining majburiy kasb talabi.
O'zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, “... agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o'ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz” Darhaqiqat, o'qituvchi, nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini baxsh etadigan mo'tabar zotdir.


Xulosa
Agar o`qituvchi ana shunday sifatlarni o`zida mujassam qila olsa, Kadrlar tayyorlash milliy modelida qayd etilgan qo`yilgan talablarga to`liq javob bera oladi deyish mumkin.
O`qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy, ruhiy hislatlar ham shakllangan bo`lmog`i darkor. Aks holda o`qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o`zgalarga hech qanday manfaat bo`lmasligi turgan gap.
Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo`lgan, maxsus tayyorgarlikdan o`tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda, o`qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab va ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir.
O`qituvchilik kasbini egallagan har bir inson, avvalo, o`qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o`zida mujassam etishi; shuningdek, o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablarni atroflicha o`zlashtirgan bo`lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo`lmog`i juda muhim.
O`qituvchi go`zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo`llariga qalam olib jo`shqin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaklarini oq qog`ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo, yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta`lim va tarbiya beradigan mehri daryo o`qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo`lgan ehtiyoji ham abadiydir.
O`qituvchi bamisoli bog`bon. U yoshlik gulshanining bog`boni. Maktab, o`quv yurti– o`quv gulshani, yosh avalod uning bebaho nihollari, ustoz -o`qituvchilar esa bu bog`ning oqil, mirishkor, mehribon bog`bonlaridir. U o`z bog`idagi mevalarning rango-rang va sog`lom bo`lishi uchun kurashadi.

Download 175,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish