T/r
|
Kelib tushgan murojaatlar
|
2012-y.
|
2011-y.
|
2010-y.
|
1.
|
Ombudsmanning markaziy ofisiga,
shu jumladan:
|
7658
|
7134
|
7124
|
mamlakatimiz mintaqalaridan
|
6511
|
6862
|
6753
|
chet ellik fuqarolardan
|
792
|
26
|
299
|
jazoni ijro etish muassasalaridan
|
168
|
155
|
49
|
manzilsiz jo‘natilgan murojaatlar
|
29
|
20
|
6
|
Internet orqali
|
138
|
50
|
17
|
xorijiy mamlakatlar ombudsmanlaridan
|
20
|
21
|
22
|
2.
|
Takroriy
|
3710
|
2653
|
1983
|
3.
|
“Ishonch telefoni” orqali
|
563
|
702
|
624
|
4.
|
Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga
|
895
|
749
|
888
|
Jami
|
12826
|
11238
|
10619
|
Murojaatlarning asosiy qismi Ombudsman Kotibiyatiga pochta orqali tushgan bo‘lib, ular 6 267 ta shikoyatni tashkil etdi. Keyingi vaqtda murojaatlarni elektron pochta orqali qabul qilish amaliyoti kengayib bormoqda. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida murojaatlarning boshqa bir shakli ham keng qo‘llanmoqda, bu Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlarining shaxsiy qabuli vaqtida fuqarolarning davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat va arizalarini qabul qilishdir. Chunonchi, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlari tomonidan 1 391 ta murojaat qabul qilindi.
13 ta shaxsiy qabul vaqtida Ombudsman tomonidan fuqarolarning 251 ta murojaati qabul qilindi, 152 ta shikoyat va ariza nazoratga olinib, mohiyatiga ko‘ra hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi, 99 ta ariza bo‘yicha Ombudsman tomonidan og‘zaki tushuntirish berildi.
Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan, fuqarolar murojaatlarida keltirilgan dalillarni tekshirish alohida o‘rin tutadi. Ana shu maqsadda fuqarolarning inson huquqlari aniq buzilganligidan dalolat beruvchi va Ombudsman vakolatiga kiradigan murojaatlari nazoratga olinadi. Hisobot yilida 2 730 ta murojaat Ombudsmanning nazoratida bo‘ldi. Umuman olganda, 2012-yilda fuqarolarning 452 ta murojaati yuzasidan ijobiy qaror qabul qilindi.
Fuqarolar shikoyatlarining xususiyati va ularda ko‘tarilgan masalalar o‘ziga xos bir ko‘rsatkich bo‘lib, ular jamiyatdagi mavjud muammolarni, davlat organlari ishidagi kamchiliklarni aniqlashtirishda salmoqli o‘rin tutadi, shuningdek ularni bartaraf etish yuzasidan eng samarali chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi.
Fuqarolar huquqlarining buzilish holatlari aniqlangan alohida murojaatlar bo‘yicha Ombudsman tomonidan 2012-yil mobaynida 10 ta xulosa tayyorlanib, ulardan uchtasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga va yettita xulosa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi. Shulardan Ombudsmanning ikkita xulosasi o‘z tasdig‘ini topdi va ijobiy hal etildi.
Hisobot yilida Ombudsman uchta shaxsiy tekshiruvini o‘tkazdi, tekshiruvlar jarayonida inson huquqlarining qo‘pol buzilishi holatlari aniqlandi, ularni bartaraf etish maqsadida Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga xulosalar yubordi, shulardan Ombudsmanning bitta xulosasiga binoan sud qarori bekor qilinib, ish qayta ko‘rib chiqishga yuborildi.
Fuqarolarning shikoyatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish Ombudsman o‘z ish yurituviga qabul qilgan murojaatlarning mavzusi unchalik o‘zgarmaganligini tasdiqlaydi. Hamon, fuqarolar murojaatlarining eng ko‘p qismi ularning shaxsiy huquqlariga rioya etilmasligi va himoya qilinmasligi masalalari (4 125 ta murojaat), shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlash masalalari (2 238 ta murojaat) bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Ombudsmanning fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir faoliyatida yashashga, erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etilishi va uning himoya qilinishini ta’minlash masalalari alohida o‘rin tutadi.
2012-yilda fuqarolarning erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan huquqlari ta’minlanishiga doir murojaatlari soni 1 658 ta shikoyatni tashkil etdi, shu bilan birga hisobot yilida tergovning olib borilishi jarayonidan (404 ta murojaat), shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlaridan (571 ta murojaat) norozilik to‘g‘risidagi shikoyatlar ko‘rsatkichi bir muncha kamaydi.
Ombudsman nomiga kelgan xatlarni o‘rganish jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida insonning qonuniy huquqlari va manfaatlarini kamsitishga oid ko‘plab holatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda, bu ayrim xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlarida, ularning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarmayotganligida, noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish hollarida namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarida o‘tkazilayotgan tekshirishlarning xolisligiga shubha bildiradilar, surishtiruv va tergov harakatlari natijalaridan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi ekanliklarini, bu esa, ushlab turish va tergovni olib borish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning g‘ayriqonuniy harakatlarida, tergov qilinayotganlarga nisbatan taqiqlangan usullarni qo‘llashda aks etayotganini bayon qiladilar. Ko‘pgina shikoyatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar ayrim xodimlari tomonidan, xususan, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan o‘z mansab vakolatlari oshirilishi oqibatida shaxsiy daxlsizlik, erkinlik hamda xavfsizlikni himoya qilish muammosi bilan bog‘liqdir.
Fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlari buzilayotgani to‘g‘risidagi murojaatlarni tahlil qilish, shuningdek 2008-yildan bunday shikoyatlar sonining ko‘payganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatida qonun ustuvorligi prinsipiga hamda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq holatga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishni talab etadi.
Sud himoyasiga va odil sudlovga bo‘lgan huquq insonning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.
Sud himoyasiga bo‘lgan huquq inson huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlaridan biri sifatida mamlakatimiz aholisi aksariyat qismining ehtiyojiga aylanganligi o‘tkazilayotgan islohotlarning natijalaridan biridir.
Sud himoyasiga bo‘lgan huquqning ta’minlanishi borasidagi muammolar eng keskin muammolardan bo‘lib qolmoqda. Fuqarolarning sud qarorlaridan noroziligi aks etgan murojaatlarining yillik ko‘rsatkichi 1 325 ta shikoyatni tashkil etdi.
Shikoyatlarning katta qismi avvalambor fuqarolarning sud muhokamasi ishtirokchilari surishtiruvchi, tergovchi, sudyalarning protsessual harakatlarni olib borishidan noroziligi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, bu murojaatlarda fuqarolar protsessual qonun hujjatlariga rioya etilmayotganligini bayon qilib, o‘z huquqlarini himoya qilishda Ombudsmanning sud majlisida ishtirok etishini va bunday holatga huquqiy baho berilishini, ular yuzasidan yuqori turuvchi sudga tegishli xulosalar yuborilishini iltimos qiladilar.
Odil sudlovga bo‘lgan huquq bilan bog‘liq 578 ta murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olindi. 67 ta murojaatda keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb topilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini tiklashga doir chora-tadbirlar ko‘rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |