O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari va undagi o’zgarishlar (aholi soni, ming kishi)



Download 5,45 Mb.
bet14/27
Sana08.06.2023
Hajmi5,45 Mb.
#949977
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Bozorqulova DISSERTATSIYA m

O’zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari va undagi o’zgarishlar (aholi soni, ming kishi)

Mintaqalar



2008 yil

2009 yil

2017 yil

Shaharlar

Shahar-chalar

Shaharlar

Shahar-chalar

Shaharlar

Shahar-chalar

O’zbekiston Respublikasi

119

114

119

1080

119

1085

Qoraqalpog’iston Respublikasi

12

15

12

27

12

26

Viloyatlar:



















Andijon

11

5

11

89

11

78

Buxoro

11

2

11

62

11

69

Jizzax

6

9

6

43

6

42

Navoiy

6

8

6

38

6

47

Namangan

8

11

8

120

8

120

Samarqand

11

12

11

88

11

88

Sirdaryo

5

5

5

21

5

25

Surxondaryo

8

7

8

114

8

114

Toshkent

16

18

16

97

16

97

Farg’ona

9

10

9

206

9

197

Xorazm

3

7

3

58

3

58

Qashqadaryo

12

4

12

123

12

123

Toshkent sh.

1

1

1

1

1

1

Jadval O’zR Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Aytish joizki, shaharlar tizimining murakkablashuvi, ularning iararxiyasini (pog`onasi) aniqlash, shaharlar ortasidagi vazifalarining (funksiyalarini) taqsimlashga ham olib keladi. Mamlakatda urbanizatsiyaning o’ziga xos jihati shaharlar zanjirida kichik shaharlar sonining ko’pligi bilan izohlanadi. Respublika iqtisodiyotining asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashganligi sababli, shaharlarning 4/5 qismidan ko’prog’ini kichik shaharlar tashkil etadi. 2009-yilda yangi shaharchalarning vujudga kelishi bilan, mazkur toifadagi shaharlarning salmog’i yana ortib ketdi
(6-jadval).
2017-yilda Mamlakatimizda 1091 ta kichik shahar va shaharchalar bo’lib, ular jami shahar manzilgohlarining 90,1 foiziga teng. O’rta bosqichdagi shaharlar soni 20 tani tashkil etib, jami shahar manzilgohlarining 1,6 foiziga mos keladi. Respublikada yirik shaharlar soni 7 ta (Samarqand, Namangan, Andijon, Qarshi, Nukus, Buxoro, Farg`ona), katta shaharlar 11 ta, “Yarim o`rta” shaharlar 75 tani tashkil etadi.
Hozirda yo’l mustaqilligini ta’minlash borasida, Xalqaro logistika markazi (Angren MIZ), Jizzax maxsus industrial zonasi hamda Navoiy erkin industrial zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatimiz shaharlar geografiyasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2001-yil Uchquduq-Sultonuvays-Nukus, 2007-yil Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on, 2016-yil Angren-Pop temir yo’llarining foydalanishga topshirilishi mamlakat temir yo’l tizimini mustaqil yaxlit tuzilma sifatida shakllanishiga imkon berdi. Asosiysi, ushbu hududlarda joylashgan Navoiy, Uchquduq, Xalqobod, G’uzor, Dehqonobod, Boysun, Qumqo’rg’on, Miskin, Angren, Ohangaron, Yangiobod, Pop kabi shaxar manzilgohlarining o’sish qutb va markazlari sifatida transport geografik o’rni yanada yaxshilanadi.
Shunday qilib, mustaqillikning dastlabki yillarida shaxarlar rivojlanishi biroz sekinlashgan bo’lsa-da, keyingi “urbanistik to’lqin” tufayli ularni soni birdaniga besh martaga ortdi. Bunday vaziyat, shaxarchalar rivojlanishining imkoniyatlari hamda asosiy yonalishlari, osish qutb va markazlarini har tomonlama organishning zarurligini belgilab beradi.
1.3. Shahar axolisining o’sishining xududiy va tashkiliy asoslari
Ma'lumki, shaharlar ijtimoiy va hududiy m ehnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan. Dehqonchilikdan hunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi ushbu vazifa bilan shug‘ullanuvchi maxsus aholi manzilgohlarining paydo bo‘lishiga sabab bo'lgan. Ular tovar ayirboshlash va vositachi markaz sifatida qulay geografik joyda rivojlanib borgan.
Shaharlar dastlab davlat maqomiga teng bo‘lgan (polisshaharlar: Afina, Rim, Bog‘dod, Kon Stantinopol yoki Vizantiya). O‘zimizning o‘lkamiz taraqqiyotini ham BuxoroSamarqand «musobaqasisiz», Toshkent, Qo‘qon, Xiva, kabi qadimiy markazlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaharlarning keyingi rivojlanishi yana o‘sha ijtimoiy va hududiy m ehnat taqsim otining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ularning jamiyat va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish hamda boshqarishdagi ahamiyati, ayniqsa, XIXXX asrlarda kuchaydi. Hozirgi davrda shaharlar qishloq xo‘jaligi bilan bog'liq bo‘lmagan aholining yashash joyi hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan ular sanoat, transport, ijtimoiyiqtisodiy nuqtai nazardan esa fan-texnika, aholiga xizmat ko‘rsatish m arkazidir. Shuningdek, shaharlarning siyosiy ahamiyati ham katta.
Shaharlarning ishlab chiqarishni hududiy shakli sifatida yuqori darajadagi mujassamlashuvga ega. Ularning kattakichikligi va funksiyasi, ya'ni bajaradigan vazifasi ham aynan ishlab chiqarishning joylanishga va ixtisoslashuvi bilan bog‘liq. Rivojlangan m am lakatlarda bozor m unosabatlarining shakllanishida shaharlar muhim rol o‘ynagan. Ularning bozor infrastrukturasi, bank-moliya markazi ekanligi ham ma'lum.
Bunday davlatlarda urbanizatsiya darajasi juda yuqori — hatto 90 % dan oshadi. Demak, ularn i to‘la shaharlashgan mamlakatlar, deb atalsa xato bo‘lmaydi.
Odatda, 75-90 % shahar aholisiga ega bo‘lgan davlatlar milliy iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlangan, industrial yo‘nalishli mamlakatlar hisoblanadi. Agar bu ko'rsatkich taxminan 50-75 % bo‘lsa, bunday davlatlar iqtisodiyoti ham rivojlangan va xo'jalik tuzilmasi industrial-agrar bo'ladi; 30- 50 foizlik esa rivojlanayotgan agrar-industrial, 30 foizdan pasti iqtisodiyoti zaif agrar davlatdir.
Ko'rinib turibdiki, urbanizatsiya darajasi bilan mamlakat va rayonlar iqtisodiyotining rivojlanganligi orasida qonuniy aloqadorlik mavjud. Darhaqiqat, har qanday davlatning iqtisodiy xaritasida eng avvalo shaharlar ko‘zga tashlanadi. Shaharlar va yo'llar mamlakatlar xo'jaligi hududiy tarkibi, milliy iqtisodiyotning o‘zagini aks ettiradi. Bu jihatdan, ayniqsa, yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarning ahamiyati katta. Aynan ana shularda mamlakatning iqtisodiy qudrati, fan -tex n ik a salohiyati, infrastrukturasi, siyosiy kuchi mujassamlanadi. Shaharlarning ikki asosiy funksiyasi bor: sh ah ar hosil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi. Har ikkalasi ham ishlab chiqarish tarm oqlarining joylashuvi, mujassamlashuvi bilan bog'liq.
Masalan, shahar hosil qiluvchi funksiyaga tashqi transport, sanoat, fan -texn ika, turizm, dam olish va hokazolar, ikkinchisiga ichki yo‘lovchi transporti, shahar aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi tarm oqlar kiradi. Demak, birinchisining ahamiyati asosan tashqariga, ikkinchisi — ichkariga qaratilgan bo‘ladi. Shaharlarning vujudga kelishi va joylanishiga turli omillar ta'sir ko'rsatadi. B u lar eng avvalo ishlab chqarish tarmoqlaridir.
Masalan, dastavval shaharlar hunarmandchilik va savdo tarm oqlarini joylashtirish asosida vujudga kelgan. Keyinchalik, mayda va «katta» sanoat, turli xil transport, fan-texnika kabilar shaharlar rivojlanishiga ta'sir etgan. Qadimda shaharlar karvon yo‘llari, kema qatnaydigan va sug‘orma dehqonchilik qilish imkoniyatini beradigan daryo bo‘ylarida, tepaliklarda, muhim harbiy-strategik mavqega ega bo‘lgan joylarda qurilgan. Hozirgi kunda ular har xil qazilma boylik konlari, dam olish maskanlari, universitet, ilmu fan, bank-m oliya tizimi asosida ham tashkil bo‘lmoqdalar.
Umuman shaharlarning joylanishiga ta’sir etuvchi omillarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Ular: tabiiy, iqtisodiy, ijtim oiy va siyosiy omillardir. Chunonchi, shaharni qurish uchun joy yaxshi tanlangan, uning mikrogeografik o‘rni, tabiiy sharoiti — yer usti tuzilishi, suv va boshqalar qulay bo‘lishi talab etiladi. Ayrim shaharlar ana shu sharoitlarni hisobga olinmaganligi sababli yaxshi rivojlanmay qolgan. Masalan, 60-yillarda barpo etilgan Yangiyer shahri Sirdaryo viloyatining markazi bo'lishi kerak edi (nomi ham yangi o‘zlashtirilgan, tashkil etilgan mazmunni anglatadi). Biroq, amalda bunday b o ‘lm adi, sabab — bu yerdagi kuchli shamol («Xovos shamoli») hisobga olinmagan edi.
Yurtimizda ko‘pgina qadimiy shaharlar borki, ular turli noqulay tabiiy sharoitlar ta'sirida rivojlanishdan to‘xtab qolgan va hozirgi kunda xarobalarga aylanib qolgan (Nasaf, Axsi, Afrosiyob, Pop, Tuproqqal'a va h.k.). Ularda suv toshqini, zilzila, surilma, yer osti suvi yuqoriligi tufayli cho‘kish kabi noxush hodisalar bo‘lgan. H ududiy urbanistik mujassamlashuv tushunchasi ham mavjud (I.M.Mayergoyz). U mamlakat ichki qismining katta shaharlar (ya'ni har birida aholi soni 100 ming kishidan ziyod) bilan ta'minlanganlik holatini anglatadi.
Masalan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining hududiy urbanistik tarkibi yaxshi, chunki ularning har qaysisida 3 tadan katta shahar mavjud. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bu daraja o ‘ta past — hatto viloyat m arkazi G uliston ham katta shaharlar qatoriga kirmaydi. Ko‘pincha mintaqalar iqtisodiyotini tahlil qilishda ularning ichki tafovutlari va shaharlar tavsifiga oxirgi o ‘rin ajratiladi.
Vaholanki, mamlakat yoki rayonlar xo‘jaligi, uning tarkibi va ixtisoslashuvi, rivojlanganlik darajasini o ‘rganishda uni shaharlar to ‘ri va tizimidan boshlash ham mumkin. Huddi shu o'rinda mamlakat mintaqaviy siyosatining uning urbanistik siyosati bilan uyg'unlashib ketishi, aloqadorligini ham ta'kidlash joiz. Shaharlarning klassifikatsiyasi, ya'ni katta-kichikligi bo‘yicha taqsimlanishi mamlakat yoki rayon xo‘jaligining hududiy tashkil etilganlik va rivojlanganlik xususiyatlarini aniq ifodalab beradi. Yuqorida keltirilgan misolimizda, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari turli bosqichdagi shahar joylariga ega.
Ayni paytda ularda sanoat ishlab chiqarishining joylashuvi va mujassam lashuvi ham rivojlangan. Sirdaryo viloyatida esa shaharlar to ‘ri va tizimi yaxshi rivojlanmagan. Chunki sanoat va boshqa shahar hosil qiluvchi tarm oqlarning o ‘zlari ham xuddi shunday darajada; ushbu viloyat hududining «iqtisodiy sig‘imi» yoki salohiyati ancha past bo‘lib, bu yerda ko‘zga ko‘rinadigan ishlab chiqarish markaz yoki qutblari juda oz.
Shaharlar iyerarxiyasining mukammalligi ishlab chiqarish kuchlarini yaxshi hududiy tashkil qilinganligining ko‘rsatkichidir. Agar aholi joylashuv tizimi monotsentrik, ya'ni asosan bir markazga qaratilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish ham notekis joylashgan bo‘ladi. Buni biz Lotin Amerikasi yoki Afrika mamlakatlari misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Sababi — bu mamlakatlarning ko‘pchiligida ishlab chiqarishning asosiy qismi ularning poytaxt yoki port shaharlarida mujassamlangan. Yuqoridagilardan ma'lum bo‘lishicha, shaharlar bilan ishlab chiqarishning joylashuvi va mujassamlashuvi orasida kuchli aloqadorlik m avjud bo‘lib, bu aloqadorlik ikki tomonlamadir.
Chunki, dialektik nuqtai nazardan har qanday ta'sir ozmi-k o‘pmi aks ta’sir bilan birga sodir b o ‘ladi. Shaharlar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish asosida vujudga keladi, yiriklashib boradi, ular shahar joylarning murakkab tizimi — aglomeratsiya va megalapolislarga aylanadi. Bu esa ishlab chiqarish mujassamlashuvining rivojlanib borishi, uning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi orqali amalga oshadi. Shu bilan birga katta va yirik shaharlar o ‘zlarining infrastruktura jihatidan yaxshi ta'minlanganligi (bu yerda malakali ishchi ko‘p, fan va texnika rivojlangan, iqtisodiy geografik o ‘rin ham qulay) tufayli o‘zlari ishlab chiqarishni joylashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, ya'ni ta’sir aks ta'sirga o ‘tadi.
Ishlab chiqarish tarm oqlarining o'ziga xos va o ‘ziga mos shahar hosil qilish qudrati bor. Masalan, tem ir yo‘l yoqasida ko‘proq kichik shaharlar vujudga keladi, konserva, vino yoki paxta tozalash zavodlari ham xuddi shunday shaharlarning moddiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni vaqtda yirik m ashinasozlik zavodlari, metallurgiya kombinatlari nisbatan kattaroq shaharlar rivojlanishini ta’minlaydi. Shaharlar sanoat markazi, shahar aglomeratsiyalari tugunlarini aks ettiradi.
Ularning hududiy ishlab chiqarish majmualarning, iqtisodiy rayonlar shakllanishidagi roli ham sezilarli. Jum ladan, iqtisodiy rayonlashtirishning m uhim om illaridan biri — bu yerda rayon hosil qiluvchi markazning borligidir. Agar bunday markaz shakllanmagan bo ‘lsa hudud ham iqtisodiy jihatdan hozircha rivojlanmagan, o ‘zlashtirilmagan. Demak, bu hudud alohida iqtisodiy rayonni tashkil etmaydi. Aksincha, agar ma'lum hududda bunday markazlar soni ko‘p va ular bir biridan uzoqroqda joylashgan bo‘lsa, u holda bu yerda keyinchalik shunga muvofiq bir nechta iqtisodiy rayon shakllanishi m um kin («bir qozonda ikki qo‘chqorning kallasi qaynamaydi», deyishadi).
O‘zbekiston va O‘rta Osiyo sharoitida shaharlarning to ‘ri va hududiy tizimining vujudga kelishida gidrografik omillarning ta'siri ham yuqori. Bu borada shaharlarning kattakichikligi bilan ularning suv resurslari hajmi o ‘rtasida qonuniy aloqadorlik mavjud. Qadimda daryo va daryochalarning quyilish qismida yoki deltasida suv miqdoriga mos holda shaharlar paydo bo‘lgan, ko'pgina soylar o'zlarining shaharlari, vohalari bilan ajralib turgan. Masalan, So‘x daryosi Q o‘qonga, Isfarasoy-Konibodom ga, Chortoqsoy va Namangansoy — Namanganga, Kosonsoy — Kosonsoy va To‘raqo‘rg‘onga, Shohimardonsoy M arg'ilonga hayot bag‘ishlagan.
Buxoroi Sharifning vujudga kelishi, Sharq islom dinining qubbati (markazi) maqomida mashhur bo‘lishi va, qolaversa, shaharning rivojlanishidagi qiyinchilik va muammolar ham qisman uning Zarafshon daryosining quyi qismida joylashganligi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda Samarqandning bu daryoning yuqori qism ida jo y lash g an lig i uni A m ir T em ur imperiyasining poytaxt qilib olinishida muhim omillardan biri bo‘lgan.
Aholining shahar va qishloq o‘rtasida taqsimlanishi. Ma’lumki aholining shahar va qishloq o‘rtasida taqasimlanishi darajasi joylarda sanoat bilan qishloq xo‘jaligining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston sanoatining yuksalishi natijasida Respublika aholisining shahar va qishloq o‘rtasida taqsimlanishda kata ijobiy siljishlar ro‘y berdi, ya’ni shahar aholisi salmog‘i tez o‘sdi. Agar 1897 yilda O‘zbekiston aholisining atigi 18,8 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1926 yilda 22,0 foizga, 1940 yilda 24,5 foiz, 1959 yilda 3,6 foiz, 1970 yilda 36,6 foiz, 1979 yilda 41,2 foiz va 1989 yilda 40,7 foizga, 2005 yilda esa u biroz pasayib 36,3 foizga tushib qoldi. Albatta, turli davrlarda shahar tushunchasi, uning xalq xo‘jaligidagi vazifasi, jamiyatdagi mavqeyi turlicha.

Download 5,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish