O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar



Download 48,9 Kb.
bet5/14
Sana26.04.2023
Hajmi48,9 Kb.
#931976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Humoyn 030752

Mebel tovorlari

Mebel kundalik ehtiyoj tovari bo’lish bilan birga xonadonning ko’rki hisoblanadi. Shu sababli respublikamizda mebel sanoati keng rivojlangan. Toshkent, Sam arqand, Farg’ona, Sirg’ali mebel birlashmalari, Andijon, Quva va Olmaliq mebel kombinatlari, «Yangiyo’lmebel» shirkati, Olmazor yumshoq mebellar fabrikasi, Jizzax va Rishton mebel fabrikalari mavjud.
Mebel ishlab chiqarishda, asosan, yog’och taxtasi, faner, yog’ochpayraha va yog’och-tola taxtalari, getinaks va lok ishlatiladi.
Mebel uchun ko ‘pincha oq qayin (beryoza), qora qayin (buk), qayrag’och (vyaz), elma (ilm ), akas (akatsiya), qandog’och (olxa), qarag’ay (sosna), tut, nok, em an (dub), qizil daraxt tilg’och (listvennitsa), terak, yong’oq. shumtol (yasen), oq qarag’ay (pixta) va zarang (klyon) ishlatiladi. Yog’och taxtalari kesilishi bo’yicha uch turga bo’linadi: ko’ndalang, bo’ylam a va qiya (tangental) kesilgan taxtalar. U larda yil halqalari tegishli tarzda aylana, uzunchoq va botiq shakllarda joylashgan. Fanerlar bir yoki ko’p qatlamli bo’ladi. Bir qatlamli fanerlar (shponlar) daraxtlar g’o’lalarini bo’ylamasiga tarashlash yoki aylanasiga shilish yo’li bilan olinali. Tarashlab olingan shponlar ko’p qatlamli faner, arzon yog’och va yog’och-payraha taxtalarning yuza tomoni uchun va shilish yo’li bilan olingan shponlar ko’p qatlamli finer hamda yog’och-payraha taxtalarning ichki qatlamlari hamda teskari tomonini qoplash uchun qo’llaniladi. Shponlar daraxt turiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh shponlar oq, qora qayin, qayrag’och, grab, elma, akas, qandog’och, qarag’ay va tutdan, ikkinchi guruh buralgan oq qayin, nok, eman, osiyo qayrag’ochi, kashtan, qizil daraxt, tilog’och, terak va shumtol daraxtlaridan olinadi. Mebel ishlab chiqarishda yog’och shponi o’rniga qoplama uchun melaminoformaldegid qatroniga botirib olingan qog’oz, polivinilxlorid, alkid, aldegid, poliefir va epoksid pardalaridan ham foydalaniladi. Ba’zan oq qayin shponi yoki qatronli qog’oz qoplangan yuzaga qimmatbaho yog’ochlarga o’xshatib naqsh solinadi (imitatsiya qilinadi). Yog’och-payraha taxtalari yog’och payrahalariga melaminoformaldegid qatroni qo’shib presslash yo’li bilan olinadi. Sirti yog’och shponi yoki melaminoformaldegid qatroniga botirib presslangan ko’p qavatli qog’ozdan bo’lgan getinaks bilan qoplanadi. Yog’och-tola taxtalari yog’och tolalari va qog’oz qiyqimlarini 240°C da presslab tayyorlanadi. Yog’och tarkibidagi pektin moddalari yelim vazifasini bajaradi. Loklash uchun nitroselluloza, karbamido formaldegid, poliefir va poliuretan loklari ishlatiladi. Bulardan poliefir loklari tiniqroq hamda issiqqa chidamliroq, karbamido-formaldegid loklari qattiqroq va poliuretan loklari pishiqroq bo’ladi. Loklangan yuzalar tashqi ko’rinishi bo’yicha uchga bo’linadi:
1. Yuzasi oynasimon yaltiroq. Savdoda polirovka qilingan yuza deyiladi. 2. Yuzasi silliq. Mayda chiziqchalar, pufakchalar va g’adir-budirliklari bo’lishi mumkin. Bu raspolirovka qilingan yuza hisoblanadi. 3. Yuzasi yaltiroq emas. Pardozlashda boshqa materiallar bilan o’yib naqsh solish usuli (inkrustatsiya) keng qoilaniladi. Masalan, tuzilishi romli mebellar anodlangan alum in tunukasi ishlatilib hoshiyalanadi. Yog’och taxtachalari yoki sadaf bo’lakchalari bilan pardozlansa, ular intarsiya va marketri nomlari bilan yuritiladi.
Mebel besh belgi bo’yicha tasniflanadi. Ishlab chiqarish usuli. Bu ko’rsatkich bo’yicha uch guruhga bo’linadi:
1. Duradgorlik mebellari. Ularning aksariyati turli daraxtlardan duradgorlik asboblari yordamida tayyorlanadi. Qismlari yaxlit taxtalardan (shchitlardan) yoki romli (hoshiyali) bo’lib, romning ichi alohida qismchalar bilan to’ldiriladi.
2.Egilgan va egib yelimlangan mebellar. Asosan qora qayindan bug’
yordamida egib tayyorlanadi. Qora qayin bug’ ta ‘sirida to’q qo’ng’ir rangga ega bo’ladi.
3.To’qima mebellar. Bular tol shoxlaridan to’qib tayyorlanadi.

Download 48,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish