T/r
|
Mintaqalar
|
Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni
|
Jami
|
100 ming aholi soniga
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
150
|
8,9
|
2.
|
Andijon viloyati
|
226
|
8,5
|
3.
|
Buxoro viloyati
|
227
|
13,5
|
4.
|
Jizzax viloyati
|
263
|
22,5
|
5.
|
Qashqadaryo viloyati
|
1012
|
37,2
|
6.
|
Navoiy viloyati
|
269
|
30,8
|
7.
|
Namangan viloyati
|
221
|
9,3
|
8.
|
Samarqand viloyati
|
576
|
17,6
|
9.
|
Surhondaryo viloyati
|
837
|
38,5
|
10.
|
Sirdaryo viloyati
|
174
|
23,9
|
11.
|
Toshkent viloyati
|
740
|
28,0
|
12.
|
Farg‘ona viloyati
|
383
|
11,9
|
13.
|
Xorazm viloyati
|
219
|
13,7
|
14.
|
Toshkent shahri
|
1565
|
68,1
|
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
6862
|
23,6
|
Murojaatlarning eng ko‘p soni Toshkent shahri, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan kelib tushdi.
2011-yilda fuqarolar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakat fuqarolaridan olingan murojaatlar soni kamaydi. Bunday murojaatlarning asosiy qismi MDH mamlakatlaridan kelib tushdi.
T/r
|
Adresat
|
Kelib tushgan murojaatlar soni
|
2010-yil
|
2011-yil
|
1.
|
Rossiya
|
143
|
12
|
2.
|
Qozog‘iston
|
3
|
4
|
3.
|
Ukraina
|
79
|
1
|
4.
|
Belarus
|
5
|
1
|
5.
|
Qirg‘iziston
|
2
|
1
|
6.
|
Germaniya
|
21
|
3
|
7.
|
Isroil
| |
1
|
8.
|
Daniya
| |
1
|
9.
|
Xitoy
| |
1
|
10
|
AQSh
|
10
|
1
|
11.
|
Moldova
|
19
|
-
|
12.
|
Buyuk Britaniya
|
8
|
-
|
13.
|
Kanada
|
3
|
-
|
14.
|
Shveysariya
|
3
|
-
|
15.
|
Estoniya
|
2
|
-
|
16.
|
Niderlandiya
|
1
|
-
|
|
Jami:
|
299
|
26
|
Xorijiy davlatlar Ombudsmanlaridan ham murojaatlar kelib tushganini ta’kidlash joiz. Masalan, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga doir to‘rtta murojaat Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, bitta murojaat Krasnoyarsk oblastining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, ikkita murojaat Sverdlovsk oblastining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan va Tatariston, Oltoy o‘lkasi, Volgograd oblastining Inson huquqlari bo‘yicha vakillaridan bittadan murojaat olindi, Saratov oblasti va Perm o‘lkasining Inson huquqlari bo‘yicha vakillaridan ikkitadan murojaat olindi. Shuningdek, Qirg‘iziston Inson huquqlari bo‘yicha vakili to‘rtta va Qozog‘iston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori ham fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi bitta murojaat yubordi. Xorijiy mamlakatlar Ombudsmanlari va chet el fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar pasport va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar olish, pensiya olish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini aniqlash va fuqarolar murojaatlarini hal etish maqsadida Ombudsman davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Hisobot yilidagi faoliyat natijalariga ko‘ra murojaatlarning eng ko‘p qismi O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Ombudsman fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni mansabdor shaxslar va tashkilotlardan so‘rab olish huquqiga egadir. 2011-yil mobaynida Ombudsman tomonidan davlat organlariga 853 ta so‘rov yuborildi, ularda faqat materiallarni taqdim etish to‘g‘risidagi iltimoslar emas, balki inson huquqlari buzilish holatlarini bartaraf etishga doir tavsiyalar ham bitilgan.
Bundan tashqari, shikoyatlarni hal qilish, nazorat vazifalarini amalga oshirish, tekshirishlar o‘tkazish va inson huquqlariga rioya etilishiga doir xolis axborot olish uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga fuqarolarning muayyan shikoyatlari yuzasidan 242 ta topshiriq berildi.
317 ta murojaat, ularda bayon etilgan dalillarni o‘rganish va fuqarolarning huquqlari buzilishi bo‘yicha aniqlangan dalillar yuzasidan yuridik baholash uchun Ekspert guruhi a’zolariga yuborildi.
Hisobot yilida fuqarolarning takroriy murojaatlari soni ortdi. Fuqarolardan kelib tushgan shikoyat va arizalar tahlili ko‘rsatdiki, Ombudsmanga takroran murojaat qilishga murojaatlarni ko‘rib chiqishni asossiz rad etish, shikoyatlarni yuzaki o‘rganish va tekshirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, taomili va muddatlarining buzilishi, shuningdek murojaatlarga noxolis javob yo‘llash, shikoyatlarni harakati va qarori ustidan shikoyat qilingan mansabdor shaxslarning o‘ziga yuborish holatlari sabab bo‘lmoqda.
Kelib tushgan murojaatlar tahlili ko‘rsatadiki, bir qator vazirliklar, boshqarmalar, mahalliy hokimiyat organlari ishlarida fuqarolarning ariza va shikoyatlarini har tomonlama xolisona va o‘z vaqtida tekshirish talablarining buzilishi holatlari, fuqarolarning asosli murojaatlariga nisbatan sansalorlik, e’tiborsizlik, befarqlik bilan, rasmiy-byurokratik munosabatda bo‘lishga barham bermaslik hollari kuzatiladi. Muayyan shikoyat bo‘yicha tuzilgan komissiyalar xat mualliflari bilan uchrashmasliklari, muammoni yuzaki va bir tomonlama o‘rganish holatlari uchraydi.
Mualliflar o‘zlarining dastlabki murojaatlariga javoblar yo‘qligini, yuzaki rasmiy javoblar, qo‘yilgan masalalarga to‘liq bo‘lmagan yoki masalaning mohiyatiga aloqasiz javoblar berilishi, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ayrim rahbarlari huzuriga kira olmasliklarini ko‘rsatadilar. Takroriy murojaatlar ko‘paygani munosabati bilan Ombudsman takroriy murojaatlar sabablarini aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ombudsmanning fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish borasidagi faoliyati quyidagi muammolarni aniqlashga imkon berdi:
davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi, ayrim rahbarlar va mansabdor shaxslarning qonun hujjatlari normalari va talablariga mensimay munosabatda bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga yuzaki yondashishi. “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar o‘z vakolati doirasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqish, shuningdek ularga asoslangan javob qaytarishga majbur. Biroq qonunning qoidalari har doim ham ijro etilmayapti, bu esa fuqarolarning murojaatlari, ayniqsa, takroriy murojaatlari sonining o‘sishiga olib kelmoqda;
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish yoki ko‘rib chiqishni noqonuniy rad etish, ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishi,
oldindan asoslanmagan, noqonuniy qaror qabul qilish, ishonchli bo‘lmagan axborot taqdim etish yoki fuqaroning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor etish,
shuningdek, fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa buzilishlari. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati fuqarolarning ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda, sud qarorlarini bajarmaslik hamon jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda;
davlat organlariga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqiy madaniyati past darajada ekanligi. Fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risida yetarli darajada xabardor emas, ularning o‘z shikoyatlarida ko‘tarayotgan masalalarni ko‘rib chiqish vakolat doirasiga kirmaydigan organlarga murojaat qilishlari ortiqcha ishlarning ko‘payib ketishiga, shuningdek takroriy murojaatlar soni ortib ketishiga olib kelmoqda. Takroriy murojaatlar asosan, fuqarolar bir vaqtning o‘zida bir necha tashkilotga murojaat qilgan hollarda yuzaga kelishi kuzatilmoqda. Natijada, ayni bir murojaatning o‘zi davlat organining tegishli bo‘limida ikki va undan ko‘p marotaba ko‘rib chiqilmoqda;
“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xatti-harakati yoki qarori ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan mazkur murojaatning ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq amaliyotda bunday holatlar hamon uchrab turibdi, bu esa fuqarolar murojaatlarining noxolis ko‘rib chiqilishiga va noto‘g‘ri hal etilishiga olib kelmoqda.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish hamda huquqni ijro etish amaliyotini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan idoraviy nazoratni kuchaytirish;
fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish tartibini va tashkil etishni takomillashtirish, shuningdek, vakolatli organlar va tashkilotlarni jalb qilish bilan joylarga chiqib murojaat qiluvchilarning dalillarini qo‘shimcha tekshirishni tashkil etishni inobatga olgan holda mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan ishlashining zamonaviy shakllaridan keng foydalanish. Bular fuqarolarni xavotirga solayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etishga, shuningdek, asosli jamoaviy va takroriy shikoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun choralar ko‘rishga imkon beradi;
davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, davlat hokimiyati organlari va fuqarolar o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish;
davlat organlari, jumladan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki ta’minlash;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishida OAV rolini kuchaytirish.
IV. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati
Mamlakatni rivojlantirish strategiyasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini amalga oshirish jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirish, ularni fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitlarida amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning faol ishtiroki uchun zamin yaratdi. Bu jarayonga Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati ham fuqarolarni qabul qilish va ulardan murojaatlar qabul qilish, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqa, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini keng targ‘ib qilish yo‘li bilan faol ko‘maklashdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya va uning Reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining 2011-yil 15-iyundagi 300–II/192–II-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 6 (1422), 35 — 46, 81 — 92-betlar).
2011-yilda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan shaxsiy qabul, axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish
davomida, shuningdek, pochta orqali fuqarolarning 749 ta murojaati qabul qilindi va ishlab chiqildi.
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga murojaatlar umumiy sonining bir oz kamayganligi ularning yangilanishi jarayoni, shuningdek ularning Ekspert guruhlari tarkibiga o‘zgartishlar kiritilgani bilan bog‘liq. Shikoyat va murojaatlarning asosiy qismi hal qilindi, huquqni himoya qilish masalalariga oid huquqiy maslahatlar yoki tushuntirishlar berildi. Bunda shikoyatlarni hal etishning avvalgi yillarda ishlangan: murojaatlardagi dalillar xolisligini o‘rganish va faktlarni aniqlash uchun joylarga chiqish, mansabdor shaxslar bilan uchrashuv, hamkorlikda ishchi guruhlar tuzish, Ombudsman milliy hamkorlarining hududiy tuzilmalari ko‘magiga tayanish, sud majlislarida ishtirok etish va boshqa shakllardan faol foydalanildi.
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi 253–II-sonli Qarorining amalga oshirilishiga ko‘maklashdi.
Bunda parlament yuqori palatasining mazkur Qarorini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 22-bandiga muvofiq Ombudsmanning mintaqaviy vakillari jamoatchilik nazoratini va amnistiya aktini qo‘llash oshkoraligini ta’minlash uchun ishchi guruhlar tarkibiga kirdi. Bu Ombudsman mintaqaviy vakillarining nufuzi oshganligi hamda ularga aholi va davlat organlarining ishonchi kuchayganligidan dalolat beradi. Ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan amnistiya aktini qo‘llash borasida inson huquqlari va erkinliklariga so‘zsiz rioya etish bo‘yicha vazifalarning Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ishtirokida bajarilishi o‘tgan yillardagiga nisbatan samarali va mazmunan chuqur bo‘ldi, chunki bunda ikki yillik faoliyat tajribasi hisobga olindi.
Mintaqaviy vakillarning inson huquqlari sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida ular BMT Rivojlanish dasturi va EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori (yozgi maktab) loyihalari bo‘yicha o‘qitildi, shuningdek, ularni zarur hujjatlar va materiallar bilan ta’minlash maqsadida Ombudsman Kotibiyatining xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy normativ hujjatlar amaliy foydalanish uchun, shuningdek, axborot-ma’rifiy adabiyotlar kutubxonani boyitish maqsadida topshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ma’lumotlariga asoslangan holda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari hamda ularning Ekspert guruhlari a’zolariga inson huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida yetakchi usullarni o‘qitish amaliyoti davom etdi. Chunonchi, BMT Rivojlanish dasturining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarga ko‘mak berish bo‘yicha loyihasi doirasida tashkil etilgan uch kunlik seminar mobaynida inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq fuqarolar shikoyatlarini maqbul tarzda hal etish masalasi ko‘rib chiqildi. EXHT loyihalari Koordinatorining O‘zbekistondagi idorasi tomonidan tashkil etilgan ta’lim jarayonida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Ekspert guruhlari a’zolari murojaatlar oqimi bilan ishlash bo‘yicha kerakli bilimlarni olish imkoniga ham ega bo‘ldi. Bu kabi o‘quvlar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishning tarkibiy qismi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, Ombudsman institutining xalqaro oshkoraligi uning mintaqaviy vakillari orqali ham amalga oshirildi.
Jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakil N. Nasimov Ombudsman tomonidan EXHT milliy ozchiliklar bo‘yicha Bosh komissari Knut Vollebek va bir qator xorijiy diplomatik vakolatlar rahbarlari qabulida ishtirok etdi.
Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakil Sh. Safarov Sloveniya Ombudsmani muovini K. Marzel, Kataloniya Ombudsmani, Xalqaro Ombudsman institutining Yevropa bo‘limi rahbari Rafael Riboni qabul qildi.
Ombudsmanning Andijon, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakillari Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan va nemis ekspertlari ishtirokidagi “Ombudsmanning sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Habeas corpus act mexanizmini amalga oshirish borasida sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligi” hamda “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish orqali O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash” mavzusidagi seminar-konferensiyalarda faol ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Ekspert guruhi a’zosi D. G‘ulomova, shuningdek, Samarqand viloyati bo‘yicha Ombudsmanning mintaqaviy vakili huzuridagi Ekspert guruhi a’zosi A. Abdusalomov Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan bemorlar huquqlari va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha mintaqaviy seminarlarni tayyorlashda faol ishtirok etdi.
Ombudsmanning mintaqaviy tuzilmalari korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Ombudsman instituti chora-tadbirlarini amalga oshirishda O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini monitoring qilish hamda ta’minlash bo‘yicha parlament palatalari qo‘mitalarining tadbirlarida juda faol ishtirok etib, ishni davom ettirdilar.
Xalqaro inson huquqlari kuni – 2011-yilning 10-dekabrida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan keng ko‘lamda turli rejali tadbirlar: davra suhbatlari, konferensiyalar, seminarlar va suhbatlar o‘tkazildi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Ombudsman milliy hamkorlarining quyi bo‘linmalari bo‘lgan davlat organlari bilan ham, fuqarolik jamiyati institutlari bilan ham faol hamkorlik qildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari huzuridagi Ekspert guruhlari a’zolarining aksariyat qismi fuqarolik jamiyati institutlarining faol qismini, jumladan, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Kengashlari, Advokatlar palatasi, bosma va elektron OAV mintaqaviy bo‘linmalari va boshqalar vakillaridan iboratdir. Jamoat tashkilotlarining kollegial organlari, barcha turdagi OAV imkoniyatlaridan mohirlik bilan foydalanildi. Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqaviy vakillari mahalliy tele va radiokanallar orqali huquqni muhofaza qilish mavzusida bir necha marta chiqish qildi. Ombudsman mintaqaviy vakillarining sa’y-harakatlari tufayli viloyat, tuman va shahar darajasidagi mahalliy matbuotda, ko‘p tirajli hamda idoraviy bosma nashrlarda Ombudsman institutining faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni joylashtirish tizimlilik kasb etdi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida jiddiy yutuqlar bilan bir qatorda mahalliy darajada huquqni himoya qilish faoliyati natijaliligini tutib turgan muammolar ham mavjud.
Turli sabablarga ko‘ra
Toshkent viloyati, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakillari haqidagi masala o‘z yechimini kutmoqda.
Hisobot davrida bir qator sabablarga ko‘ra Ombudsman mintaqaviy vakillarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldidagi axborotlari barcha hududlarda ham eshitilmadi. Shu bilan birga, bunday axborotlarda O‘zbekiston hududlarida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning eng keskin va dolzarb muammolari ko‘riladi, Ombudsman hamda uning mintaqaviy vakilining fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari va mahalliy norma ijodkorligi hujjatlarining tahlili, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni o‘z ichiga oladigan faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirildi. Bunday eshitish davomida mahalliy Kengashlar deputatlariga mamlakatimizning inson huquqlari turli toifalariga oid xalqaro majburiyatlari to‘g‘risida axborot berildi. Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakillar bu ishni muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Yuqorida aytib o‘tilgan barcha omillar mintaqaviy darajadagi ishlar samaradorligini jiddiy tarzda pasaytirib yubordi, bu esa mazkur tuzilmalar faoliyatini markaziy va mintaqaviy darajada ham huquqiy, ham moddiy-texnikaviy jihatdan legitimlashtirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan 1999-yilda ilgari surilgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari institutini ta’sis etish g‘oyasi 2000-yildan boshlaboq amaliyotga tatbiq etildi.
Mintaqaviy vakillar faoliyatining o‘n yillik tajribasi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishining boshlang‘ich davrda va birlamchi darajada oldini olish, hokimiyat tuzilmalarini fuqarolar manfaatlarini yanada to‘liq ta’minlashga yaqinlashtirish, davlat boshqaruvining ochiqligi va transparentligi tartibini yaratish, jamoatchilik nazorati tizimini shakllantirish maqsadida parlament Ombudsmanining joylarda fuqarolik jamiyati va davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining o‘ta samarali shaklini taklif etgan Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘ra bilganligidan dalolat beradi.
V. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning huquqiy ongini oshirish va inson huquqlari sohasida axborot berish
Davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdir. Zamonaviy talqinda fuqarolik jamiyati – rivojlangan iqtisodiy, siyosiy va, asosiysi, huquqiy munosabatlarga ega bo‘lgan jamiyat. Aholining huquqiy ma’rifatini, huquqiy madaniyatini maqsadli oshirmasdan turib bu jarayonlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
2011-yilda Ombudsman tomonidan inson huquq va erkinliklari, ularni himoya qilish shakllari va usullari sohasidagi ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Faoliyat bir nechta yo‘nalishda tashkil etildi: Ombudsman Kotibiyatiga kelgan fuqarolar murojaatlariga javoblar, shaxsiy qabul chog‘ida fuqarolarga maslahat berish, aholining huquqiy madaniyati saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar.
Ombudsman instituti faoliyatining preventiv xususiyati inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish borasidagi milliy siyosatni har tomonlama tushuntirish uchun davlat, jamiyat va shaxsning sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Ombudsman tomonidan hamkor tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda amalga oshirilgan bu yo‘nalishdagi faoliyatning asosiy natijasi fuqarolar va mansabdor shaxslarning inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish kafolatlari va buning uchun javobgarlik, O‘zbekistonda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning imkoniyatlari, usullari va shakllari to‘g‘risida xabardorligining oshganligi bo‘ldi.
Ombudsman nomiga kelgan murojaatlar va fuqarolarni joylarda qabul qilishning tahlili aholining huquqiy bilimlari darajasining yetarli emasligini ko‘rsatadi. Huquqlar va qonuniy manfaatlar buzilishi aniqlangan faktlarning deyarli yarmi fuqarolarning oila, mehnat, sog‘liq, shaxsiy mulk, soliqlar, ijtimoiy ta’minot va boshqalar kabi hayotiy muhim masalalarda amaldagi qonun hujjatlarini amalga oshirish mexanizmlarini va uni himoya qilishni bilmasliklariga asoslangan. Ko‘pgina hollarda murojaat qiluvchilar o‘z maqomidan kelib chiqqan holda qanday huquqlardan foydalana olishlarini bilmaydilar.
Inson konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishlarining oldini olish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim vositasi sifatidagi huquqiy ma’rifiy ishlar Ombudsman ishida ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolayotgani ayon.
Ombudsman aholining mansabdor shaxslar, ayniqsa, huquqni muhofaza qilish sohasidagi mansabdor shaxslar faoliyati borasidagi huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga katta ahamiyat berdi. Bunda jamoatchilik e’tiboriga nafaqat parlament
Ombudsmanining faoliyati, balki davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning milliy amaliyoti, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, xorijiy tajriba to‘g‘risidagi axborotlar ham havola qilindi.
Tan olish kerakki, xabardor qilishning yangi shakllari bilan bir qatorda so‘nggi yillar davomida huquqiy ma’rifatchilikning sinalgan usullaridan, Ombudsman instituti ko‘p yillik hamkorlari imkoniyatlaridan faol foydalanildi. Ombudsmanning milliy hamkorlari qatorida O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi bo‘lib, u bilan o‘n yildan ortiq davr davomida mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Mazkur hamkorlikning tarkibiy qismlaridan biri Ombudsman vakillari tomonidan ushbu muassasa Oliy kurslari tinglovchilari bilan muntazam mashg‘ulotlar bo‘ldi. Hisobot yilining yanvar oyida Ombudsman idorasida O‘zbekistonning tuman va shaharlariga yangi tayinlangan prokurorlar uchun inson huquqlari bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ombudsman tomonidan o‘tkazilgan master klass davomida prokurorlar inson huquqlari bo‘yicha milliy institut faoliyatining amaliy taraflari bilan tanishdilar, muayyan holatlar bo‘yicha ish o‘yinlarida ishtirok etdi, Ombudsman instituti, Xalqaro Ombudsman instituti va Osiyo ombudsmanlari assotsiatsiyasi faoliyati haqidagi videomateriallarni tomosha qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qator yillar davomida Ombudsmanning faol hamkori sanalib, mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda. Ombudsman vakillarining vazirlik, uning boshqarmalari xodimlari va bu idora o‘quv muassasalarining tinglovchilari bilan muntazam ravishda mashg‘ulot va suhbatlar o‘tkazishi o‘zaro hamkorlikning tarkibiy qismidir. Shu tariqa Ombudsman idorasida O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilarining katta guruhi uchun sayyor mashg‘ulot o‘tkazildi. Parlament Ombudsmani tomonidan o‘tkazilgan master klass davomida ichki ishlar xodimlari inson huquqi bo‘yicha milliy institut faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishib, aniq holatlar bo‘yicha ko‘plab savollarga javob oldi, Ombudsman institutining faoliyati haqidagi videomateriallarni tomosha qildi.
Ombudsmanning ma’rifatchilik faoliyatida davlat hokimiyati organlari, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslarining inson huquqlari bo‘yicha huquqiy ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi. Mamlakatimiz davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bo‘lajak rahbarlarini tayyorlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi “Davlatlararo munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalar” fakulteti tinglovchilari bilan sayyor mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, Ombudsman instituti tashkil etilgan paytdan buyon nafaqat shu o‘quv yurti, balki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va sudlar xodimlarining malakasini oshirish o‘quv yurtlari hamda markazlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va IIV akademiyalari, Bosh prokuratura huzuridagi Oliy o‘quv kurslari, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji va boshqalar bilan ham faol hamkorlik qilib kelinmoqda.
2011-yil 5-iyulda Toshkent shahrida “Ijtimoiy sheriklik va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish: Ombudsmanning o‘rni va roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, uning tashkilotchilari Ombudsman va EXHT loyihalarining O‘zbekistondagi Koordinatori bo‘ldi.
Davra suhbati mavzusini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining qo‘shma majlisida ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qo‘yilgan vazifalar belgilab berdi, unda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishni ta’minlash, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq-oydinligi va samaradorligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish ishida ijtimoiy sheriklikka muhim ahamiyat berilishi alohida ta’kidlandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, joylarda gumanitar muammolarni hal etish, mamlakat aholisining turli qatlamlari huquqlari, erkinlik va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat tuzilmalari, shu bilan birga Ombudsman bilan o‘zaro aloqalari shakli va usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqish davra suhbatining maqsadi bo‘ldi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati
samaradorligini oshirish, jamiyat va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish sohasida ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqish, huquqni muhofaza qilish organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro munosabatini tashkil etishning xorijiy tajribasini o‘rganish maqsadida Ombudsman tomonidan 2011-yilda “Huquqni muhofaza qilish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish – fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashning muhim tarkibiy qismi” mavzusida o‘zbek-germaniya ilmiy-amaliy seminarlari o‘tkazildi. Ushbu seminarlar Namangan (may) va Toshkent (iyun) viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy seminarlar ishida Germaniyadan ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, huquqni muhofaza qilish va sud organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, tadqiqot markazlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirlar jarayonida Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘arma rahbariyati 2012-yilda mamlakat viloyatlarida “Huquqni muhofaza qilish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish – fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashning muhim tarkibiy qismi” mavzusida seminarlar majmuini o‘tkazishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Ombudsman Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida 2011-2012-yillarda hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasining jamoatchilik nazorati tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi qoidalariga muvofiq “Ombudsman va fuqarolik jamiyatining o‘zaro aloqasi: jamoatchilik nazoratining milliy va xorijiy tajribasi” mavzumida seminarlar majmuini o‘tkazadi.
Hisobot yilining 20-21-sentabrida Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida konferensiya bo‘lib o‘tib, uning ishida Ombudsmanning milliy hamkorlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Adliya vazirliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston ekologik harakati, idoralar, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, o‘quv muassasalari, NNT va OAV vakillari hamda Germaniyadan ekspert X.Byuler ishtirok etdi.
Konferensiyaning maqsadi mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jamoatchilik nazoratining shakl va usullarini takomillashtirish, maqbullashtirish hamda uning shakl va mexanizmlari xilma-xilligini aniqlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlar plyuralizmni rivojlantirish va barqarorligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydigan fuqarolik jamiyatining jadal rivojlanuvchi sektorlaridar biri sifatida o‘zini namoyon eta boshladi. Davlatimiz rahbari tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida “fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda”, deb ta’kidlanganini e’tiborga olgan holda Ombudsman hisobot yilida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirdi.
Davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, jamoatchilik nazorati tizimini shakllantirish borasida Ombudsman bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Ta’kidlash joizki, Ombudsman va kasaba uyushmalari o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida insonlarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari fuqarolarning murojaatlarini birgalikda ko‘rib chiqish, kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillarining Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya va Ekspert guruhi faoliyatida ishtirok etishi, Ombudsmanning kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari bilan birgalikda monitoring tadqiqotlarini, Ombudsman Kotibiyati xodimlari tomonidan kasaba uyushmalari faollari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilishini o‘z ichiga oladi.
Bitim ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga ko‘maklashadi, parlament nazorati tizimi orqali ishchilar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini ta’minlashga erishish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, Ombudsmanga fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilish uchun sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqini qo‘llashga imkoniyat yaratadi.
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Ombudsman tomonidan 2011-yil 9-sentabrda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Mazkur Bitim O‘zbekistondagi ayollar huquqlariga rioya etilishini hamkorlikda monitoring qilishni, Ayollar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi amalga oshirilishini monitoring qilish, ayollar huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasida ayollar huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha birgalikda parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, davlat organlari faoliyatida ayollar huquqlari buzilishi masalalari bo‘yicha axborot almashinuvi, shuningdek, ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n to‘qqiz yilligi va Xalqaro inson huquqlari kunini nishonlash maqsadida Ombudsman tomonidan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda “Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlari: hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida shakllantirilgan mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning zamonaviy talablari qonun ustuvorligi tamoyilini amalga oshirish, qonuniylik, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashadigan ta’sirchan mexanizmlarni kuchaytirish maqsadiga qaratilgan chora-tadbirlarni kengaytirish uchun sharoitlar yaratishi ta’kidlandi, ular quyidagilardan iborat:
birinchidan, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyatini huquqiy tartibga solish yo‘nalishida parlament nazoratining barcha shakllarini rivojlantirish va chuqurlashtirish;
ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari, xususan, sud va huquqni muhofaza qilish organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish sohasidagi faoliyatini kuchaytirish;
uchinchidan, davlat organlari va jamoat sektorining fuqarolarning huquqiy ma’rifati, jamiyatning barcha qatlamlari huquqiy ta’limining keng qamrovli tizimini rivojlantirish sohasidagi faoliyatining yanada muvofiqlashtirilishini ta’minlash.
Mazkur vazifalar Ombudsman bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga asos bo‘ldi. Mazkur hujjat Ombudsman va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladigan shaxs maqomini, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining kafolatlarini ro‘yobga chiqarishni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan demokratik jarayonlarni rivojlantirishdagi muhim qadamni amalga oshirishga qaratilgan parlament nazoratini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi.
Ishchilarning kasbiy tayyorgarligi davr va islohotlar jarayoni talablariga javob berishi zarurligini inobatga olgan holda Ombudsman mintaqaviy vakillar, Kotibiyat xodimlari va Ekspert guruhlari a’zolarining malakasini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. Yozgi va kuzgi maktablar tashkil etish hamda o‘tkazish mintaqaviy vakillar, Kotibiyat xodimlari va Ekspert guruhlari a’zolarining malakasini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Ushbu yangi shaklning joriy etilishi Ombudsman mintaqaviy vakillarining mahoratini oshirishga, fuqarolar murojaatlarini samarali ko‘rishdagi bilim va amaliy tajribalarini takomillashtirishga, davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan o‘zaro munosabat hamda mintaqaviy vakillar faoliyatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va muhokama qilishga imkon beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan BMT Rivojlanish Dasturining 2010 — 2015-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda mamlakatlararo dasturni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasining 4.42-bandini bajarish doirasida “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning salohiyatini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilayotir, buning tashkilotchilaridan biri Ombudsmandir.
Ombudsman instituti va uning mintaqaviy vakillari faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish ham markaziy apparat, ham uning mintaqaviy tuzilmalari xodimlari malakasini oshirish tizimini yaratishini nazarda tutishini inobatga olgan holda BMT Rivojlanish Dasturining “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning salohiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida 2011-yilning 16-iyunidan 18-iyunigacha bo‘lgan davrda “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar va ularni ta’minlashda Ombudsmanning roli” mavzusida yozgi maktab o‘tkazildi.
Seminarning maqsadi mintaqaviy vakillar, Ekspert guruhi a’zolari va Ombudsman apparati xodimlari ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, ularning fuqarolar murojaatlarini samarali ko‘rish bo‘yicha bilim va amaliy ish tajribalarini takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi BMT shartnomaviy organlarining faoliyatlari bilan tanishish, shuningdek, mintaqaviy vakillar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilish va ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
EXHT O‘zbekistondagi loyihasi Koordinatorining “O‘zbekiston Respublikasining Ombudsman institutini rivojlantirishga ko‘maklashish – V bosqich” loyihasi doirasida Ombudsman tomonidan EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari Byurosining inson huquqlari bo‘yicha maslahatchisi L. Adler ishtirokida 2011-yil 14 — 16-sentabr kunlari “Ombudsman instituti faoliyatini takomillashtirish: xalqaro standartlar va milliy amaliyot” mavzusida kuzgi maktab o‘tkazildi. Maktab davomida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatining xalqaro standartlari (Parij prinsiplari) va EXHT mintaqasidagi Ombudsman institutlarining mavjud qoidalari, Ombudsman instituti faoliyati samaradorligining omillari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish, Ombudsmanning o‘z tergovlarini o‘tkazish, Ombudsman xulosa-tavsiyalarini
tayyorlash, inson huquqlari monitoringini o‘tkazish, Ombudsmanning mintaqalarda davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorligi, OAV va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorligi masalalari muhokama etildi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi kundan-kunga aniq shakllarga ega bo‘lib bormoqda, buni Prezident I.A. Karimovning ushbu jarayonni chuqurlashtirish tendensiyalari to‘g‘risidagi huquqiy davlat qurishda oddiy fuqarolarni jamiyat uchun muhim jarayonlarni boshqarish va tartibga solishga yaqinlashtiradigan demokratik tanlovni mustahkamlagan konseptual ma’ruzasi tasdiqlaydi.
VI. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga binoan Ombudsman instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bunday hamkorlikni amalga oshirishning asosiy tamoyillari inson huquqlarining hurmat qilinishi va unga rioya etilishini, shuningdek, uning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rag‘batlantirish hisoblanadi.
Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asoslanadi:
– inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;
– Ombudsmanning xalqaro va mintaqaviy institutlarga a’zoligi doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
– milliy va xalqaro institutlarni hamda inson huquqlarini himoya qilish tartib-taomilini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi milliy institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash;
– inson huquqlari masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish va ularda ishtirok etish;
– O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida xalqaro jamoatchilik o‘rtasida axborot tarqatish.
Ombudsmanning faoliyati davomida BMT Rivojlanish Dasturi, Jahon sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi kabi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Ombudsman va Yevropa Ittifoqi komissiyasining o‘zaro hamkorligi muntazam yo‘lga qo‘yildiki, bu mazkur nufuzli tuzilma salohiyatidan fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmi samaradorligini oshirish uchun foydalanish imkonini beradi.
Hisobot yilida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Aytib o‘tilgan uchrashuvlar mobaynida Ombudsman inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Ombudsman faoliyati, mamlakat hududlarida uning tomonidan olib borilayotgan inson huquqlari monitoringi, milliy va xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, “Xabeas korpus” institutini joriy etish, jazoni ijro etish bo‘yicha ombudsmanlarni ta’sis etish haqida axborot taqdim etdi. Fuqarolar murojaatlari, ularning mazmuni va soni masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Bosh Ombudsman Pramote Chotimongkol boshchiligidagi Tailand Qirolligi Ombudsmani delegatsiyasi tashrifi doirasida 2011-yil 14-iyunda Tailand Qirolligi Ombudsmani delegatsiyasi ishtirokida “Fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman faoliyati: Tailand va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tailand Ombudsmanining inson huquqlarini himoya qilish faoliyati haqida Tailand Bosh Ombudsmani Pramote Chotimongkol, O‘zbekistonda Ombudsman institutining inson huquqlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishini ta’minlashdagi roli to‘g‘risida Ombudsman S.Sh. Rashidova nutq so‘zladi. Munozaralarda so‘zga chiqqan milliy hamkorlar vakillari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Ombudsman bilan o‘zaro hamkorligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazning O‘zbekiston milliy qonunchiligiga xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish bo‘yicha faoliyati, ichki ishlar organlarining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi Ombudsman bilan o‘zaro munosabati haqida so‘zladilar.
2011-yil 2-sentabrda “Mintaqaviy ombudsmanlar faoliyati: Ispaniya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi, uning tashkilotchisi Ombudsman bo‘ldi. Davra suhbatida Kataloniya Ombudsmani, Xalqaro Ombudsman institutining Yevropa bo‘limi direktori Rafael Ribo va Kataloniya Ombudsmani idorasi rahbari Yudit Makaya ishtirok etdilar. Davra suhbatidan maqsad Ombudsman va uning joylardagi vakillarining Kataloniya Ombudsmani bilan tajriba almashuvi bo‘ldi. 2000-yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusiga ko‘ra Ombudsman faoliyatiga ko‘mak berish maqsadida uning mintaqaviy vakillari instituti joriy etildi. Hozirgi paytda respublikaning barcha viloyatlarida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mintaqaviy vakilning asosiy vazifasi Ombudsmanning joylarda fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish faoliyatiga ko‘maklashishdir.
Davra suhbati davomida Ombudsman va Ispaniya xalqi Himoyachisi o‘rtasida 2007-yil 11-oktabrda Madridda imzolangan ikki tomonlama o‘rnatilgan hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim doirasida o‘zaro manfaatli o‘rnatilganligi ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati ishida Ombudsmanning milliy hamkorlari, diplomatik korpus va NNT vakillari ishtirok etdi.
Ombudsman institutining institutsional salohiyatini mustahkamlashga va uning mintaqaviy vakillari barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek
Ombudsmanning davlat organlari, jumladan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligi shakllari va usullarini takomillashtirish maqsadida Ombudsman tomonidan EXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda 2010 — 2012-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasining Ombudsman institutini rivojlantirishga ko‘maklashish – V bosqich” loyihasi amalga oshirilmoqda.
2011-yilda Ombudsmanning BMT Rivojlanish Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligi davom etdi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan BMT Rivojlanish Dasturining 2010 — 2015-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda mamlakatlararo dasturni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasining 4.42-bandini bajarish doirasida “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning salohiyatini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilayotir, bu loyiha tashkilotchilaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidir.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish doirasida Ombudsman Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan o‘zaro hamkorlikni davom ettirdi.
Hisobot yilida Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘arma vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik davom etdi.
Xalqaro va mintaqaviy ombudsman institutlariga a’zolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda Ombudsman axborot almashish, materiallar e’lon qilish, rahbar organlarni saylash hamda inson huquqlari va ombudsmanlar faoliyati masalalariga doir tadbirlarda ishtirok etish yo‘li bilan Xalqaro Ombudsman Instituti, Yevropa Ombudsman Instituti faoliyatida o‘z ishtirokini davom ettirdi.
Osiyo mamlakatlarining ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishda Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasiga a’zolik alohida dolzarblik kasb etib, u ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.
2011-yilda Janubiy Koreya fuqarolik huquqi va korrupsiyaga qarshi Komissiyasi raisi – Ombudsman o‘rinbosari Kim Day-Sikasning O‘zbekiston Ombudsmani bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida tashrifi amalga oshirildi.
Ombudsman inson huquqlariga doir xalqaro va mintaqaviy anjumanlar ishida ham faol ishtirok etmoqda.
Hisobot yilida Ombudsmanning xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlar Ombudsmanlari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorligi yangi shakl va mazmun kasb etdi.
Ombudsmanning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini tahlil qilish xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlari va milliy muassasalari bilan inson huquqlariga rioya etilishini, uni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalari borasida uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik o‘rnatilganligidan dalolat beradi.
Xulosa
O‘zbekistonning huquqiy fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan jadal odimlashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida shakllantirilgan mamlakatning kelgusi rivojlanish strategiyasiga asoslangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat va jamiyat qurilishining barcha jihatlarini isloh qilishni yanada to‘la ta’minlash sohasida belgilangan ustuvor vazifalar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qo‘llash amaliyotida, odil sudlov organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqni muhofaza qilish faoliyatida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida o‘zining yaqqol tasdig‘i va tajassumini topdi.
Mamlakatni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy qudratini mustahkamlashning zamonaviy sharoitlari, turmushning barcha jabhalarida islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularni himoya qilish borasidagi davlat siyosatini faol amalga oshirish maqsadida davlat va fuqarolik jamiyati ijtimoiy sherikligining rolini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish Ombudsmanni quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan qonun loyihalarini muhokama qilish va qabul qilishda qonunchilik tashabbusi subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu qonun loyihalarining inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini yanada to‘liq ta’minlash hamda himoya qilishga qaratilganligiga doir ekspert baholashni amalga oshirish;
– O‘zbekistonda inson huquqlarining barcha toifalarini har tomonlama ro‘yobga chiqarish uchun Inson huquqlari sohasidagi harakatlar milliy dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yangi mexanizmlari va yo‘llarini izlash, davlat organlari, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
– Ombudsmanning huquqni ta’minlovchi vazifalarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish bilan samarali amalga oshirish;
– 2012-yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligiga asoslanib, fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va OAV faolligini qo‘llab-quvvatlash bilan davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining barcha jihatlarini isloh qilishga ko‘maklashish;
– O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Mahalla” jamg‘armasi, shuningdek, boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida va mamlakatimizning barcha mintaqalarida oilaviy biznesni rivojlantirish orqali fuqarolarning munosib hayot kechirishga bo‘lgan huquqini ta’minlash bo‘yicha monitoringlar o‘tkazish.
2011-yil Ombudsman instituti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasining umumiy talqinida mamlakat fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 3-son, 74-modda)