22-modda. Qonunchilik palatasi komissiyalari
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan
tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko‘zlangan maqsad va uning vakolatlari
belgilanadi.
Komissiyalar o‘z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi.
Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi
Reglamentida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Fraksiyalar
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-
yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |