O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Surxondaryo viloyati shaharlari tarkib topishi va rivojlanishi



Download 5,45 Mb.
bet18/27
Sana08.06.2023
Hajmi5,45 Mb.
#949977
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Bozorqulova DISSERTATSIYA m

Surxondaryo viloyati shaharlari tarkib topishi va rivojlanishi

Shaharlarning nomi

Shakllangan yil (yoki shahar maqomini olgan yil)

Aholisi ming kishi

1959

1990

2000

2021

Termiz

miloddan avvalgi 5-asrda

22,1

75,0

113,5

182,7

Denov

1958

16,8

55,0

63,0

91,4

Boysun

1975

_

20,0

21,8

32,6

Jarqo’rg’on

1973

7,1

20,0

20,5

24,4

Qumqo’rg’on

1971



12,0

12,0

17,2

Sharg’un

1973



9,0

12,0

12,9

Sherobod

1973



19,0

24,2

32,4

Sho’rchi

1976

-

16,0

20,5

28,0

Jadval statistik ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi hududi milodiy III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, dastlab xioniylar, so’ngra esa eftaliylar davlati tarkibiga kiradi. Ilk o’rta asrlarda (mil. V-VIII asr) viloyat hududi ko’pgina mulklardan iborat yirik tarixiy-madaniy mintaqa hisoblangan Toxariston tarkibida bo’lgan. Ulardan ikkitasi: Termizshohlar va chag’oniyonlik xidavatlar turk yobg’ularining hukmronligiga bo’ysunganlar. 667-yilda arablar Chag’oniyon va Termizga birinchi marotaba hujum uyushtirib, VIII asrning ikkinchi yarmidagina to’liq bosib olishga erishdilar. Shu vaqtdan e’tiboran Toxariston Abbosiylar xalifaligi hukmronligi ostiga o’tadi.
XI asr boshlarida Somoniylar davlati parchalanib ketgach, Chag’oniyon va Termiz kelib chiqishi turklardan bo’lgan G’aznaviylar va qoraxoniylar o’rtasidagi kurash maydoniga aylandi. 1008-yildagi Balx yonidagi jangdan so’ng, Maxmud G’aznaviy qoraxoniylar qo’shinlarini tor-mor etadi va Termiz G’aznaviylar davlatiga qo’shib olinadi. Chag’oniyon esa qoraxoniylar hukmronligi ostida qoladi. XI asrning o’rtalariga kelib bu ikki hudud Saljuqiylar davlati ta’siriga tushadi va XII asrning ikkinchi yarmiga qadar ularning istilosi ostida bo’ladi. XII asrning ikkinchi yarmidan esa Chag’oniyon va Termiz vaqti-vaqti bilan qorluqlar,qoraxoniylar va g’uriylar qo’liga o’tib turadi. 1206 yilda Chag’oniyon va Termiz Xorazmshohlar davlatiga qo’shib olinadi. 1220 yilda Termiz Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari tomonidan bosib olinadi. Vayron etib tashlangan Termiz shahrining qaytadan tiklanishi XIV-asrning boshlariga to’g’ri kelib, hozirgi Termizning shimoliy tomonidagi Surxondaryoning quyi oqimida sodir bo’ladi. XIV asrning elliginchi yillari oxirida mo’g’ullar davlatining Chig’atoy ulusi inqirozga yuz tutgach, Termizdagi hokimiyat mahalliy ruxoniy feodallar-sayyidlar qo’liga o’tadi. So’ngra O’zbekiston janubidagi yerlar Amir Temur davlati tarkibiga kiradi.Uning vafotidan so’ng Termizni Amir Temur nabirasi Xalil Sulton, 1409 yildan esa o’g’li Shohruh boshqaradi. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib, markazi Hisorda bo’lgan, Temuriylarning Hisor viloyati ta’siri kuchayadi. 1504-1505 yillarda Chag’oniyon va Termiz Shayboniyxon boshchiligidagi ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan bosib olinadi.
Safaviylar bilan bo’lgan jangda Shayboniyxon vafotidan so’ng Termiz qisqa vaqt Temuriy Bobur tomonidan egallanadi. 1512 yilda Bobur qo’shinlarining haydab chiqarilishi tufayli Termiz va Chag’oniyon yana Shayboniylar ixtiyoriga, 1598 yildan 1747 yilgacha esa O’rta Osiyoda mustahkam o’rnashib olgan yangi o’zbek sulolasi-joniylar qo’liga o’tadi. Ushbu davrda Chag’oniyon o’zbek beklari tomonidan boshqarilgan Hisor viloyati tarkibiga kirsada, amalda markaziy hokimiyatdan mustaqil siyosat yuritib kelgan.
XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Surxondaryo viloyati Buxoro amirligining tarkibiy qismi edi. Uning hududida esa bir necha bekliklar mavjud edi. 1894 yilda Amudaryo bo’ylab, shu jumladan hozirgi Termiz hududida ruslarning chegara bojxona nazorati o’rnatiladi. Termiz shahrining muhim strategik joylashuvini hisobga olgan rus harbiylari tomonidan shaharda doimiy garnizonga ega bo’lgan qal’a quriladi.
Termizga Rossiyadan asta-sekin harbiy qo’shinlar va ko’chmanchilar kela boshladi. 1898 yilda esa Buxoro amiri maxsus hujjat bilan qal’a atrofidagi yerlarni qurilish inshootlari va turar-joy binolari uchun rus harbiylari ixtiyoriga topshiradi va bu yerda ko’p o’tmasdan shahar ahamiyatiga ega bo’lgan aholi manzilgohi paydo bo’ladi. Sho’rolar hukumati o’rnatilgach va 1924 yildagi milliy chegaralanishdan so’ng, viloyat O’zbekiston tarkibiga kiradi. 1925 yilda esa Surxondaryo okrugi tuziladi. 1941 yil 6 martda esa ma’muriy markazi Termiz bo’lgan Surxondaryo viloyati tashkil topadi. 1991 yil 1 sentyabrda mustaqillik e’lon qilingach, Surxondaryo viloyati O’zbekiston Respublikasining ajralmas va tarkibiy qismiga aylantirildi.
Mintaqa hududiy urbanistik tarkibidagi eng yirik shahar Termizda o‘tkazilgan arxeologik qazilma materiallari shahaming uzoq tarixga ega ekanligidan darak beradi. IX-XI asrlarda shahar yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik markazi sifatida taraqqiy etgan bo‘Isa, keyinchalik geosiyosiy va iqtisodiy geografik o‘mi, ishlab chiqarish salohiyati va ijtimoiy obyektlari ta’sir etgan. Termiz shahri bir paytlar harbiy shaharcha bo‘lgan. Sobiq sho‘rolar davrida respublikamizning janubiy darvozasi viloyat markazi funksiyasini bajaruvchi mazkur shahar eng chekka transchegaraviy hududda, siyosiy markazlardan ancha olisda, o‘ziga xos noqulay iqlim sharoitiga ega botiqda joylashgan. Tabiiyki, bunday holat shahaming iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini ancha cheklaydi. Viloyat markazining ta’sir doirasi yoki rayon hosil qilish qobiliyati ham yuqori emas. Ko‘rinib turibdiki, Termizning shaharga xizmat qiluvchi funksiyasi yaxshi rivojlangan. Bu borada Termiz shaxrida tashkil etilgan geologik muzey ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, Termizning sanoat salohiyati past, tarmoqlar diversifikatsiyalanmagan. Unga mintaqada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining atigi, 9,3 foizi, iqtisodiy rayon doirasida esa 0,8 foizi mos keladi.
Aytish joizki, mustaqillik yillarida viloyat markazining siyosiy, transport geografik o‘rni birmuncha kuchaydi. Shahardagi yirik xalqaro aeroport xorijiy mamlakatlar, xususan, Afg‘oniston bilan O‘zbekiston aloqalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. 2008-2012-yillarda viloyatni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida G‘uzor-Surxon elektr uzatish liniyasi, Termiz-Xayraton-Mozori Sharif va Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘llari va boshqa bir qator yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Istiqbolda shahami qo‘shni Afg‘oniston Respublikasi bilan bog‘lovchi TermizMozori Sharif-Hirot-Bandar Abbos va Chorbahor yo‘nalishidagi Transafg‘on yo‘lagi uning transport funksiyasini yanada kuchaytiradi. Keyinchalik Termiz xalqaro miqyosdagi yirik transport tuguniga aylanishi va bu yerda logistik markazlar, erkin savdo hududlari barpo etish imkoniyatlari katta.
Hududning geografik joylashuvi, transport tugunining mavjudligi, qolaversa, mamlakatimizning MDH mamlakatlariga chiqib ketadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, respublikaga kirib keladigan asosiy mahsulotlar aynan shu hududda amalga oshadi. Ayni holat viloyat markazining shahar hosil qiluvchi va unga xizmat qiluvchi vazifalarini uyg‘unlikda va aloqadorlikda rivojlanishiga olib keladi.
Mintaqa hududiy urbanistik tarkibidagi eng yirik shahar Denov shahridir. Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi va shahar sifatida viloyatga boʻysunadi. Sangardak va Surxondaryo oraligʻida, dengiz sathidan 610 m balandlikda joylashgan.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati yuksak darajada rivojlangan qishloq xo’jaligi va industiriyaga ega, paxtachilik, chorvachilik, bog’dorchilik va uzumchilik taraqqiy etgan yirik madaniy markaz bo’lib hisoblanadi.

Download 5,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish