O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»


Tadbirkorlik g‘oyasini tanlash va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash



Download 0,89 Mb.
bet29/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

2. Tadbirkorlik g‘oyasini tanlash va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishi qandaydir g‘oyani o‘ylab, uni amalga oshirish yo‘llarini izlaydi. Demak, har qan­day tadbirkorlik faoliyati g‘oyadan boshlanadi. G‘oyaning mohiyatiga kelganda u bilim shakllaridan biri hisoblanadi. Lekin g‘oya bilimning shunday shakliki, unda bilimning ikki darajasi o‘zaro bog‘liq holda mujassamlagandir. Ulardan birinchisi bo‘lajak biror hodisa, voqea, ob’ektning tasavvur qilinadigan tasviri, timsoli bo‘lsa, ikkinchisi uni ro‘yobga chiqarish rejasi hisoblanadi. G‘oyada nazariy bilim o‘z rivojining yuqori cho‘qqisiga yetib, o‘zini o‘zi inkor qilish va moddiy narsa ko‘rinishida gavdalanish bo‘sag‘asida turadi. Boshqacha aytganda, g‘oya sof bilimning tugashi va amaliy hodisa, voqea, jarayonning boshlanishi hisoblanadi. G‘oyada ob’ektivlik sub’ektning maqsadi, intilishi, ichki ehtiyojiga, ya’ni ideal mo‘ljaliga aylanadi. G‘oya ideal mo‘ljal (oliy maqsad) sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • muayyan bilim yutuqlarining mujassamlagan ifodasi;

  • ularni moddiylashtirish yo‘Ilari, vositalari, usullari to‘g‘risidagi bilim;

  • unda mujassamlangan bilimlarni ro‘yobga chiqariga intilish;

  • mazkur bilimlarni ro‘yobga chiqarish rejasi.

G‘oyaning umumiy mohiyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik g‘oyasini ko‘rib chiqamiz. Tadbirkorlik g‘oyasi - bu tadbirkor tomoni­dan tashkil etilishi va amalga oshirilishi ehtimol qilingan ish, faoliyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurdir. Tasavvur esa kishining qandaydir tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida bilgan, eshitgan, ko‘rgan va uning xotirasida qolgan belgilari bo‘yicha qayta tiklanadigan umumiy tas­viri (sxemasi)dir. G‘oyalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ammo bunday ta’sir o‘z-o‘zidan emas, balki odamlar faoliyati orqali amalga oshadi. G‘oyani amalga oshiri uchun uni tasavvurdan (umumiy sxemadan) aniq tushunchalarga, ularni esa real amaliyotga aylantirish kerak bo‘ladi. SHu boisdan g‘oya aniq shakllantirilib, puxta ishlab chiqilishi zarur. Bunday jarayon natijasida g‘oyaning amaliy yo‘nalishlari shakllantiriladi. G‘oyaning amaliy yo‘nalishi - bu tadbirkorlik g‘oyasining ishlab chiqilgan va tadbirkor uchun muhim tuunchalar (tadbirkorning maqsadi va imkoniyatlari hamda bozor talablariga mosligi, foydaliligi, istiqbolligi, raqobatbardoshligi va hokazolar)da ifodalangan variantidir.
G‘oya va uning amaliy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash tadbirkorlik­da katta rol o‘ynaydi. Noto‘g‘ri tanlangan g‘oya yoki uning amaliy yo‘nalishi asosida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati mag‘lubiyatga yuz tutishi shubhasiz. CHet el tajribasidan ma’lumki, tadbirkorlar, korxonalarning sinish sabablaridan biri aynan g‘oyaning noto‘g‘ri tanlanishi hisoblanadi. SHuning uchun g‘oya tanlashga juda jiddiy yondashish zarur. Bundan tashqari, tanlangan g‘oya va yo‘nalishni sinab ko‘rib, uning foydaliligi, istiqbolligi, jozibadorligiga ishonch hosil qilish lozim.
Yangi korxonani tashkil qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga kirishishdan oldin, kichik biznes va xususiy korxonalar sub’ektlari g‘oyalarni aniq va yetarlicha tahlil qilishi lozim, bu esa vaziyatni o‘zgarishiga moslashishga imkon beradi. Tadbirkorlik g‘oyasi kishining tadbirkorlik salohiyatiga, tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlariga asoslanishi kerak.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish