O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi plenumining
Qarori
“JINOIY JAZOLARNING LIBERALLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT, JINOYaT-PROTSESSUAL KODEKSLARI HAMDA MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI SUD AMALIYoTIDA QO‘LLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2004-yil 21 maydagi 6-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonunning qabul qilinishi sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur Qonun huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlar tomonidan to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash va yagona sud
amaliyotini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishi bilan qonunchilikdagi adolat va insonparvarlik tamoyillari kuchaytirilganligiga, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilganligiga huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlarning alohida e’tiborlari qaratilsin. Ular
qonun talabidan kelib chiqib, jazodan ko‘zlangan maqsad haqidagi dunyoqarash va tafakkurlarini o‘zgartirishlari zarur.
2. Chiqarilgan.
3. Chiqarilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 43-moddasiga kiritilgan o‘zgartish bilan jinoyat qonunchiligidan mol-mulkni musodara qilish jazo turi (JK 53-moddasi) jazo tizimidan chiqarilgan. Ayni paytda,
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli bo‘lgan jinoyat qurollarining musodara qilinishi, jinoyat narsa (predmet)larining davlat egaligiga o‘tkazilishi va jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulkning kimga tegishi bo‘lishining belgilanishi jinoiy jazo chorasi sifatida qaralmasligi va bu masalalar JPKning 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim.
Qonunga kiritilgan bu o‘zgartish dastlabki tergov organi va sudni shu moddalarda tutilgan holatlarda hamda yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun aybdorga tegishli mol-mulkni xatlash majburiyatidan ozod etmasligi e’tiborda tutilsin.
6. Chiqarilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
8. Chiqarilgan.
9. Chiqarilgan.
10. Yangi Qonun bo‘yicha Jinoyat kodeksining 182, 184, 188, 189, 190-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlik shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin yoki muayyan moddiy dizpozitsiyasida ko‘rsatilgan ma’lum bir miqdorni bergandagina vujudga kelishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Mazkur moddalarning muayyan qismlaridagi og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, shaxsning muqaddam ma’muriy jazoga tortilgan-tortilmaganligidan qat’i nazar, jinoiy javobgarlik vujudga keladi.
11. Chiqarilgan.
12. Tushuntirilsinki, Qonun amalga kiritilgunga
qadar hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Qonunga muvofiqlashtirilganda, ularga nisbatan amnistiya aktlari umumiy tartibda qo‘llaniladi.
13. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi sababli ayrim normalar amaldagi ba’zi Qonun me’yorlariga
muvofiq kelmaganda, ushbu Qonun bilan liberallashtirilgan normalar tatbiq etilishi e’tiborda tutilsin.
14. Qo‘shimcha jazo tariqasida mol-mulkning musodara etilishini nazarda tutuvchi, lekin Qonun amalga kiritilgan kunga qadar ijro etilmagan sud hukmlari ijro etilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma hukmning faqat mol-mulkni musodara qilish qismiga taalluqlidir.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni o‘tab bo‘lmagan shaxslarga tayinlangan
jazo turlari va choralari, basharti Qonunning tegishli moddasida nazarda tutilganiga nisbatan og‘irroq bo‘lsa, Qonunga muvofiq holga keltirish masalasi hukmlarni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga binoan jazoni o‘tash joylaridagi sudlar zimmasiga yuklatilgan. Bunda sudlar, jazo chorasini Qonunning tegishli moddasida belgilangan eng ko‘p jazo chorasiga qadar kamaytirishi lozimligi ko‘rsatilgan.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-avgustdagi mazkur Qonunni amalga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorining 7-8-bandlari).
Jinoyatlar jami yoki hukmlar majmui bilan sudlangan shaxslarga oid chiqarilgan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda mahkumga tayinlangan jazolar hajmining kamayishi, mutanosib ravishda unga o‘tash uchun qoldirilayotgan jazo miqdoriga ham ta’sir etishi zarurligiga sudlar mas’uliyat bilan qarasinlar.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha
Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar mazkur Qonunning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan tegishli sud nazorati olib borilishini ta’minlasinlar.
Ushbu qarorning bajarilishi yuzasidan 2002-yil birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha sud amaliyotini o‘rganib, tahlil qilish va taklif kiritish Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati zimmasiga yuklatilsin.
2001-yil 2-noyabr,
25-son