–Mavzu. KORXONALAR FAOLIYATINI BIZNES REJALASHTIRISH VA ISTIQBOLNI BELGILASH. BIZNES REJA TUSHUNCHASI, MAQSADI, VAZIFALARI, TARKIBI VA ISHLSB CHIQISH TARTIBI
4 –Mavzu. KORXONALAR FAOLIYATINI BIZNES REJALASHTIRISH VA ISTIQBOLNI BELGILASH. BIZNES REJA TUSHUNCHASI, MAQSADI, VAZIFALARI, TARKIBI VA ISHLSB CHIQISH TARTIBI Mashg‘ulot turi: Amaliy
Mashg‘ulot maqsadi: biznes reja xaqida tushunchaga ega bo‘lish, biznes reja tuzishdan maqsad, uning tarkibi va tashkil etuvchi elementlarni loyihalashni bilishdan iborat. Mavzuda biznesni rejalashtirish bo‘yicha nazariy bilimlarni mustaxkamlashga doir misollar keltirilgan.
Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Biznes reja tushunchasi, mohiyati va tuzish zaruriyati.
Biznes rejaning tarkibi va ishlab chiqish tartibi
Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Kichik va xususiy tadbirkor korxonalar o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, xom-ashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko‘rsatilayotgan xizmatga bo‘lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi.
Tadbirkorlikda biznesda muvaffaqiyat qozonishda yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlar va vazifalarni yaxshiroq anglab olish, aniqroq tasavvur qilish. ularni to‘g‘ri baholash va qo‘yish muhim rol o‘ynaydi. Bu ishlarni aniq bir tartibda amalga oshirish rejalashtirish orqali ta’minlanadi. Bundan tashqari. amalga oshirish ko‘zda uuilgan faoli-yatni chuqurroq va to‘liqroq tushunish. aniqroq tasavvur etish uchun uni rejalashtirish zarur.
Rejalashtirish - bu ma’lum davrda mo‘ljallangan maqsadga erishish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar, ishlar, tadbirlar, vazifalar va ularni amalga oshirish aniq tartibi. izchilligi, muddatlari. harajatlarini aniqlash hamda ularni muvofiqlashtirish jarayonidir. Rejalashtirish butun faoliyatni tartibga solish jarayoni bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari-ning kelajakdagi harakatlarini aniqlash. asoslash. belgilash. izohlash, nazorat etishga xizmat qiladi. U tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgi-langan davr mobaynida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar aniqlashtirilgan rejalarda o‘z aksini topadi.
Demak, bunday jarayon natijalari aks ettiriladigan hujjat reja yoki bizns-reja bo‘lib hisoblanadi.
Reja-bu mo‘ljallangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar, ishlar, vazifalar va ularni bajarish tartibi, izchilligi, muddatlari, sarf-harajatlari batafsil aniqlangan va aks ettirilgan hujjatdir. Rejalashtirish boshqaruv va xo‘jalik qarorlari qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida tadbirkorlik faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari. tadbirkorlik muhitidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo‘yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni ro‘yobga chiqarish uchun kerakli resurslar aniqlanadi. Tadbirkorlikda rejalashtirishning zaruriyati va ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
Tadbirkorlik g‘oyasi va ishini yaxshiroq tushunish va aniqroq tasavvur etish;
tadbirkorlik g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga ishonch hosil qilish;
ishning istiqbolini aniqlash va prognoz qilish;
-maqsadlarni aniq ifodalash. shakllantirish. qo‘yish;
maqsadga erishish yo‘llarini aniqlash. baholash. tanlash;
maqsadga erishish uchun kerakli resurslar va ulaming manbalarini aniqlash;
resurslarni samarali taqsimlash va yo‘naltirish;
mashul xodimlarga aniq vazifalar qo‘yish;
ish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlami oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash;
tadbirkorlik strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; -olinadigan foydani samarali yo‘naltirish va ishlatish;
ishning borishini nazorat qilib borish;
tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.
Bozor iqtisodiyoti rivojianib borgan sari rejalashtirishning ahamiyati ortib, zaruriyati sezilib boradi.
Rejalashtirish tadbirkorlik faoliyati istiqbollarini chuqurroq o‘rganish, qo‘yilgan maqsadga erishishda kuch-g‘ayratni muvofiqlashtirish va aniq yo‘naltirish, ishni borishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash, bozordagi kutilmagan o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish rahbarlar va xodimlarning majburiyatlari va mashuliyatlarini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bizne-reja tadbirkor uchun faoliyatining strategik yo‘nalishlari va maqsadlari, ularni ro‘yobga chiqarish shart-sharoitlari va muddatlarini belgilash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Ayni paytda, u tadbirkorning kundalik va moliya-xo‘jalik faoliyati asosini tashkil etadi va faoliyat natijalarini muntazam nazorat qilib borish uchun muhim rol o‘ynaydi. Tuzilgan rejalar esa xodimlar uchun tadbirkorlik faoliyatining boshlang‘ich nuqtasi, rejalashtirish va ijrochilik intizomi uchun bazis bo‘lib xizmat qiladi. Rejalashtirish tadbirkorga, korxona rahbariyatiga marketing, moliya, menejment (boshqarish) sohalarida strategiyaning variantlarini shakllantirish va sinab ko‘rish, asosiy prognozlarning oqibatlarini tahlil qilish imkonini beradi.
Rejalashtirish jarayoni tadbirkor va uning xodimlarini mazkur ishning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi aniq sharoitlar va omillarni tahlil qilishga majbur etadi. Natijada bizne-reja tuzishda ishtirok etuvchi tadbirkor va xodimlarga har tomonlama takomillashib borish va boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoniyatini beradi va shunday qilishga undaydi. "