9-mavzu: Obraz – insonning adabiyotdagi umumlashma tasviri
Reja:
1. Adabiyotning spetsifikasi adabiyot nazariyasining muhim masalasi ekanligi.
2. Badiiylik adabiyotning spetsifik xususiyati ekanligi
3. Obrazlilik adabiyotning etakchi spetsifikasidir.
4. Obraz ta’rifi.
5. Obraz xususiyatlari.
6. Badiiy obraz turlari.
7. Obraz va obrazlilik.
Tayanch iboralar
1. Spetsifika
2. Obrazlilik
3. Ommaboplik
4. Badiylik
Adabiyotning spetsifikasi adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasining eng muxim murakkab masalasidir. U adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasiga oid turli asarlarda turlicha yoritiladi. Baozilarda qirralari keng, baozilari esa juda tor ma’noda talqin etiladi. Ammo bu asarlarning dammasida adabiyotning spetsifikasiga doir masalalar doirasi tilga olinadi.
Adabiyotning spetsifikasi munosabati bilan tilga olinadigan xususiyatlarning eng birinchisi - insonshunoslikdir. Har bir badiiy asarni o‘qigandan keyin zexnimizda asarda tasvir etilgan kishilarning obrazi qoladi. A.Navoiy dostonlarini o‘qib Farhod, SHirin, Layli, Majnun, Iskandar, Baxrom obrazlarini eslab, qolamiz. Rofir, Jamila, Onegin, Otabek, Kumush, Ra’no, Anvar, Yo‘lchi, Gamlet, Lir, YAgo, Otellolarga o‘xshash kishilarning tasviri bizning ongimizda badiiy adabiyot o‘qishning dastlabki natijasi bo‘lib saqlanadi.
Yozuvchi har bir davr va konkret tarixiy sharoitning maxsuloti bo‘lgan insonni tekshiradi, uning ru’iy xolatlariga kiradi. Ichki dunyosi xaqida bizga anik va ravshan tasavvur beradi. Bu vazifani badiiy adabiyot obraz yaratish yuli bilan bajaradi. Obraz - insonning ozmi-kupmi batafsil tasviri bulib, u xayotdagi odamning jo‘n nusxasi emas, balki yozuvchining ma’lum davrda va sharoitda yashovchi inson haqidagi tasavvurining ifodasidir. Badiiy adabiyotda tasvir etilgan inson obrazi umumlashtiruvchi kuchga ega. Unda ma’lum davr va muxit kishisining eng muxim va xarakterli xususiyatlari mujassamlashgan. SHu sababli obrazlilik badiiy adabiyotning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Yozuvchi badiiy adabiyot inson obrazini va hayot manzarasini eng muhim xarakterli xususiyatlarini tasvirlab berish uchun to‘qimaga murojaat qiladi, Badiiy adabitotning mazmuni xayotdagi xodisalarning jo‘n nusxasi emas, balki hayotiy xodisalarga suyanib, ularni sotsial va estetik ideal nuktai nazaridan baxolab turib, sanoatkorning fantaziyasi vositasi bilan yangidan yaratilgan, to‘qib chikarilgan hayot manzarasidir. Har bir yangi asar yozuvshi hayolida hayotiy tasavvurlardan paydo bo‘ladi.
Badiiy to‘qima yozuvchiga hayotni tasodifiy narsalardan tozalab, uning mohiyati haqida eng tugri tasavvur berishga ko‘maklashadi. Hayotiy materiallarni bunday tozalash, hayotiy xodisalarni, tasodiflarni emas, konuniyatlarni badiiy tasvirlashga intilish, tipiklashtirish deyiladi. Hayotning tipiklashgan tasviri hayot haqida eng chuqur eng to‘g‘ri tasavvur beradi.
Nihoyat, badiiy adabiyotning yana bir spetsifik xususiyati - unda so‘zning alohida ahamiyatga egaligidir. Hayot haqidagi tasavvurlarni rassom buyok chiziklar, kompozitor tovushlarning uzun-kiskaligi, past-balandligi, raqqosa xarakatlar orkali ifoda etilgani sababli so‘z badiiy adabiyotning asosiy materiali xisoblanadi. SHunday kilib insonshunoslik, obrazlilik, to‘qimaning muximligi, tasvirning tipiklashganligi va so‘zning alohida roli badiiy adabiyot spetsifikasining juda muhim ma’lumotlaridir. Lekin bu sharoitlarni xisobga olish bilan adabiyotning spetsifikasini tushunish vazifasi tula ado etilgan bo‘lmaydi. Negaki, ularning hammasi adabiyotning shakliga, ya’ni hayotiy inoikosi etishning usullariga oiddir, vaholanki adabiyotning spetsifikasi faqat hayotni inoikosi ettirishning shakllari problemasi emas, Belinskiy adabiyotning xususiyatlarini gapirganda undagi badiylik bilan birga yana 2 jixatni kayd etgani sira tasodifiy emas. bularning biri ommaviylik, ya’ni jamiyatning fikrini bir markazga to‘plash va yana jamiyatga qaytarib berish: ikkinchi adabiyot asarlarni butun xalq tomonidan emas, balki shu xalq ruhini ifoda etishga qodir konkret shaxslar tomonidan yaratilishidir. Buyuk nazariyachi adabiyotning uchinshi xususiyati-badiylik ekani hakida gapiradi.
Adabiyot spetsifikasini to‘gri va to‘la tushunish uchun Belinskiyning ana shu ta’rifiga qaytish kerak, chunki unda adabiyot spetsifikasi uch tomonlama ochib beriladi: adabiyot o‘z vazifalari mazmuni shakli jixatidan spetsifik xususiyatlarga egadir. Bu spetsifik xususiyatlarning jami adabiyotning jamiyat hayotidagi rolini taomin etadi. Adabiyot spetsifikasini ana shu uch tomondan ko‘zdan kechirish orkaligina badiiy so‘z san’atining spetsifikasi haqida to‘la va to‘g‘ri tasavvur hosil kilish mumkin. Avvaldan shuni qayd etish kerakki biz Belinskiyning "adabiyotning spetsifikasi - badiiylikdir", - degan fikriga suyanamiz. Ko‘pinsha adabiyotshunoslar "adabiyotning spetsifikasi obrazlilikdir", deb hisoblaydilar. Bu tor talqindir, chunki obrazlilik umumiy inson tafakkurining xususiyatidir. Badiiylik obrazlilikdan kengroqdir.
Badiiylik - san’atning hamma turlarini shu jumladan adabiyotning eng muxim spetsifik xususiyatidir. Badiiylik tushunchasiga obrazlilik kiradi, lekin badiiylik faqatgina obrazlilikdan iborat emas. Adabiyotni badiiy qilgan narsa fakat obrazlilik bo‘lmay, balki uning vazifalari mazmuni va shakliga taaluqli ko‘pgina xususiyatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |