O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyatining tashkiliy shakllari



Download 59,5 Kb.
bet4/4
Sana29.12.2021
Hajmi59,5 Kb.
#76548
1   2   3   4
Bog'liq
1404141240 51573

Ma'ruzasiz sessiyalar. O`zbekiston Respublikasi ayrim mahalliy xalq deputatlari Kengashlari faoliyatida sessiyalarni ma'ruza qilmasdan o`tkazish tajribasi ham bor. Sessiyada ma'ruza tezislari va qabul qilinishi kerak bo`lgan qaror loyihasi tarqatiladi. Sessiya ko`rilayotgan masalani bevosita muhokama qilishdan boshlanadi, bunda deputatlar ko`rilayotgan masala bilan yaxshi tanish bo`lishlari kerak. Ma'ruzasiz sessiyalar deputatlar uchun vaqtni tejash imkonini beradi.

Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi va u yoshi ulug` deputatlardan biri tomonidan ochiladi. Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hokim, u yo`qligida esa Kengashning qaroriga yoki hokimning topshirig`iga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi.

Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonuni bilan belgilangan vakolatlari, asosan, Kengash sessiyalarida ko`rib chiqib hal qilinadi. Ularni uch guruhga bo`lish mumkin:

1. Kengashni tashkil etish va deputatlarning huquqiy maqomi bilan bog`liq bo`lgan masalalar.

2. Kengash organlarini tashkil etish va ular faoliyatini nazorat qilish bilan bog`liq masalalar.

3. Tegishli hududda xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qilish bilan bog`liq bo`lgan masalalar.

O`zbekiston Respublikasida mahalliy xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyatining huquqiy asoslarini O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonuni va doimiy komissiyalar to`g`risidagi nizomlari tashkil etiladi. Doimiy komissiyalar to`g`risidagi nizomlarni Kengashlarning o`zlari sessiyada qabul qiladilar. Doimiy komissiyalar deputatlarning Kengash oldiga qo`yilgan huquq va vazifalarini bajarishda ishtirok etishi uchun tuziladi va ular faoliyatining asosiy tashkiliy shakllaridan biri bo`lib xizmat qiladi. Komissiyalar faoliyatining o`ziga xosligi, eng avvalo shundan iboratki, ular orqali deputatlar sessiyalar oralig`idagi davrda kengash faoliyatiga bevosita va doimiy jalb qilinadi. Doimiy komissiyalar - mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining strukturaviy organlari bo`lib, ko`pchilik deputatlarni, ya'ni ko`p sonli faollarni birlashtiruvchi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi organdir.

O`zbekiston Respublikasida xalq deputatlari Kengashlarining ish tajribasi shuni ko`rsatadiki, doimiy komissiyalar faoliyatining ahamiyati doim oshib bormoqda, ayniqsa, Kengashning ommaviy va nazorat qilish funksiyasini amalga oshirishdagi tutgan o`rni diqqatga sazovordir.

Xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining asosiy vazifalari «Mahalliy davlat hoki-miyati to`g`risida»gi Qonunning 19-moddasida belgilangan. Doimiy komissiyalarning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

- sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash;

- Kengash qarorlarini va O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish;

- Kengash hokimiyat va yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirishdagi tashkiliy ishlarda ishtirok etish;

- saylovchilar nakazlarining amalga oshirilishida va uning ijrosini nazorat qilishda ko`maklashish;

- Kengash qarorlarini amalga oshirish bo`yicha hokimiyat bo`lim va boshqarmalarining korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini nazorat qilish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga, qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilish.

Doimiy komissiyalar bevosita halq deputatlari Kengashi rahbarligida ish yuritadi va unga bo`ysunadi, hisob berib turadi. Faqatgina Kengash ularga ijrosi majburiy bo`lgan ko`rsatmalar berishi, hisobotlarini eshitishi, komissiyalar tizimi va tarkibini o`zgar-tirishi mumkin. Hozirgi vaqtlarda ko`pchilik xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida vaqti-vaqti bilan doimiy komissiyalar hisobotlarini eshitish tartibi belgilangan. Bundan tashqari doimiy komissiyalar sessiya vaqtida va sessiyalar oralig`idagi vaqtda deputatlarni qilingan ishlar haqida muntazam xabardor qilib boradilar.

O`zbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari Kengashlari ish tajribasida ikki xil doimiy komissiyalar tuzilmoqda.

1. Xalq deputatlari Kengashlarining hammasida tuziladigan doimiy komissiyalar (mandat, budjet masalalari bo`yicha, qonunchilik va jamoat tartibini saqlash, iqtisodiy islohotni, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish bo`yicha, sanoat, transport, qurilish, aloqa masalalari, kommunal xo`jalik va atrof muhitni muhofaza qilish ishlari bilan shug`ullanuvchi doimiy komissiyalar).

2. Agrosanoat kompleksi va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha hamda qishloq xo`jaligini iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha tuziladigan doimiy komissiyalar. Ular mahalliy sharoitni hisobga olgan holda tuziladi. Bulardan tashqari ayrim masalalarni tayyorlash uchun vaqtinchalik komissiyalar tuzishi, ularning ishlash muddati va vazifalarini belgilashi mumkin.

Har bir xalq deputati Kengashi o`z doimiy komissiyalarining soni va turini mahalliy sharoitlarini hisobga olgan holda tuzadi. Komissiyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha tuziladi. Eng ko`p tarqalgan doimiy komissiyalarga quyidagilar kiradi: budjet masalalari bo`yicha, qishloq xo`ja-ligi, sanoat va qurilish, xalq maorifi, madaniyat, sog`-liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, savdo, transport bo`yicha, yo`l qurilishi va aloqa, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish, qonunchilik va jamoat tartibini saqlash, yoshlar ishlari bo`yicha, tabiatni muhofaza qilish bo`yicha va hokazo. Zaruriy sharoitlar hisobga olingan holda Kengashlar tomonidan boshqa doimiy komissiyalar ham tuzish mumkin. Xalq deputatlari Kengashlarining turi va undagi deputatlarning soniga qa-rab, 4-5 tadan 13-17 gacha doimiy komissiyalar tuziladi.

Doimiy komissiyalarni tuzish tartibi va tarkibi har bir yangi chaqiriq xalq deputatlari Kengashlarining birinchi sessiyasida, ularning vakolatlari davriga tashkil etiladi. Lekin doimiy komissiyalar tizimi va tarkibiga keyingi Kengash sessiyalarida ham o`zgartishlar kiritilishi mumkin. Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan doimiy komissiyalar haqidagi nizomlarda ularning tarkibiga faqat deputatlar saylanishi ko`zda tutilgan.




1Bulleten Natsionalnoy assamblei. 1995/1996, Parij, S.13.


Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish