Bu biznes-reja umumiy jihatdan faoliyat yuritish sohalaridan qathiyy nazar quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Tovarning tavsifi, kimga mo‘ljallanganligi va tuzilishi.
2. Tovar sotiladigan bozorni baholash.
3. Tovar sotiladigan bozordagi raqobat.
4. Marketing rejasi.
5. Ishlab chiqarish rejasi.
6. Tashkiliy rejasi.
7. Huquqiy rejasi.
8. Faoliyat sohalarini sug‘urtalash.
9. Loyihani mablag‘ bilan ta’minlash.
Xulosa qilganda, yuqorida ko‘rsatilgan tartibda tadbirkorlik biznes-rejasini maqsadga muvofiq ravishda tuzish iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, ishlab chiqarishni muntazamliligi ta’minlashga va korxonaning moliyaviy mustaqqilligini kafolatlashga jiddiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari va uni rivojlantirishda banklarning roli
Moliya keng ma’noda iqtisodiyot sub’ektlarining daromad va harajatlari bilan bog‘liq munosabatlaridir. Moliya ob’ekti pul mablag‘lari, ya’ni moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tadbirkorlik moliyasi - bu tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ishlatish munosabatlari va jarayonlari majmuyidir.
Uning asosiy vazifasi:
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish;
yuriiish va rivojlantirishni pul mablag‘lari bilan ta’minlash;
pul oqimlarini samarali boshqarish hisoblanadi.
Moliya xo‘jalik jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan vosita bo‘lib, bir tomondan, tadbirkorlik sub’ektlari va ikkinchi tomondan, davlat organlari, idoralari va muassasalari hamda boshqa korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlikning moliyaviy resurslari uning pul mablag‘laridir. Tadbirkorlik faoliyatida xilma-xil va murakkab o‘zaro iqtisodiy aloqalar pul mablag‘lari yordamida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari vositasida takror ishlab chiqarishning bir fazasidan boshqa fazasiga o‘tiladi hamda maqsadli jamg‘armalar shakllantiriladi. Bular ishlab chiqarish va umuman. tadbirkorlik faoliyatini uzluksiz yuritish va kengaytirish garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik moliyasi moliyaviy munosabatlarning muhim yo‘nalishi yaratilgan tovarlar, ishlar, xizmatlami ayirboshlashdan tushadigan pul mablag‘larini ularning ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qoplash va foydani shakllantirish hisoblanadi. Bu munosabatlar tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ishchi-xodimlari, sheriklari va hamkorlari, byudjet, soliq va boshqa tashkilotlar hamda jamg‘armalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, aylanma mablag‘lar. amortizatsiya va boshqa jamg‘armalarni shakllantirish hamda pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, tadbirkorlik moliyasining vazifalaridan biri barcha o‘zaro to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan moliyaviy nazorat olib borish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |