O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2019



Download 108,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2022
Hajmi108,52 Kb.
#677444
  1   2
Bog'liq
Hujjat(1)



2-kazus 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2019-
yilning
23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarni qo‘lga 
kiritgan siyosiy partiya tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi bo‘yicha taklif O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi. Davlat boshlig‘i taqdim etilgan 
nomzodni qo‘rib chiqib, Oliy Majlis palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash 
uchun taqdim etdi. Parlament palatalarining qo‘shma majlisida Bosh vazir 
nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda u Vazirlar 
Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat 
dasturini taqdim etdi, so‘ng nomzod ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra 
Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi, biroq Senat 
tomonidan rad etildi va bu hususida parlament palatalarning tegishli qarorlari 
qabul qilindi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. 
JAVOB 
Bu kazusni javobini har tomonlama tahlil qilish uchun IRAC texnikasidan 
foydalanamiz.
Avvalo, kazusga javob berish jarayonida quyidagi savollarning mohiyatini 
ochib berish talab etiladi: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodini kimlar taklif eta oladi 
ya'ni bu vaziyatda ma'lum siyosiy partiya taklif eta oladimi? 
2.
Ovoz berish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Senati Bosh Vazir 
nomzodini tasdiqlamasligi mumkinmi yoki tasdiqlamasligiga sabablar 
nimalardan iborat? 
Kazusga tahliliy javob berish uchun quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda 
olimlarning ilmiy ishlaridan foydalanish maqsadga muvofiq: 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi(Toshkent, 2018) ; 
2.
“O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi" O’zbekiston 
Respublikasi Qonuni


3.
“Siyosiy partiyalar to’g’risidagi “ O’zbekiston Respublikasi Qonuni; 
4.
O.T. Husanovning Konstitutsiyaviy huquq darsligi(Toshkent, “Ilm-Ziyo” 
-2017);. 
Yuqoridagi birinchi masala ya'ni Bosh Vazir nomzodini kimlar taqdim eta olishi 
haqida to’xtalib o'tamiz. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98moddasida 
shunday deyilgan:”
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p 
deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p 
deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif 
etiladi”. Ya’ni siyosiy partiya nomzodni taqdim etish huquqiga ega. Bundan 
tashqari “Siyosiy partiyalar to’g’risidagi “ qonunda siyosiy partiyalarga 
quyidagi vakolatlar berilgan:”Qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; 
Siyosiy partiyalar ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari 
mumkin”. Bu holatdagi vaziyat ya'ni 2019yil 23dekabrdagi Qonunchilik 
palatasiga saylov bo'lib unda ko'p ovoz olgan siyosiy partiya nomzodni taqdim 
etyapti. 
Qonunda belgilangan holda, Vazirlar Mahkamasining tarkibini 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shakllantirishi Konstitutsiyamizning 98-
moddasida belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputatlari va Senat a'zolarining yarmidan ko'pi Bosh Vazir nomzodini 
ovoz berish yo'li bilan tasdiqlangan bo'lsa, u o'z ishini boshlaydi.Prezident taqdim 
etgan nomzod 10kun ichida Oliy Majlis tomonidan ko'rib chiqilishi kerak. 
Nomzod ham Vazirlar Mahkamasining yaqin muddat va uzoq muddatga 
mo'ljallangan xarakatlar dasturini taqdim etadi. Konstitutsiyamizning 98-
moddasida shunday deyilgan:”
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va 


Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan 
taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi”.
1
Bu vaziyatda Senat Bosh vazir nomzodini 
tasdiqlamadi. Unda “Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi” Qonunga.murojaat 
qilamiz .“Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy 
sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha 
siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan 
so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazirning O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga 
binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va 
lavozimidan ozod etiladi”
2
Bu holatga huquqiy yechim beradigan bo'lsak, Senat 
Bosh vazir nomzodini ma'qullamagandan so'ng, Qonunchilik palatasi fraksiyalar 
bilan qo'shimcha maslahatlashuv o'tkazadi va yana bir marta taqdim etadi . 
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O’zbekiston Respublikasi 
Oiy Majlisining Senati Bosh Vazir nomzodini tasdiqlamadimi, u holda 
Qonunchilik palatasi va siyosiy fraksiyalarning maslahatlashuv uchrashuvi 
o'tkaziladi va yana bir marta Bosh Vazir nomzodini taqdim etadi. 
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2
Https://m.lex.uz 


.

Download 108,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish