O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 191,23 Kb.
bet5/5
Sana21.07.2022
Hajmi191,23 Kb.
#832890
1   2   3   4   5
T/r

Mintaqalar

2012-yilda aholi soni

Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni

Har 100 ming aholi hisobiga murojaatlar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1680,9

136

8,1

2.

Andijon viloyati

2672,3

247

9,2

3.

Buxoro viloyati

1683,8

219

13,0

4.

Jizzax viloyati

1166,7

274

23,4

5.

Qashqadaryo viloyati

2722,9

964

35,4

6.

Navoiy viloyati

873,0

253

29,0

7.

Namangan viloyati

2379,5

213

9,0

8.

Samarqand viloyati

3270,8

519

15,9

9.

Surxondaryo viloyati

2175,1

752

34,6

10.

Sirdaryo viloyati

727,2

165

22,7

11.

Toshkent viloyati

2644,4

754

28,5

12.

Farg‘ona viloyati

3229,2

390

12,1

13.

Xorazm viloyati

1601,1

250

15,6

14.

Toshkent shahri

2296,5

1375

59,9

O‘zbekiston Respublikasi

29123,4

6511

22,4

Eng ko‘p murojaat Toshkent shahri, Qashqadaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari aholisidan kelgan.
2012-yilda chet ellik fuqarolardan ularning huquqlarini himoya qilish masalalariga doir murojaatlar soni ko‘paydi. Bunday murojaatlarning asosiy qismi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining ombudsmanlari va fuqarolaridan kelib tushgan.

T/r

Manzil

Kelib tushgan murojaatlar soni

2012-yil

2011-yil

2010-yil

1.

Rossiya

388

12

143

2.

Qozog‘iston

44

4

3

3.

Ukraina

226

1

79

4.

Belorus

23

1

5

5.

Qirg‘iziston

8

1

2

6.

Germaniya

30

3

21

7.

Isroil

1

1

8.

Daniya

-

1

9.

Xitoy

-

1

10.

AQSh

10

1

10

11.

Moldova

53

-

19

12.

Buyuk Britaniya

-

-

8

13.

Kanada

4

-

3

14.

Shveysariya

-

-

3

15.

Estoniya

1

-

2

16.

Niderlandiya

-

-

1

17.

Turkmaniston

2

-

-

18.

Ozarbayjon

2

Jami:

792

26

299

Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari bo‘yicha vakilidan yettita murojaat; Krasnoyarsk viloyatining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan ikkita hamda Saratov, Kirov, Volgograd, Vladivostok, Samara, Ekaterinburg, Kemerovo, Ivanovo, Sverdlovsk viloyatlari, Primorye o‘lkasi Inson huquqlari bo‘yicha vakillaridan bittadan, Inson huquqlari bo‘yicha Qozog‘iston Milliy markazi direktoridan bitta murojaat kelgan.
Ushbu mamlakatlar ombudsmanlari hamda chet ellik fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar pasport va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olish, pensiyalar, nafaqalar to‘lash, din erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolardir.
Inson huquqlari sohasidagi qonunchilikning buzilishi holatlarini aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida Ombudsman davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Hisobot yilidagi faoliyat natijalariga ko‘ra murojaatlarning eng ko‘p soni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Resublikasi Qonuniga binoan Ombudsman mansabdor shaxslar va tashkilotlardan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rab olish huquqiga egadir. 2012-yil mobaynida Ombudsman tomonidan nafaqat materiallarni taqdim etish to‘g‘risidagi iltimoslar, balki inson huquqlari buzilishini bartaraf etishga doir tavsiyalar ham bayon etilgan 750 ta so‘rov davlat organlariga yuborildi.
Bundan tashqari, shikoyatlarni hal etish, nazorat funksiyalarini amalga oshirish, tekshirishlar o‘tkazish va inson huquqlariga rioya etilishi to‘g‘risida xolis axborot olish uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga fuqarolarning muayyan shikoyatlari bo‘yicha 209 ta topshiriq berildi.
196 ta murojaat ularda bayon etilgan dalillarni o‘rganish va fuqarolar huquqlarining buzilishiga oid aniqlangan faktlarga huquqiy baho berish uchun Ekspert guruhi a’zolariga berildi.
Hisobot yilida fuqarolarning takroriy shikoyatlari soni ortgan. Fuqarolarning kelib tushgan shikoyatlari va arizalari tahlili ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishni asossiz rad etish, shikoyatlarni yuzaki o‘rganish va tekshirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartib-taomillari va muddatlarini buzish hollari, shuningdek murojaatga noxolis javoblar yo‘llash, shikoyatlarni xatti-harakatlari hamda qabul qilgan qarorlari ustidan shikoyat qilingan mansabdor shaxslarga yuborish, bunday shaxslar tomonidan qo‘rqitish va tazyiq o‘tkazish hollari Ombudsmanga takroriy ravishda murojaat etishga sabab bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.
Kelib tushgan murojaatlarning tahlili bir qator vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari ishida fuqarolarning arizalari va shikoyatlarini har tomonlama xolis hamda o‘z vaqtida tekshirish, ularni tahlil etish talablarining buzilishi hollari kuzatilayotganligini ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning asosiy murojaatlariga nisbatan sansalorlik holatlari, e’tiborsiz, shavqatsiz, rasmiy-byurokratik munosabatda bo‘lish holatlariga chek qo‘yilmayotir. Muayyan shikoyat bo‘yicha maxsus tashkil etilgan komissiya a’zolarining xatlar mualliflari bilan uchrashmasligi, muammoni yuzaki va bir tomonlama o‘rganish hollari uchrab turibdi.
Mualliflar dastlabki murojaatlariga javob qaytarilmayotgani, quruq rasmiyatchilik uchun javob yozib yuborilayotgani, ko‘tarilgan masalalarga to‘liq javob qaytarilmayotgani yoki masalaning mohiyatiga ko‘ra javob berilmayotgani, shuningdek ijro hokimiyati va fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ayrim rahbarlari qabuliga kirish imkoniyati yo‘qligi haqida ta’kidlab o‘tganlar. Takroriy murojaatlar soni ortayotgani munosabati bilan Ombudsman takroriy murojaatlarning sabablarini aniqlash yuzasidan monitoring o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni hal qilishga doir faoliyati quyidagi muammolarni aniqlash imkonini berdi:
davlat organlari ayrim xodimlari va mansabdor shaxslarining huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi, ayrim rahbarlar hamda mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga nisbatan e’tiborsiz munosabatda bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga yuzaki yondashuvi davom etayotganligi. “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishi, ularni qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi, asosli javoblar qaytarishi, fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida bunday murojaatlarga olib kelayotgan sabablarni tahlil qilishi shart. Biroq Qonunning qoidalari har doim ham bajarilmayapti, bu esa fuqarolar murojaatlari, xususan takroriy murojaatlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda;
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish yoki ko‘rib chiqishni noqonuniy ravishda rad etish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishi, oldindan bila turib, asossiz, noqonuniy qaror qabul qilinishi, fuqaroning shaxsiy hayoti to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot taqdim etish yoxud ma’lumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolarning murojaatlariga doir qonun hujjatlari buzilishining boshqa holatlari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda, sud qarorlarining bajarilmasligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda;
davlat organlariga murojaat qilayotgan fuqarolarning huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi. Fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risida yetarli darajada xabardor emasligi, shikoyatlarida ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqish yuzasidan mutlaqo vakolatiga kirmaydigan organlarga murojaat qilishlari ish hajmining ortiqcha darajada ko‘payib ketishiga, shuningdek takroriy murojaatlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Takroriy murojaatlar asosan, fuqarolar bir vaqtning o‘zida bir necha tashkilotga murojaat qilgan hollarda kuzatilmoqda. Natijada ayni bir murojaatning o‘zi davlat organining tegishli bo‘limi tomonidan bir necha marta ko‘rib chiqilmoqda;
“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xatti-harakatlari yoki qarorlari ustidan shikoyat qilingan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan murojaatning ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq, amaliyotda bunday hollar hamon uchrab turibdi, bu esa fuqarolarning murojaatlari noxolis ko‘rib chiqilishi va hal qilinishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy ma’ruzasidagi qoidalarni ro‘yobga chiqarish uchun fuqarolarning huquq va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etish va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish;
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish tartibi va tashkil etilishini takomillashtirish, mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan ishlashining zamonaviy shakllaridan keng foydalanish, shu jumladan arizachilarning dalillarini qo‘shimcha ravishda tekshirish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarni jalb etgan holda, joyning o‘ziga chiqishni tashkil etish yo‘li bilan ish olib borish — bu esa, fuqarolarni tashvishlantirayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek asosli jamoaviy hamda takroriy shikoyatlarning paydo bo‘lishi sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish imkonini beradi;
davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish;
davlat organlari, shu jumladan sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishini ta’minlash;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga doir axborot-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish.
IV. Ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi sifatida ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini hayotga tatbiq etish jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirish, bunday nazoratni fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitlarida amalga oshirish hamda fuqarolarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Ombudsman mintaqaviy vakillarining fuqarolarni qabul qilish, ular murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini keng targ‘ib etish yo‘li bilan olib borgan faoliyati ham bu jarayonga faol ko‘maklashdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining 2011-yil 15-iyunda qabul qilingan 300-II/192-II-sonli Qo‘shma qarori bilan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 6 (1422), 35 — 46, 81 — 92-betlar) Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya tarkibi hamda uning Reglamenti tasdiqlandi.
2012-yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan shaxsiy qabullar, axborot-ma’rifiy tadbirlar paytida, shuningdek pochta orqali fuqarolardan 895 ta murojaat qabul qilindi va ishlandi.
Fuqarolar shikoyatlari hamda murojaatlarining asosiy qismi hal etildi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha huquqiy maslahat ko‘rsatildi yoki tushuntirish berildi. Shu bilan birga ilgarigi yillarda shikoyatlarni hal etish borasida to‘plangan ish tajribasidan: murojaatlardagi dalillarning xolisligini o‘rganish uchun joyning o‘ziga chiqish va faktlarni aniqlashtirish, mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlar, hamkorlikdagi ishchi guruhlar tuzish hamda Ombudsman milliy sheriklarining hududiy tuzilmalarini jalb qilish, sud majlislarida ishtirok etish va hokazolardan faol foydalanildi.
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi SQ-341–II-sonli qarorini amalga oshirishga ko‘maklashdilar.
Bunda parlament yuqori palatasining ushbu qarorini qo‘llanish tartibi haqidagi Nizomning 22-bandiga muvofiq, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari jamoatchilik nazoratini hamda amnistiya aktining qo‘llanilish tartib-taomillarining ochiqligini ta’minlash maqsadida ishchi guruhlar tarkibiga kiritildi. Bu — Ombudsman mintaqaviy vakillarining obro‘sini, ularga aholi hamda davlat organlari tomonidan bildirilayotgan ishonch ortib borayotganligidan dalolat beradi. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ishtirokida amnistiya aktini qo‘llash yuzasidan inson huquqlari va erkinliklariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish ilgarigi yillardan samaraliroq va mazmun-mohiyatiga ko‘ra chuqurroq bo‘ldi, chunki bunda ushbu yo‘nalishdagi uch yillik faoliyat tajribasi hisobga olindi.
Ombudsman mintaqaviy vakillari va ularning ekspertlar guruhi a’zolarini Ombudsmanning xorijiy sheriklari hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida ilg‘or ish uslublariga o‘qitish tajribasi davom ettirildi.
Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori loyihasiga binoan mintaqaviy vakillarning inson huquqlari sohasidagi bilimlarini oshirish uchun ular (yozgi maktabda) o‘qitildi. Mintaqaviy vakillarni zarur hujjatlar va materiallar bilan ta’minlash maqsadida Ombudsman Kotibiyati xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy ichki normativ hujjatlar amaliyotda qo‘llash uchun, shuningdek axborot-ma’rifiy adabiyot kutubxonani to‘ldirish uchun topshirildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Ombudsman institutining xalqaro ochiq-oydinligi uning mintaqaviy vakillari orqali ham amalga oshirildi.
Chunonchi, Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakil N. Nasimov Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi, “Britaniya — O‘zbekiston” Umumpartiya parlament guruhi raisi o‘rinbosari, baronessa V. Stern hamda xorijiy diplomatiya missiyalarining bir qator rahbarlari Ombudsman tomonidan qabul qilingan marosimda ishtirok etdi.
Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakil Sh. Safarov va Buxoro viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakil Z. Muhamedova Sloveniya Ombudsmani Zdenka Chebashek-Travnikni qabul qildilar.
Ombudsmanning Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy vakillari K.Adenauer nomli fond vakolatxonasi ko‘magida va taklif etilgan nemis ekspertlari ishtirokida tashkil etilgan “Ombudsman va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi: jamoatchilik nazorati bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba” hamda “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish orqali O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash” mavzularidagi seminar-konferensiyalarda faol ishtirok etdilar va so‘zga chiqdilar.
Hisobot yilida Ombudsmanning Buxoro va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy vakillari EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan tashkil etilgan “Ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi: Ombudsmanning roli va o‘rni” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar va so‘zga chiqdilar.
Ombudsmanning mintaqaviy tuzilmalari parlament palatalari qo‘mitalarining O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini monitoring qilish va ta’minlash bo‘yicha tadbirlarida, Ombudsman institutining korrupsiyaga va odam savdosiga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini davom etdilar.
Korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishga oid xalqaro hujjatlarga qo‘shilish bu jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili instituti hamda uning mintaqaviy vakillari faol ishtirok etishini oldindan belgilab berdi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-911-sonli qarorini bajarish va ular asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni ijro etish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Ombudsman milliy sheriklarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tarkibidagi quyi bo‘linmalari bilan faol hamkorlik qildilar. Ombudsman mintaqaviy vakillari huzuridagi Ekspert guruhlari a’zolarining katta qismi fuqarolik jamiyati institutlarining, aynan, xotin-qizlar qo‘mitalari, kasaba uyushmalari kengashlari, Advokatlar palatasi, bosma va elektron OAV va boshqalar mintaqaviy bo‘linmalarining eng faol qismini tashkil etadi. Jamoat tashkilotlari maslahat organlarining, OAV barcha turlarining imkoniyatlaridan mohirlik bilan foydalandilar. Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy vakillar mahalliy tele- va radiokanallar orqali huquqni himoya qilish mavzusi bo‘yicha bir necha bor chiqish qildilar. Ombudsman mintaqaviy vakillarining sa’y-harakatlari bilan viloyat, tuman va shahar darajasidagi mahalliy matbuotda, ko‘p tirajli va idoraviy bosma nashrlarda Ombudsman institutining faoliyati haqidagi materiallar muntazam berib borildi.
Jiddiy yutuqlar bilan bir qatorda, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida mahalliy miqyosda huquqni himoya qilish faoliyati samaradorligiga xalal berayotgan muammolar ham mavjud.
Turli sabablarga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Namangan va Navoiy viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakillari to‘g‘risidagi masalani hal etish vaqti keldi.
O‘zbekiston mintaqalarida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning o‘tkir hamda dolzarb muammolari ko‘tariladigan, Ombudsman mintaqaviy vakillarining joylarda inson huquq va erkinliklari ta’minlanishi ahvoli yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida eshitiladigan yillik axboroti hisobot yilida ayrim sabablarga ko‘ra hamma mintaqalarda ham ko‘rib chiqilmadi. Ayni bir vaqtda, Andijon, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakillar esa fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi amaldagi qonunchilik va mahalliy qonunosti hujjatlarini tahlil qilish bo‘yicha o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir o‘z takliflarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga muntazam ravishda taqdim etib kelmoqdalar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ayrim omillar mintaqaviy miqyosdagi ishlar samaradorligini jiddiy tarzda pasaytirdi, bu esa, mazkur tuzilmalar faoliyati vakolatini markaziy va mintaqaviy miqyosda huquqiy hamda moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash zarurligidan yana bir bor dalolat beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 1999-yilda ilgari surilgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari institutini ta’sis etish g‘oyasi 2000-yildayoq hayotga tatbiq etildi.
Mintaqaviy vakillar faoliyatining o‘n yildan ortiq vaqt davomidagi tajribasi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishining dastlabki davrida hamda boshlang‘ich darajasida oldini olish maqsadida parlament Ombudsmanining fuqarolik jamiyati va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, hokimiyat tuzilmalarining fuqarolar manfaatini yanada to‘liqroq ta’minlashga yaqinlashuvi, davlat boshqaruvining ochiq-oydinligi va transparentligi tartibini yaratish hamda jamoatchilik nazorati tizimini shakllantirishning samarali shaklini taklif etgan Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘ra olganligidan dalolat beradi.
V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasida fuqarolar ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyati
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlatni yanada rivojlantirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yuksak huquqiy madaniyatni talab etadi, bunday madaniyatni shakllantirishning muhim sharti esa, huquqiy ta’lim va ma’rifatdir. Inson huquqlari sohasidagi huquqiy ma’rifat va ta’limning asosiy maqsadi — insoniy qadr-qimmat hamda inson shaxsining qadrini qaror toptirishdan, o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qila bilishdan, faoliyati inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish bilan bog‘liq barcha davlat xizmatchilarining professional mahoratini oshirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida huquqiy ma’rifatning o‘rni va ahamiyatini baholashdan katta o‘zgarishlar yuz berdi. Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” mavzuidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, bugungi kunda aholining ijtimoiy faolligi, uning siyosiy va fuqarolik ongi sezilarli darajada oshganligi kuzatilmoqda, mamlakatimiz islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiyalash yo‘lidan sobitqadamlik bilan ilgarilab borayotganligi fuqarolar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Inson huquqlari va erkinliklari, fuqarolarning Inson huquqlari bo‘yicha vakil Kotibiyatiga kelib tushgan murojaatlariga javob qaytarish yo‘li bilan bu huquqlarni himoya qilish shakllari va usullari sohasidagi ma’rifiy ishlar; shaxsiy qabulda fuqarolarga inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maslahatlar berish; aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish — 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining fuqarolar ijtimoiy ongini oshirish ishlariga ko‘maklashishga doir faoliyatining yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Davlat organining ochiqligini oshirish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha vakil hamda uning Kotibiyati xodimlari tomonidan mamlakatimiz mintaqalarida fuqarolarning sayyor qabullari amalga oshirildi, “ishonch telefonlari” orqali va on-layn rejimida maslahatlar berish amaliyoti davom ettirildi.
Davlat organlari mansabdor shaxslarining, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar xodimlarining va umuman, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish ham hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakilning huquqiy ma’rifat sohasidagi faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining inson huquqlari madaniyatini shakllantirish va huquqiy bilimlarni targ‘ib etish sohasidagi rolini kuchaytirish, K.Adenauer nomli fond vakolatxonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Ombudsman va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi: jamoatchilik nazoratining milliy va xorij tajribasi” mavzuidagi konferensiyalar turkumi davom ettirilib, ular Buxoro (20-21-fevral), Termiz (15-16-mart), Guliston (19-20-aprel), Farg‘ona (14-15-may), Andijon (14-15-iyun) va Navoiy (19-noyabr) shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish — fuqarolar huquqlari va erkinliklari himoyasini ta’minlashning muhim tarkibiy qismi” mavzuida o‘tkazilgan o‘zbek-nemis ilmiy-amaliy seminarlari ham davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbirlarni amalga oshirishning tizimli mexanizmlarini joriy etishga ko‘maklashdi. Bunday seminarlar Buxoro (22-fevral), Termiz (17-mart), Guliston (21-aprel), Farg‘ona (16-may), Andijon (17-iyun), Navoiy (20-noyabr) shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligini oshirish, jamiyatda va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan bu sohadagi o‘zaro hamkorligini tashkil etishning xorij tajribasini o‘rganish kabi ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqish maqsadini ko‘zlaydi.
Ilmiy-amaliy seminarlar ishida germaniyalik ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, tadqiqot markazlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
K.Adenauer nomli fond ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ilmiy-amaliy seminarning o‘tkazish tashabbuskori bo‘ldilar.
Seminar ishi davomida o‘zbekistonlik va germaniyalik ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillari huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mutlaqo yangi modelini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri ekanligini alohida ta’kidladilar. Shu munosabati bilan ham huquqni muhofaza qiluvchi tizim xodimlarining huquqiy madaniyatiga huquqiy davlatni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri, jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish omili sifatida qarash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishini ta’minlash, ularning o‘tkazilayotgan islohotlar ochiq-oydinligi va samaradorligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirishda ijtimoiy sheriklikka muhim ahamiyat berish zarurligi alohida ta’kidlangan. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili bilan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni rivojlantirish, joylarda gumanitar muammolarni hal etish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish borasidagi o‘zaro hamkorligi shakllari va usullarini takomillashtirishga doir takliflarni muhokama qilish hamda ishlab chiqish maqsadida 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda “Ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi: Ombudsmanning o‘rni va roli” mavzuidagi davra suhbatlari turkumini davom ettirdi. Bunday tadbir Buxoro (23-may), Farg‘ona (15-16-noyabr) shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish sohasida sheriklikni; mehnat munosabatlari sohasida ijtimoiy sheriklikni; ta’lim va aholining huquqiy savodxonligini oshirish sohasida ijtimoiy sheriklikni, shuningdek Ombudsmanning NNT va davlat organlari bilan sherikligini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Ishtirokchilar inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligiga doir faoliyatning xalqaro tajribasini, demokratik huquqiy davlat barpo etish sharoitlarida Ombudsmanning davlat organlari, nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildilar, fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirish muammolari o‘rganildi.
O‘zbekiston va Germaniya sudlari faoliyati misolida inson huquq hamda erkinliklarini sudda va suddan tashqari himoya qilish institutlarining o‘zaro hamkorligi borasida tajriba almashish, shuningdek sud-huquq islohoti doirasida sud organlari va Ombudsman o‘rtasida hamkorlik qilish maqsadida 2012-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan K.Adenauer nomli fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Inson huquqlarini sudda va suddan tashqari himoya qilish mexanizmlari samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish asnosida tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatini ta’minlash istiqbollari haqida xabardor qilish; O‘zbekiston Ombudsmani hamda O‘zbekiston va Germaniyaning sud organlari faoliyati tajribasi, inson huquqlarini sudda va suddan tashqari himoya qilish mexanizmlarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida axborot almashish masalalarini muhokama qilish davra suhbatining asosiy vazifalaridan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazi, Sudyalar uyushmasi, Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti vakillari, Ombudsmanning Ekspert guruhi a’zolari va mintaqaviy vakillari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligiga va Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusiga ko‘ra 2012-yil 10-dekabr kuni Toshkent shahrida “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning, O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi o‘zaro hamkorligi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy poydevorini yaratgan mamlakatimiz Asosiy Qonuni qabul qilinganligining shonli 20 yilligi sanasiga hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan ushbu davra suhbatini o‘tkazish tashkilotchilari bo‘ldilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lini tanlab, inson hamda uning huquq va erkinliklarini jamiyatning eng oliy qadriyati, deb e’lon qilganligini ta’kidladilar. Mamlakatimizda asosiy maqsadi erkin, mustaqil, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishdan iborat bo‘lgan qat’iy davlat siyosati ishlab chiqilgan va u izchil amalga oshirilmoqda.
Aholining huquqiy xabardorligi va huquqiy madaniyati davlat organlari mansabdor shaxslari hamda xodimlarining o‘z kasb majburiyatlarini vijdonan bajarishlariga, o‘z amaliy ishlariga qonun hujjatlarining tatbiq etilishiga xizmat qiladi. Shu boisdan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili hisobot davrida huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning vakillari uchun mahorat darslari o‘tkazish tajribasini davom ettirdi.
Qaror topgan an’anaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish doirasida Oliy kurslarning prokuratura organlari quyi tuzilmalari vakillaridan iborat tinglovchilari bilan mahorat darslari o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar nafaqat prokuratura organlarining yosh xodimlariga parlament Ombudsmani to‘g‘risida axborot olish, balki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining faoliyati to‘g‘risidagi video materiallarni tomosha qilish imkoniyatini ham yaratdi.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan mamlakatimiz fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha faol hamkorlik davom ettirildi. Ombudsman vakillari tomonidan vazirlik, uning boshqarmalari xodimlari hamda mazkur mahkamaning ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlari tinglovchilari bilan mashg‘ulotlar va suhbatlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish ana shu hamkorlik bo‘g‘inlaridan biridir. Parlament Ombudsmani tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari davomida ichki ishlar organlari xodimlari inson huquqlari bo‘yicha milliy institut faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishdilar, muayyan vaziyatlarga oid ko‘plab savollarga javob oldilar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining faoliyati to‘g‘risidagi video materiallarni tomosha qildilar.
O‘zbekiston Ombudsmani institutining faoliyati va funksiyalariga ilmiy yuridik jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bildirildi. Chunonchi, Toshkent Davlat yuridik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti yuridik fakultetining fan nomzodi va magistr ilmiy darajalarini olish bo‘yicha izlanuvchilari ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, maslahatlar olish, shuningdek doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalar bo‘yicha fikr-mulohazalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisiga bir necha bor murojaat qildilar.
Hisobot yili mobaynida Ombudsman Kotibiyatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji talabalari va o‘quvchilari o‘quv amaliyoti hamda stajirovka o‘tdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining aholi huquqiy ongini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatida Kotibiyat xodimlari, Ombudsman mintaqaviy vakillari, shuningdek Ekspert guruhi a’zolarining kasb tayyorgarligini takomillashtirishga alohida ahamiyat bermoqda. Kotibiyat xodimlari, Ombudsman mintaqaviy vakillari hamda Ekspert guruhlari a’zolari malakasini va ularning faoliyati samaradorligini oshirish masalalarida Ombudsman mintaqaviy vakillarining ko‘nikmalarini rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini samarali ko‘rib chiqish bo‘yicha bilim va amaliy tajribalarni takomillashtirish imkonini beruvchi turli mavzularga bag‘ishlangan Yozgi maktablarni tashkil etish va o‘tkazish, davlat organlari, sudlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek mintaqaviy vakillar faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va muhokama qilish masalalari alohida o‘rin tutadi.
EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorining “Ombudsman institutini rivojlantirishga ko‘maklashish — V bosqich” loyihasi doirasida 2012-yil 23 — 27-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashishga taalluqli masalalarga oid xalqaro huquq normalari va milliy qonun hujjatlari” mavzuida yozgi maktab tadbiri o‘tkazildi. Mazkur trening maqsadi — Ombudsman hamda uning mintaqaviy vakillarining davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini chuqurlashtirish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishga taalluqli murojaatlarni qo‘rib chiqish va hal qilish borasidagi faoliyat samaradorligini kuchaytirish, xalqaro andozalar hamda milliy qonun hujjatlari sohasidagi bilimlar darajasini oshirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
2012-yilda Vakil hamda uning Kotibiyati xodimlari turli davlat tuzilmalari va nohukumat tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalarda faol ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) noshirlik faoliyati ham fuqarolarning huquqiy ma’rifati oshishiga xizmat qildi. Hisobot davrida Inson huquqlari bo‘yicha vakilning, Kotibiyat xodimlari va joylardagi vakillarning inson huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan maqolalarini nashr qilish borasidagi ishlar davom ettirildi.
Fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaat qilish imkoniyatini ta’minlashda qo‘shimcha vositaga aylangan rasmiy sayt yordamida fuqarolarning huquqiy ma’rifatini oshirish ishlari ham Vakil tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Sayt ishi, geografik olisligidan qat’i nazar, Internet-tarmoqdan foydalanuvchilarning o‘z huquq va erkinliklariga daxldor bo‘lgan dolzarb huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa axborotlardan foydalanishiga, shuningdek Vakil bilan aholining o‘zaro hamkorligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘mak berishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasida fuqarolar ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashishga doir faoliyatini tahlil qilish jamiyatning demokratiya yo‘lidan ildam rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqligidan dalolat bermoqda.
Shu bilan birga ham bugungi kunda huquqiy ta’lim va huquqiy ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga qaratilgan Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini qabul qilish va hayotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi o‘z ma’ruzasida “...Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak”, deb alohida ta’kidladi.
Ana shu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishini, fuqarolarda qonunga itoatkorligining yanada ortishini ta’minlaydi.
VI. Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga muvofiq, Ombudsman instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Ushbu hamkorlikni amalga oshirishning asosiy prinsiplari inson huquqlari hurmat qilinishi va ularga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek inson huquqlarini rag‘batlantirish maqsadida uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirishdan iboratdir.
Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir amaliy faoliyati quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asoslanadi:
inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;
xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga a’zolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
inson huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro institutlarini hamda inson huquqlarini himoya qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning huquqni himoya qiluvchi milliy institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash;
inson huquqlari masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazish va ularda ishtirok etish;
O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotni xalqaro jamoatchilik o‘rtasida tarqatish.
Faoliyat davrida O‘zbekiston Ombudsmanining BMT Taraqqiyot dasturi, Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, Evropa Ittifoqi Komissiyasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi faol rivojlanmoqda.
Ombudsman institutining institutsional salohiyatini mustahkamlashga va uning mintaqaviy vakillarini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek Ombudsmanning davlat organlari, jumladan sudlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligining shakl va usullarini takomillashtirish maqsadida Ombudsman tomonidan EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda 2010 — 2012-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasi Ombudsman institutining rivojlanishiga ko‘maklashish — V bosqich” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xorijiy mamlakatlar Ombudsman institutlarining ish usullari bilan tanishishga qaratilgan o‘quv safarlarini tashkil etish va o‘tkazish Inson huquqlari bo‘yicha vakil bilan EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori hamkorligining yo‘nalishlaridan biridir. 2012-yilning 26-noyabridan 1-dekabrigacha bo‘lgan davrda Inson huquqlari bo‘yicha vakil delegatsiyasining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasida tajriba almashish uchun Polsha va Gollandiyaga o‘quv safari tashkil etildi.
2012-yilda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan Ombudsman o‘rtasidagi hamkorlik davom etdi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan 2010 — 2015-yillarga mo‘ljallangan mamlakat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasining 4.42-bandini amalga oshirish doirasida BMT Taraqqiyot dasturining “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar salohiyatini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu tadbir tashkilotchilaridan biri ham Ombudsmandir.
Hisobot yilida birgalikda konferensiya va seminarlar, davra suhbatlarini o‘tkazish orqali K.Adenauer nomli fond vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik davom ettirildi.
Xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga a’zolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor bergan holda, Ombudsman Xalqaro Ombudsman instituti va Evropa Ombudsman instituti faoliyatida o‘z ishtirokini davom ettirdi, bu axborot almashinuvi, materiallar e’lon qilish, rahbar organlarni saylash tadbirlarida hamda inson huquqlari masalalari va Ombudsmanlar faoliyatiga doir tadbirlarda ishtirok etish orqali amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda, bunday hamkorlik xorijiy hamkasblar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida muloqotlarni rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha vakil Xalqaro Ombudsman instituti va Evropa Ombudsman instituti, shuningdek Osiyo Ombudsmanlar uyushmasi a’zosi hisoblanadi.
Mavjud davlatlararo hamkorlik aloqalari butunlay yangi gumanitar yo‘nalish, ya’ni xorijiy ombudsmanlar o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari bilan boyimoqda. Inson huquqlari bo‘yicha vakil Evropa, Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining ombudsmanlari bilan o‘zaro amaliy aloqalar o‘rnatgan. Ayrim ombudsmanlar bilan rasmiy hamkorlik munosabatlari o‘tgan yillar davomida ishonchli va amaliy sheriklik munosabatlariga aylandi, bunday munosabatlarni chuqurlashtirish esa insonning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalarida maslahatlashuv va tajriba almashishga xizmat qiladi.
2012-yilning 27-28-fevral kunlari “Ombudsman instituti faoliyatining fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish (o‘z tashabbusiga ko‘ra surishtiruv o‘tkazish va xulosalar tayyorlash) masalalari bo‘yicha xorijiy tajribasi” mavzuida seminar-trening “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nohukumat tashkilotlari markazi ko‘magida O‘zbekiston Ombudsmani tashkilotchiligida bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda Sloveniya Ombudsmani Zdenka Chebashek-Travnik ishtirok etdi. Seminar-treningning maqsadi O‘zbekiston Ombudsmani va Sloveniya Ombudsmani o‘rtasida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish (o‘z tashabbusiga ko‘ra surishtiruv o‘tkazish va xulosalar tayyorlash) masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Seminar-trening ishida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, milliy sheriklari va NNT vakillari ishtirok etdilar.
Zdenka Chebashek-Travnik boshchiligidagi Sloveniya Ombudsmani delegatsiyasining tashrifi doirasida 2012-yil 29-fevral kuni Sloveniya Ombudsmani delegatsiyasi ishtirokida “Inson huquqlari tizimida xotin-qizlar va bolalar huquqlari: xalqaro hamda milliy jihatlar” mavzuida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Sloveniya Ombudsmani Zdenka Chebashek-Travnik Sloveniya Ombudsmanining bolalar huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida nutq so‘zladi, xotin-qizlar va bolalar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash hamda uni himoya qilishda O‘zbekiston Ombudsmani institutining roli haqida S. Rashidova axborot berdi. Munozaralarda so‘zga chiqqan milliy sheriklarning vakillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Ombudsman bilan o‘zaro hamkorligi, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida Ombudsman bilan o‘zaro hamkorligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar va bolalar huquqlariga doir xalqaro standartlarni hayotga tatbiq etish borasidagi faoliyati to‘g‘risida so‘zladilar.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalarining, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvlar davomida Ombudsman inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Ombudsman faoliyati, uning tomonidan mamlakatimiz mintaqalarida inson huquqlarini monitoring qilish natijalari, milliy va xorijiy sheriklar, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik, “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, mintaqaviy vakillar faoliyati to‘g‘risida axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyati butun jahon hamjamiyatining e’tiborini tortmoqda. Keyingi yillarda Evropa ombudsman institutlarigina emas, balki Osiyo davlatlarining ombudsman institutlari ham O‘zbekiston Parlament ombudsmanining faoliyatiga alohida qiziqish bildirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutiga alohida e’tibor qaratilayotgani shu bilan bog‘liqki, O‘zbekistondagi Ombudsman instituti Markaziy Osiyo hududida birinchi bo‘lib tashkil etilgan va u xorijiy ombudsman institutlari o‘z faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan darajada yetarli ish tajribasi to‘pladi, mazkur xorijiy institutlarda esa inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimi institutlarini tashkil etish keyingi 10 yil mobaynida yuz bermoqda.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida davlatimizni rivojlantirish strategiyasi bayon etilgan bo‘lib, bunda asosiy e’tibor inson huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash masalalariga qaratilgan. Shu tufayli ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat-huquqiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini shakllantirish va takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining huquqiy maqomini oshirish va uning faoliyatini kuchaytirish jarayonlari xorijlik hamkasblarimizda alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
2011-yilda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolar huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi, Janubiy Koreya Ombudsmani Kim Yan Ran xonim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili bilan doimiy aloqalar o‘rnatish maqsadida ikki tomonlama bitim tuzish taklifi bilan murojaat qildi.
Shu munosabat bilan 2012-yil 6-sentabr kuni Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolar huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi Kim Yan Ran xonim taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) S. Rashidova boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston — Koreya munosabatlarining kelgusidagi istiqbollari muhimligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili hamda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolar huquqlari bo‘yicha komissiyasi o‘rtasida samarali hamkorlikni, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida Seul shahrida “Ombudsman hamda inson huquqlarini himoya qilish: O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tajribasi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi, shuningdek Hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv haqida memorandum imzolandi. Memorandumga muvofiq tomonlar axborot almashish, konferensiyalar va treninglar o‘tkazish, ikkala davlatning fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalarida ko‘maklashish, xalqaro tashkilotlarda o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida birgalikda maqolalar e’lon qilish yo‘li bilan ombudsman institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishib oldilar.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil instituti bilan xorijiy mamlakatlarning xuddi shunday institutlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yiladigan aloqalar ombudsmanlar faoliyati haqida xabardor bo‘lish darajasini oshirish imkonini beradi. O‘zaro tajriba almashishga hamda inson huquqlarini himoya qilish va unga rioya etish borasidagi ish samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi, pirovard natijada Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasida e’lon qilingan g‘oyalarni rivojlantirish va ilgari surish jarayoniga hissa qo‘shadi.
Ombudsman va uning xodimlari inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy anjumanlar ishida faol qatnashdilar. Chunonchi 2012-yilda Markaziy Osiyo ombudsmanlarining xalqaro konferensiyasida (Xelsinki shahri, Finlyandiya), “Favqulodda vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzuida Boku shahrida (Ozarbayjon) o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada, Kiyev shahrida BMT Taraqqiyot dasturining Evropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha Bratislava mintaqaviy markazi ko‘magida tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish va kommunikatsiyalar strategiyasi” mavzuida o‘tkazilgan uch kunlik treningda ishtirok etdilar.
Hisobot yilida Ombudsmanning xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning ombudsmanlari, shuningdek diplomatiya missiyalari bilan hamkorligi yangi shakl va mazmun kasb etdi. Ombudsmanning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini tahlil qilish xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy muassasalari bilan inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, uni himoya qilish va rag‘batlantirish masalalari borasida uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik o‘rnatilganligidan dalolat beradi.
Xulosa
O‘zbekistonning huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan sobitqadamlik bilan borishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasiga asoslangandir.
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat va jamiyat qurilishining barcha tomonlarini isloh qilishning yanada to‘liq ta’minlanishi sohasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qo‘llash amaliyotida, odil sudlov organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, shuningdek inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqni muhofaza qilish faoliyatida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida o‘zining to‘liq tasdig‘ini topdi va qo‘llanildi.
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy qudratimizni mustahkamlash, hayotimizning barcha jabhalarida islohotlarni chuqurlashtirish, davlat va fuqarolik jamiyatining ijtimoiy sheriklik rolini hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ular mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi hozirgi shart-sharoitlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishga doir davlat siyosatini faol amalga oshirish maqsadida Ombudsmanni yo‘naltiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan belgilab berilgan qonun loyihalarini muhokama etish va qabul qilishga, inson hamda fuqaro huquq va erkinliklarining yanada to‘liqroq ta’minlanishi va himoya qilinishiga har tomonlama ko‘maklashish;
O‘zbekistonda inson huquqlarining barcha toifalarini har tomonlama ro‘yobga chiqarish, aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishning yangi mexanizmlari va yo‘llarini izlab topish, shuningdek davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tashkilotlarining inson huquqlarini rag‘batlantirish sohasidagi hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini samarali amalga oshirishda ishtirok etish;
Ombudsmanning huquqni ta’minlovchi vazifalarini samarali amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish;
2013-yil “Obod turmush yili” deb e’lon qilinganligiga asoslanib fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat va fuqarolik institutlari faoliyatining barcha tomonlarini isloh qilishga ko‘maklashish;
inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid jamoatchilik monitoringini rivojlantirishga qaratilgan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazish.
2012-yil Ombudsman instituti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi asosida mamlakatimiz fuqarolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash va himoya qilish borasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 64-modda)

Download 191,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish