O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 191,23 Kb.
bet1/5
Sana21.07.2022
Hajmi191,23 Kb.
#832890
  1   2   3   4   5



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida”gi 609-II-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-mart,
SQ-373-II-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risida
HISOBOT
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy ma’ruza mamlakatimizni jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo‘lidan rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishidan iborat konstitutsiyaviy prinsipni hayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat qilish vazifalari rolini kuchaytirish, saylovga oid qonun hujjatlarini va bozor iqtisodiyotining qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud qarorlarining ijro etilishi tizimini takomillashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali faoliyatini ta’minlash sohasida bir qator muhim normativ hujjatlar qabul qilindi va chora-tadbirlar ko‘rildi, bundan maqsad butun sud-huquq tizimini muntazam ravishda va izchil demokratlashtirishdan iborat edi.
Prezident I. Karimov tashabbusi bilan 2012-yil Mustahkam oila yili deb e’lon qilindi, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishga, uning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tegishli Davlat dasturi qabul qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish, fuqarolarning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda bu institutlarning roli va ahamiyatini kuchaytirish borasida izchil hamda tizimli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2012-yildagi faoliyatida quyidagilar ustuvor yo‘nalish bo‘ldi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan inson va fuqaro huquq hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bilan bog‘liq inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
axborot-ma’rifiy faoliyatni olib borish yo‘li bilan inson huquqlari sohasida fuqarolarning ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashish;
davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishga ko‘maklashish.
Hisobot davrida Inson huquqlari bo‘yicha vakil davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘li bilan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va sud tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishining yangi yo‘llarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasini bajarish maqsadida tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish, inson huquqlari monitoringini o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyati hamda Inson huquqlari bo‘yicha vakilning joylardagi vakillari faoliyati, Ombudsmanning davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning inson huquqlari sohasidagi maslahat-kengashuv organlari ishida, axborot-ma’rifiy faoliyatda va xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi to‘g‘risidagi axborotlar jamlangan.
Ombudsmanning 2012-yildagi hisoboti, avvalambor, fuqarolarning murojaatlarida ko‘rsatilgan faktlarni tahlil qilishga va ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha xulosalarga; fuqarolarni shaxsan qabul qilish vaqtida Inson huquqlari bo‘yicha vakil hamda uning Kotibiyati xodimlari tomonidan olingan ma’lumotlarga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha Komissiya a’zolarining materiallari va axborotlariga; fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan faktlar yuzasidan o‘z shaxsiy surishtiruv materiallariga; shuningdek Inson huquqlari bo‘yicha vakil instituti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalariga; konferensiyalar va seminarlarning tahliliy materiallariga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi inson huquqlarining ta’minlanishiga doir vaziyat to‘g‘risida ushbu hisobotda keltirilgan materiallar Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalashga oid maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda tegishli organlar tomonidan foydalanilishiga ishonch bildiradi.
I. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashishga doir faoliyat
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatimizni yanada modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish sharoitida milliy qonunchilikni hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga, shuningdek mansabdor shaxslar va aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy hujjatida ilgari surilgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi davlatimiz va jamiyatimizni tadrijiy rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati barpo etishni huquqiy jihatdan ta’minlash milliy qonunchiligimizda o‘z aksini topdi. Mamlakatimizda mazkur dasturiy hujjatning istiqbolni belgilovchi qoidalarini qonun yo‘li bilan mustahkamlash borasida keng ko‘lamda mashshaqatli ish olib borilmoqda va ushbu qoidalarning ko‘pi qabul qilingan hamda kuchga kirgan huquqiy hujjatlarda ham o‘z aksini topdi.
Masalan, 2012-yil davomida mamlakatimizda fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarini ta’minlashning kafolati bo‘lgan qonun hujjatlari qabul qilindi. Chunonchi, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Saylov erkinligining bundan buyon ham ta’minlanishi va saylovga oid qonun hujjatlarining rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.
Ko‘rsatib o‘tilgan qonun hujjatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha jabhalarida insonning konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklari himoya qilinishi va amalga oshirilishining samarali huquqiy mexanizmini ta’minlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq hamda erkinliklariga samarali rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash uchun qabul qilingan qonunlarni kundalik hayotga tatbiq etish masalasi har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Qonun jamiyatni boshqarishning universal vositasi, barcha davlat organlari faoliyatining, har bir fuqaro xulq-atvorining normasiga aylanmoqda.
Qonunlarning amaldagi samaradorligini va qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqligini baholash, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan huquq hamda erkinliklarni ta’minlovchi qonun hujjatlarini parlament tartib-taomillaridan foydalanish yo‘li bilan takomillashtirishga ko‘maklashish imkoniyatini yaratadi.
Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha faoliyat samaradorligi qonunlar va qonun loyihalarini har tomonlama puxta huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga bog‘liq bo‘lib, xususan, shu munosabat bilan huquqiy himoya ekspertizasi, ayniqsa, muhimdir. Chunki bunday ekspertiza normativ-huquqiy hujjat to‘laqonli bo‘lishining muhim omilini – uning inson huquqlarini himoya qilishga qaratilganligini hisobga olish imkonini beradi.
Fuqarolar murojaatlarini, monitoring tadqiqotlarini o‘rganish va tahlil qilish Inson huquqlari bo‘yicha vakilga qonunlarning amal qilishi samaradorligini baholash, inson huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tadqiq qilish va ularning sabablarini o‘rganish, qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taqdim etish, inson huquqlari sohasidagi holatni yaxshilashga qaratilgan qonun loyihalarini tayyorlash va ularni qonunchilik tashabbusi subyektlari orqali parlament muhokamasiga kiritish, qonun hujjatlarida aniqlangan takomillashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga murojaat qilish; Vakilning hisobotlarida qonun hujjatlarining mukammal bo‘lmagan jihatlari to‘g‘risida axborot, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqida takliflar taqdim etish, shuningdek inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, xalqaro huquq normalariga, O‘zbekiston Respublikasi rioya etishni o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish imkonini beradi.
Bu vakolatlarni amalga oshirish maqsadida Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, parlament palatalarining qo‘mitalari, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari hamda deputatlar birlashmalari bilan o‘zaro yaqindan hamkorlikni amalga oshirgan.
2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining mamlakatimiz qonun chiqaruvchi organi bilan o‘zaro hamkorligi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining yalpi majlislarida, parlament eshituvlarida, palatalar Kengashlari va qo‘mitalarining yig‘ilishlarida ishtirok etish;
parlament qo‘mitalari, hukumat va boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish hamda qonun loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash;
qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish;
parlament qo‘mitalarining nazorat-tahlil faoliyatida ishtirok etish;
BMT shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarish hamda milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqlashtirishga doir milliy harakat rejasini tayyorlash va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
inson huquqlari bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish yakunlari yuzasidan axborot taqdim etish;
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish.
Qonun loyihalarini navbatdagi muhokamaga tayyorlash va qabul qilish bosqichlarida inson huquqlari masalalari bo‘yicha qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish Ombudsmanning davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi oliy organi bilan o‘zaro hamkorligining muhim omilidir.
Hisobot yilida Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ishlab chiqilgan 20 dan ortiq qonun loyihalarining huquqiy ekspertizasi amalga oshirildi.
Qonun loyihalari yuzasidan qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda umume’tirof etilgan xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga, qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga, qonun hujjatlaridagi mavjud kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflar taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan quyidagi qonun loyihalari yuzasidan takliflar berildi: “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Mikromoliyalash sohasining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 356-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar.
Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakil davlat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ayrim nodavlat tashkilotlar tomonidan yuborilgan qonun loyihalari hamda normativ xususiyatdagi boshqa hujjatlar bo‘yicha takliflarni o‘rganish va taqdim etishga doir ishlarni davom ettirdi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa, samarali bo‘ldi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Inson huquqlari bo‘yicha vakil Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish borasidagi ishlarda faol qatnashdi.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining konsepsiyasini rivojlantira borib, Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturi loyihasi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini yanada rivojlantirishni, qonunchilik bazasini takomillashtirishni, aholining turli guruhlari huquqlarini yanada samarali ta’minlashga doir aniq chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Loyihani ishlab chiqish jarayonida Ombudsman tomonidan inson huquqlariga doir xalqaro andozalarni milliy qonun hujjatlariga va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek davlat organlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, monitoring qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish masalalari yuzasidan takliflar kiritildi.
Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturining qabul qilinishi inson huquqlarini ta’minlash jarayoni sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tishiga, davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimini xalqaro huquq tizimlari bilan muvofiqlashtirishga, inson huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishini kuchaytirishga, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ombudsman hamda uning vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, parlament eshituvlarida, inson huquqlari va erkinliklariga taalluqli qonun loyihalarini muhokama qilish vaqtida qo‘mitalar va ishchi guruhlarning faoliyatida ishtirok etishi 2012-yilda Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishdagi ishtirokining faol shakli bo‘ldi.
Hisobot yilida Ombudsmanning Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari bilan hamkorligi inson huquqlarining turli jihatlariga taalluqli qonunlarni faqat ekspertizadan o‘tkazishdagina emas, balki inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi yakunlari bo‘yicha axborot almashishda, birgalikdagi uchrashuvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazishda, inson huquqlari sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishda ham o‘z aksini topdi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil inson huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qat’iy o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etdi. Afsuski, mazkur vakolatlar doirasi nihoyatda tor bo‘lib, unga qonunchilik tashabbusi huquqi kirmaydi. Buning ustiga, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalarida qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish tartib-taomillarida ishtirok etishi parlament palatalarining reglamentlarida tartibga solinmagan. Ularda Inson huquqlari bo‘yicha vakilga qonun loyihalari yuzasidan rasman xulosalar kiritish imkonini beruvchi qoidalarning yo‘qligi Ombudsmanning qonun hujjatlarini takomillashtirishda samarali ishtirok etish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Ombudsman qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida sanab o‘tilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga ko‘rib chiqish uchun yuborish huquqiga ega. Ular esa Inson huquqlari bo‘yicha vakilning takliflarini qabul qilishlari yoki rad etishlari mumkin. Bunday noqulay tartib Inson huquqlari bo‘yicha vakilning o‘z hamkorlari bilan yozishmalari miqdorini sezilarli darajada ko‘paytiradi va qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirmaydi.
Parlament Ombudsmani hamda uning joylardagi vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining amnistiya to‘g‘risidagi aktlarini amalga oshirishda ishtirok etishi Senat bilan Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘rtasidagi hamkorlikda alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarorining qo‘llanish tartibi haqida”gi 342-II-sonli qaroriga muvofiq oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash, amnistiya aktini qo‘llanish vaqtida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amnistiya aktining qo‘llanilishi tartib-taomili davomida keng jamoatchilik nazoratini amalga oshirish zarurati nazarda tutilmoqda. Chunonchi, mazkur amnistiya aktini amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz mintaqalari darajasida hududiy komissiyalar, shuningdek jamoatchilik nazoratini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilgan. Bu ishchi guruhlar tarkibiga Inson huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakillari ham kiritilgan. Tarkibida senatorlar, mahalliy Kengashlar vakillari bo‘lgan ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etayotgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida bo‘lib, mahkumlar bilan suhbatlar o‘tkazishdi, ularning shaxsiy ishlari bilan batafsil tanishib chiqdilar va materiallarning amnistiya aktini qo‘llash bo‘yicha sudlarda ko‘rib chiqilishida ishtirok etdilar.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, Ombudsman inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi. Chunonchi, 2012-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan Universal davriy ko‘rib chiqishni amalga oshirish doirasida O‘zbekistonning Ikkinchi milliy ma’ruzasini tayyorlash uchun materiallar taqdim etildi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining so‘roviga binoan Ombudsman “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyaga doir Fakultativ bayonnomani bajarish bo‘yicha O‘zbekistonning Boshlang‘ich ma’ruzasi ko‘rib chiqilishi munosabati bilan qo‘shimcha va yangilangan axborotga taalluqli Savolnoma uchun axborot taqdim etdi. Bundan tashqari, Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMTning Irqiy kamsitishga oid konvensiyasi qoidalarining bajarilishiga doir sakkizinchi, to‘qqizinchi davriy ma’ruzani tayyorlashda ishtirok etdi.
Inson huquqlarining amalga oshirilishi va himoyasini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan sud organlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. 2012-yilda Ombudsmanning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining loyihalarini ko‘rib chiqish vaqtida uning majlislarida ishtirok etish orqali davom ettirildi.
Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning ajrimlari to‘g‘risida”gi, “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonun hujjatlari qo‘llanishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumlarining Qo‘shma qarori loyihasi yuzasidan takliflar taqdim etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakilning inson huquqlariga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishga ko‘maklashish hamda ushbu hujjatlarni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha faoliyatini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, mazkur faoliyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari bilan hamkorlikda samarali amalga oshirilmog‘i lozim. Inson huquqlari bo‘yicha vakil fuqarolar, nohukumat tashkilotlar bilan bevosita ish olib borib, fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlarini, inson huquqlarining turli toifalariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring tadqiqotlarini tahlil qilish asosida, keng jamoatchilik manfaatlarini himoya qilgan holda, ular yuzasidan tegishli tavsiyalar taqdim etish orqali, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti natijalari istiqbolini belgilashga ko‘maklashadi.
Shunday qilib, qonunlarning amaldagi samaradorligi va qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqligi yuzasidan monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni aniqlash Ombudsmanga parlament tartib-taomillaridan foydalanish yo‘li bilan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan huquqlari va erkinliklarini ta’minlovchi qonunlarni takomillashtirishga ko‘maklashish imkonini beradi.
II. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringi
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha monitoring tekshiruvlarini o‘tkazish Ombudsman faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan monitoring tadqiqotlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qo‘llash faoliyatida ushbu qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2011-yildagi tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Toshkent shahri misolida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali munosib hayot kechirish huquqini ta’minlash monitoringi amalga oshirildi. To‘plangan tajriba va monitoring materiallari Mustahkam oila yili deb e’lon qilingan 2012-yilda Ombudsman tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarning ta’minlanishi monitoringini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari mamlakatimiz rahbariyatining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Uning xalqimiz mentaliteti va milliy an’analarimizga ko‘proq mos keladigan uning oilaviy tadbirkorlik kabi an’anaviy shakliga alohida ahamiyat berilmoqda. Qadim davrlardanoq O‘zbekiston Respublikasida oilaviy an’analar mavjud bo‘lib, unga muvofiq kasb mahorati sirlari, yillar davomida to‘plangan sarmoya va hayotiy tajribalar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ishonch, o‘zaro hurmat hamda o‘z sulolasi va kasbidan faxrlanish — oilaviy biznesning asosiy alomatlari bo‘lib, u mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan birga sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisida so‘zlagan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida: “...bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi. Mamlakatimizda biznes tashkil qilishning ushbu shakli biznes yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi”, deb alohida ta’kidladi.
Shu munosabat bilan oilaviy biznesning davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash maqsadida davlat tomonidan bu sohadagi huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi Farmoyishi bilan tasdiqlangan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ishlab chiqilishi va 2012-yil 26-aprelda uning qabul qilinishi mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Ushbu Qonunga binoan oilaviy tadbirkorlikka oilaviy korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan, oila a’zolarining umumiy yoki ulushli mulki negizida va ularning bevosita mehnati ishtirokida tashkil etilgan xo‘jalik faoliyatining alohida tashkiliy-huquqiy shakli sifatida qaraladi. Bugungi kunga qadar bunday Qonunning mavjud emasligi o‘z faoliyatini iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun bir qator huquqiy muammolarni keltirib chiqarar edi, shuning uchun ham Qonunning maqsadi oilaviy tadbirkorlik kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli sifatida iqtisodiyotning turli sohalarida rivojlanishi uchun zarur huquqiy bazani yaratishdan, oilaviy biznes uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlari va shart-sharoitlari ta’minlanishi monitoringi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirildi.


Download 191,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish