O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining


T/r Kelib tushgan murojaatlar



Download 163,03 Kb.
bet2/4
Sana24.07.2021
Hajmi163,03 Kb.
#127067
1   2   3   4
Bog'liq
SQ-301-II 23.03.2012

T/r

Kelib tushgan murojaatlar

2010 y.

2011 y.

1.

Ombudsmanning markaziy idorasiga,

jumladan:



7124

7134

Mamlakat mintaqalaridan

6753

6862

Xorijiy fuqarolardan

299

26

Jazoni ijro etish muassasalaridan

49

155

Manzili ko‘rsatilmagan murojaatlar

6

20

Internet orqali

17

50

Xorijiy davlatlar IHV

22

21

2.

Takroriy

1983

2653

3.

“Ishonch telefoni” orqali

624

702

4.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga

888

749

Jami

10619

11238

Murojaatlarning asosiy qismi Ombudsman Kotibiyatiga pochta orqali kelib tushdi va bu shikoyatlar soni 5611 tani tashkil etdi. Keyingi vaqtda murojaatlarni elektron pochta orqali qabul qilish amaliyoti kengayib bormoqda. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida murojaatlarning o‘zgacha shakli – bu davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat va arizalarni Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlari o‘tkazadigan shaxsiy qabulda topshirish ham amalda keng qo‘llanilayapti. Chunonchi, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlari tomonidan 1523 ta murojaat qabul qilindi. Ombudsmanning 25 ta shaxsiy qabulida 354 nafar fuqaro qabul qilindi. 180 ta shikoyat va ariza nazoratga olindi va ishning mohiyati bo‘yicha hal etish uchun tegishli tashkilotlarga jo‘natildi.

Fuqarolar huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan asoslarni tekshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda fuqarolarning inson huquqlari yaqqol buzilganligidan dalolat beruvchi va Ombudsmanning vakolatiga taalluqli murojaatlari nazoratga olinadi.

Hisobot yilida 3579 ta murojaat Ombudsmanning nazoratiga olindi.

Umuman, 2011-yilda fuqarolarning 607 ta murojaati bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilindi.

Fuqarolar shikoyatlarining xususiyati va ularda ko‘tarilayotgan masalalar o‘ziga xos ko‘rsatkich bo‘lib, jamiyatda mavjud muammolarni, davlat organlari ishidagi kamchiliklarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, ularni bartaraf etish bo‘yicha eng samarali chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi.

Ombudsman tomonidan 2011-yil mabaynida alohida murojaatlar bo‘yicha 6 ta xulosa tayyorlanib, ulardan 3 tasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 5 tasi Bosh prokuratura va 1 tasi Ichki ishlar vazirligiga yuborildi.

Hisobot yilida Ombudsman o‘z tashabbusi bilan tekshirish olib bordi, tekshiruv yakunida inson huquqlari o‘ta qo‘pol ravishda buzilgan holatlar aniqlandi, aniqlangan inson huquqlari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligiga xulosalar yubordi. Bosh prokuratura rahbariyatining faolligi tufayli chiqarilgan sud qarorlariga nazorat tartibida protestlar bildirildi. Taqdim etilgan xulosalar bo‘yicha qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rildi.

Fuqarolarning shikoyatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish Ombudsman tomonidan ish yurituviga qabul qilingan murojaatlarning mavzusi u qadar jiddiy tarzda o‘zgarmaganligini tasdiqladi. Avvalgidek, fuqarolar murojaatlarining eng katta miqdori fuqarolarning shaxsiy huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish masalalari – 3889 ta murojaat, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlash masalalari bilan bog‘liq – 2380 ta murojaat.

Ombudsmanning fuqarolarni qabul qilish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatida yashashga, erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomala hamda insoniy qadr-qimmatni hurmat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash masalalari alohida o‘rin tutadi.

Ombudsman nomiga fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq murojaatlar ko‘plab kelayotganligi tashvishga soladi. Statistik ma’lumotlar dalolat beradiki, 2011-yilda fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini ta’minlash bo‘yicha murojaatlar soni ko‘payib, 1804 tani tashkil etdi, qolaversa, hisobot yilida tergov olib borish taomili va yuritilishidan, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik aks etgan shikoyatlar soni sezilarli darajada ortgan.

Fuqarolarning Ombudsman nomiga kelib tushgan shikoyat va arizalari tahlili fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha murojaatlari soni yil sayin ortib borayotganidan dalolat beradi.

Ombudsmanga kelib tushgan xatlarni o‘rganish huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga doir ko‘plab holatlar sodir bo‘layotganligini ko‘rsatadiki, bu huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishi, xizmat vazifalarini vijdonan bajarilmasligi, noqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishda o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarida o‘tkazilayotgan tekshirishlarning xolisligiga shubha bildiradi, surishtiruv natijalari va tergov harakatlaridan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qo‘lga olish va tergovni yuritish vaqtidagi noqonuniy harakatlari, tergov qilinayotganlarga nisbatan man etilgan usullarni qo‘llashida o‘z ifodasini topadigan noqonuniy harakat (harakatsizligidan) norozilik bildiradi. Ko‘plab shikoyatlar huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning ayrim xodimlari, ayniqsa, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan o‘z hokimiyat yoki mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqishlari oqibatida kelib chiqayotgan shaxsiy daxlsizlik, erkinlik va xavfsizlikni himoya qilish muammolari bilan bog‘liq.

Fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlari tahlili, shuningdek, 2008-yildan boshlab, bunday murojaatlar sonining ortib borayotgani huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonun ustuvorligi tamoyili va inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq vaziyat juda jiddiy e’tibor qaratishni talab qilishi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi.

Sud himoyasiga va sud muhokamasi adolatli olib borilishiga bo‘lgan huquq, insonning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.

Olib borilayotgan islohotlarning natijasi mamlakat aholisining aksariyat qismining inson huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlaridan biri sifatida sud himoyasi huquqiga talabi oshganligi bo‘ldi. Shu bilan birga, Ombudsman nomiga kelayotgan sud himoyasiga oid huquqning buzilishi, odil sudlovga erkin murojaat qilishni cheklash, sud muhokamasi oshkoraligi va ochiqligi tamoyillarining buzilishi, sud muhokamasining maqbul muddati buzilayotgani, sansalorlik, himoya huquqining buzilayotgani, chiqarilgan sud qarorlari ijro etilmayotganida o‘z ifodasini topgan sud himoyasiga oid huquqlarning buzilganligiga doir murojaatlar soni ham ko‘paydi.

Sud himoyasi huquqini ta’minlash masalalari hamon eng keskin muammolar bo‘lib qolmoqda. Fuqarolarning sud qarorlaridan norozi ekanligi ifoda etilgan murojaatlarining yillik ko‘rsatkichi 1833 ta shikoyatni tashkil etdi.

Shikoyatlarning katta qismi, avvalo, sud ish yurituvi ishtirokchilarining surishtiruvchi, tergovchi, sudyalar tomonidan protsessual harakatlarning olib borilishidan noroziliklar kuzatilayotgani bilan bog‘liq. Qolaversa, murojaatlarda fuqarolar Ombudsmanning o‘z huquqlarini sud majlisida himoya qilishda, sud hujjatlarini o‘zgartirish yoki bekor qilishda, sud ishlarining holatiga huquqiy baho berish va ular yuzasidan yuqori turuvchi sudga tegishli xulosalar yuborishda ishtirok etishini so‘raydilar.

Adolatli sud muhokamasi olib borilishiga oid huquq bilan bog‘liq murojaatlarning 830 tasi Ombudsman nazoratiga olindi. 104 ta murojaatda keltirilgan fakt va dalillar asosli deb topildi hamda fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash choralari ko‘rildi.


Download 163,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish