O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «Menejment»


-Mavzu: BIZNES FAOLIYATI YO‘NALISHLARINI TANLASH, TEXNIK-



Download 0,89 Mb.
bet28/135
Sana20.06.2023
Hajmi0,89 Mb.
#952389
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
Bog'liq
БИЗНЕС ЖАРАЁНЛАРИНИ ЛОЙИХАЛАШ

3-Mavzu: BIZNES FAOLIYATI YO‘NALISHLARINI TANLASH, TEXNIK-
IQTISODIY JIHATDAN ASOSLASH, TASHKIL ETISH VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH
Mashg‘ulot turi: Amaliy
Mashg‘ulot maqsadi: Tadbirkorlik yo‘nalishlari xaqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish, uning turlarini tanlash, tanlangan yo‘nalish uchun lastlabki ma’lumotlar yig‘ish, loyihaning texnik va iqtisodiy tomonidan ta’lil qilish va asoslashda nazariy bilimlarni mustahkamlashdan iborat. SHu bilan birga mavzuda biznes sub’ektlarini ro‘yxatdan utkazish tartiblari haqida ham tushunchalar beriladi.
Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar

  1. Tadbirkorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish muammolari.

  2. Tadbirkorlik g‘oyasini tanlash va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash

  3. Tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi



1. Kichik biznes va tadbirkorlikni shakllanishi
va rivojlanipsh muammolari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan uning tarkibiy qismi sifatida kichik va o‘rta biznes taraqqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi hamuni doimiy takomillashtirib borishni taqozo qiladi.
Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan, mablag‘lari yetishmayotgan, xo‘jalik faoliyati yuritish uchun yetarli malaka va tajribaga ega bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlatning qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlari g‘oyat muhimdir.
Bugungi kunda keng tovarlar ishlab chiqarayotgan, ishlab chiqarish bilan shugullanayotgan yoki aksincha, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmay «oddi-sotdi» bilan shug‘ullanuvchi o‘rtachi tadbirkorlar deyarli bir xil imtiyozlardan foydalanishmoqda.
Natijada, tadbirkorlar ishlab chiqarish va aholi uchun zarur mahsulotlar yetkazib berish o‘rniga qulay va tez foyda beruvchi faoliyatlar bilan shug‘ullanmoqda.
Xorijiy mamlakatlardagi kichik va o‘rta biznes faoliyati tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotning bu sektori doimiy ravishda ko‘plab muammo va to‘siqlarga duch keladi. Bu muammolarni tashkiliy-xuquqiy, moliyaviy-kredit va ishlab chiqarish-texnikaviy turlarga ajratish mumkin.
Tashkiliy-huquqiy muammolar:

  • qonuniy va me’yoriy xujjatlarning yetarli darajada takomillashmaganligi;

  • kichik biznes atamasi faqat miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lib, tarmoqlar bo‘yicha ishlovchilarning soni (bandlar) qat’iy belgilab qo‘yilganligi;

  • mulk shakllari, kichik biznes korxonalari mol-mulk qiymati va mablag‘lari hajmining hisobga olinmasligi;

  • bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda kichik biznes korxonalarini yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish va texnik iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi me’yoriy va qonuniy asoslarning yetarli emasligi va boshqalar.

Moliyaviy-kredit muammolari:

  • kichik va o‘rta biznes korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish va ro‘yxatdan o‘tganligi uchun turli to‘lovlardan ozod qilish;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, tijorat bilan shug‘ullanuvchi, kichik biznes korxonalari uchun kredit tizimini tabaqalashtirish;

  • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tijorat korxonalari uchun tabaqalashgan va rag‘batlantiruvchi soliq tizimini joriy qilish;

  • kichik va o‘rta biznes tizimi korxonalari uchun yanada soddalashtirilgan hisobot tizimini joriy qilish;

  • davlat tomonidan kichik biznes tuzilmalarini moliya-kredit siyosatini takomillashtirish orqali doimiy qo‘llab-quvvatlash;

  • yakka faoliyat bilai shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning ham tashqi iqgisodiy aloqalarda ishtirokini kengaytirish.

Ishlab chikarish texnikaviy muammolar:

  • kichik biznes korxonalarining yirik korxonglar bilan doimiy ishlab chiqarish va texnik iqgisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

  • kichik biznes korxonalarining yirik korxonalar uchun detallar, qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi orqali kooperatsion aloqalarga tortish tizimini takomillashtirish;

  • kichik biznes korxonalari moddiy-texnik taominotini mustahkamlash, ularning yangi texnika va texnologayadan, «nou-xau»dan foydalana olishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

  • O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bosqichida kichik biznesni barqaror rivojlantirish bilan bog‘liq yechimini kutayotgan muammolar:

  • kichik biznesni samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun tashkiliy, me’yoriy, xuquqiy va iqgisodiy asoslarning yetarli darajada takomillashmaganligi, mavjud me’yoriy-qonuniy xujjatlarning amalga oshirishdagi ma’muriy-byurokratik to‘siqlarning mavjudligi;

  • shaxsiy va xususiy mulkii himoya qilish va kafolatlash mexanizmining yetarli emasligi;

  • milliy iqtisodiyotning barcha sektorlarida kichik biznes tuzilmalarining yetarli rivojlanmaganligi, tuzilgan shartnomalarning muddatlarida bajarilmasligi va xuquqiy kafolatlarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar;

  • tadbirkorlik faoliyatida hisob va hisobot jarayonlarini soddalashtirish zaruriyati, turli byudjetdan tashqari fondlar yordami asosida yangi texnika va ilьor texnologiyalarni olish uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligi;

  • qishloq bozor iifratuzilmalarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatmasligi, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatuvchi dehqon-fermer xo‘jaliklari uchun servis xizmati (uruьlik, yoqilьi, mineral o‘g‘itlar, texnik, meliorativ va boshqalar)ning zaifligidan tashqari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxonalari faoliyatining zaifligi, moliyaviy-kredit munosabatlaridagi shartnomalarning vaqtida bajarilmasligi;

  • qishloqlarda tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, iqtisodiy maolumotlarning yetarli emasligi, qishloqda kichik oilaviy biznesni rivojlantirishning real mexanizmini ishlab chiqish ehtiyoji;

  • kichik biznesga xorij investitsiyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, moliya-kredit, soliq, tashqi savdo, investitsion siyosatni takomillashtirib borish zarurligi;

  • kichik biznes tuzilmalari uchun tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlashdan iborat tizimni doimiy takomillapggirib borish asosida ularning ijtimoiy-psixologik tayyorgarligani oshirish dolzarb tusolayotganligidan iborat.

Ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish va amalta oshirish mamlakatimizda kichik biznesni gurkirab rivojlanishi hamda iqtisodiy taraqqiyotni tezlapggirishga olib keladi. Buning uchun davlat tomonidan kichik va o‘rta biznes tuzilmalari faoliyatining rivojlanish jarayonlarini doimiy taxlil qilib, qo‘llab-quvvatlashning samarali tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish