2.2 Metall tovarlari assortimenti
Metall tovarlari ishlatilishi bo’yicha sakkiz guruhga bo’linadi: idish-to v o q lar, pichoqlar va oshxona anjomlari, uy mehnatini yengillashtiradigan, isitish, yoritish hamda eshik, deraza asbob-uskunalari, mahkamlash, hunarmandchilik hamda attorlik buyumlari.
Idish -tovoqlar cho’yan , p o’lat, alumin, latun, melxior va neyzilberdan ishlab chiqariladi. Cho’yandan qilingan qozonlar qalinligi uchun ovqatning tagi kuymaydi. Po’lat tunukasidan qilingan idishlar ruxlanadi yoki sirlanadi. Sirlangan idishlarning emal qatlami 60 grammli po’lat soqqaning 35 sm balandlikdan tushgan zarbasiga chidash beradi.
Alumin idishlarda nordon ovqatlar saqlash va sabzavot pishirish tavsiya qilinmaydi. Uning oksid qatlami kislotada eriydi. Alumin sabzavot tarkibidagi nitratlarni nitritlarga aylantiradi. Latun idishlarining sirti nikel va ichi qalay bilan qoplanadi. Faqat kimyo toslari qoplanmaydi. Qand mis hamda ruxning erishiga to’sqinlik qiladi. Melxior va neyzilber idishlari odatda kumush bilan qoplanib, serouglerod ta ‘sirida qoraytiriladi. Ingichka sim, sharikchalar qalaylab pardoz beriladi.
Pichoq va oshxona asboblari pichoqlar, qaychilar hamda oshxona to’plamlariga bo’linadi. Qaychining xo’jalik, cho’ntak, idora, bichiqchilik va sartaroshxona turlari bor. Vilka, qoshiq hamda ovqat pishirishda qo’llanadigan asboblar oshxona to’plam lari deyiladi.
Uyda foydalaniladigan asboblarga changyutkich, kir yuvish mashinasi, qiymalagich kabi asboblar kiradi. Isitish hamda yoritish asboblari degandagaz plitalari ham da kolonkalari, isitish radiatorlari, qozonlar, pechlar, kerosinka, kerogaz va primuslar, lampa hamda fonarlar tu^hiniladi. Eshik va deraza asbob-uskunalari tutqichlar, oshiq-moshiqlar, qulflar, prujina va zanjirlardan tashkil topadi. Mahkam lash buyum lariga boltlar, vintlar, bu ram a m ixlar, mixparchinlar va boshqa turdagi mixlar kiradi. Hunarmandchilik asboblari yog’ochga (arra, bolta, randa, iskana, parma) hamda metallga ishlov berish (egov, zubilo, sumba, parmadasta, burama kertik asboblari, qo’larra, bosqon, bolg’a, iskana), yig’ish (otvyortka, gayka kaliti, ombir, kaj ombir) va o’lchov asboblariga (jazval, ruletka, shtangensirkul, mikrometr bo’linadi. Maxsus guruhni qishloq xo’jaligi asboblari (bel, ketmon, o’roq, shoxqirqgich, so’qa dastagi, xaskash, panshaxa, kultivator) tashkil qiladi. Attorlik buyumlariga igna, ustara, kiyim ashyolari va turli bezaklar kiradi. Pichoqlar 0,7-1,0% uglerodi bor po’latdan yasalib, tuzilish bo’yicha yaxlit yoki ulama metall bo’lishi mumkin. Zanglamaydigan po’latdan ishlangan pichoqlar 3% sirka kislotasi va 1% osh tuzi eritm alari ta’siriga bardosh bera olishi zarur. Sharbat siqqichlar tuzilishi bo’yicha pishangli (richagli) va vintsimon chiqiqli (shnekli) turlarga bo’linadi. Pishangli sharbat siqqichlarda meva-sabzavot taxtakach (press) yordamida siqiladi. Vintsimon chiqiqli sharbat siqqichlarning tuzilishi go’shtqiymalagichlarga o’xshash.
Gaz plitalari 1-4 gorelkali va duxovkali bo’lib, ixcham (ko’tarib yuriladigan) turi suyultirilgan gaz bilan to’ldirilgan ballonda ishlaydi. Duxovkalarda harorat 25 daqiqada 285°C gacha ko’tariladi. Suyuq yoqilg’ida ishlaydigan asboblarda yonish jarayoni kerosinkalarda kerosin gorelkaga pilik yordamida uzatib turilishi, kerogazlarda ga/lashtirgich yordamida gorelkaga yonilg’i aralashmasi kelib turishi va primuslarda kerosinning nasos yordamida sochilishi natijasida sodir bo’ladi. Ko’tarib yurish uchun benzinda ishlaydigan primus ham ishlab chiqariladi.
Isitish qozoni uylarni radiatorlar orqali issiq suv bilan isitish uchun ishlatiladi. Ularning ish tarzi tabiiy aylanishga asoslangan. Issiq suv yengilligi uchun tizimning ustki qismida, sovigandan keyin esa uning ostki qismida harakat qilib turadi. Kerosin chiroqlarida pilikda shimdirilgan kerosin yonishi natijasida yorug’lik hosil bo’ladi. Ularning piligi yassi yoki aylana bo’lib, eni dyuymning o’ndan biri bo’lmish sham (liniya) o’lchov birligida o’lchanadi. C hiroqlar 3—, 5—, 7—, 10— va 2 0 — shamli qilib ishlab chiqarila d i. Aylana pilikli chiroqlarning pilik eni deb aylananing yarmi olinadi. Kerosin fonuslari yassi pilikli, shishasi esa metall qalpoqli bo’ladi. Yonish, uchun havo trubka orqali yetkaziladi.
Eshik va deraza tutqichlari qavssimon, tugmali (knopkali) va buram a dastali (falli) turlarga bo’linadi. Qavssimon tutqichlar panjalar orqali, tugmali va buram a dastali tutqichlar uzunchoq taxtacha (planka) orqali eshik hamda derazaga qoqiladi. Tugmali tutqichlar panjali ham bo’lishi mum kin. Oshiq-m oshiqlarning yopishtirma, o’yma, prujinali turlari mavjud. Yopishtirma oshiq-moshiqlar deraza va eshik ustiga qoqilib bo’linadigan ham da bo’linmaydigan bo’ladi. O’ym a oshiq-moshiqlar eshik va derazalarga o’yib o’rnatiladi. Ularning biri ikkinchi kartasi o’zagiga kiydiriladi. Prujinali oshiq-moshiqlar o’zidan-o’zi yopiladi. Oshiq-moshiqlar eshik va derazalarning o’ng hamda chap qanotlari uchun alohida ishlab chiqariladi. Qulflar tuzilishi bo’yicha yopishtirma, o’yma va osma, suvaldli, suvaldsiz, silindrli yoki raqam teriladigan turlarga ajratiladi.
Suvaldli qulflarning surma zulfini kalitning tili murakkab shakldagi temir taxtachalarni (suvaldlarni) ko’targanda suriladi. Silindrli qulflar zulfini kalitning tili turli uzunlikdagi o’zakchalarni ko’targanda silindr harakatga tushishi natijasida suriladi. Silindrli qulflarning pinhoniyligi yuqori. Suvaldsiz qulflarning tuzilishi sodda, kalitsiz bekiladi. Ularda zulfin vazifasini lo’kidon bajaradi. Qulflarning silindrli turining pinhoniyligi 2 ming, yopishtirma suvaldliniki 1,2 ming va o’yma suvaldliniki faqat 35 ta bo’ladi. Hamma qulflarga uchta kalit qo’shib sotiladi. Arralar ko’ndalang, bo’ylama, yoysimon kamalakli va qo’larra turlariga bo’linadi. Ko’ndalang arralarning ikkita dastasi bo’lib, tishlarining balandligi 14 mm bo’ladi. Bo’ylama arralarning ko’ndalang arralardan farqi dastasining bittaligida. Yoysimon arralar ensiz bo’lib, tishlarining balandligi 8 mm. dan ortmaydi. Kamalakli arralar ip bilan tortib yog’och moslamaga bog’lanadi. Qo’l arralar kalta bo’lib, uzunligi 615 mm. dan ortmaydi.
Randalash asboblari tig’ining tuzilishi bo’yicha sherxebel, randa, taxtaranda, sinubel, zenzubel va falsgobel turlari mavjud. Sherxebel randalarning tig’i bo’rtma-oval shaklida, eni 35 mm.ga teng. Ular yog’ochlarga xomaki ishlov berishda qo’llaniladi. Randalarning 50 mm.li to’g’ri chiziq shaklidagi tig’i yordamida yog’ochlarga yakunlovchi ishlov beriladi. Taxtarandalaming 65 mm. li tig’i bo’lib, uzunasi 700 mm.ga yetadi. Sinubelning 50 mm. li bo’ylama tarnovchalar o’yilgan tig’i bo’lib, yog’ochlarni yelimlashdan oldin sirtini g’adir-budir qilish uchun ishlatiladi. Zenzubel va falsgobellarda eni 21 va 15 mm. li trapetsiya shaklidagi tig’ bo’lib, taxtaning sirtiga yoki chetiga o’yiqeha hosil qilish uchun qo’llaniladi. Iskanalarning trapetsiya, to’g’ri chiziq va yarim aylana shaklida uchlari bo’lib, zarb bilan yog’ochlarda turli shaklda o’yiqlar hosil qilish uchun ishlatiladi. Parmalar yog’ochlarni teshish uchun ishlatilib, kesuvchi qismi burama (diametri 95 mm. gacha), parrak shaklida ikki keskichli (diametri 50 mm. gacha) va qoshiqsim on, (diametri 16 mm. gacha) bo’ladi. Ularning parm adasta yordam ida va usiz ishlaydigan turlari mavjud. Egovlar buyumlar sirtini silliqlash uchun ishlatilib, yirik tishligi rashpil hamda nozigi nadfil deyiladi. Metall kesuvchi asboblardan zubilaning kesuvchi qismi ponasimon bo’lib, chiniqtirilmagan metallarni kesish uchun, kreysmeysellar metall sirtida kichkina ariqeha o’yish uchun va sumbalar (borodoklar) tunukalarni teshish uchun foydalaniladi.
Gayka kalitlari keriladigan yoki kerilmaydigan, bir tomonlama, ikki tom onlam a, og’zi ochiq va yumiq, bo’ylam a ham da ko’ndalang turlarga bo’linadi. Gaykalarning diametriga qarab kalitlar turli nomerlarga ajratiladi. Ombirlarning yassi, yumaloq, oval va o’tkir jag’li turlari bo’ladi. Gayka, muflta va quvurlarni ushlab turib burash uchun ishlatiladigan jag’ini chuqurchasiga kertik solingan ombir, passatij, mixlarni sug’urish uchun ishlatiladigan ellips shaklida jag’i bor ombirlar kajombir (kleshchi) deyiladi. Asboblarning aksariyati tarkibida 0,7-1,0 % uglerodi borpo’latdan yasalib, ba’zilari, chunonchi egovlar, qo’ldasta arralar, parmalar va kertik kesuvchi metchiklar tarkibida 1,2-1,3% uglerodi bor po’latdan ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |